Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə54/138
tarix22.03.2024
ölçüsü0,82 Mb.
#181802
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   138
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti-www.hozir.org

Nazorat uchun savollar:
1.Raqobatni davlat tomonidan tartibga solishning ahamiyati?
2.Ishlab chiqarish samaradorligini yo‘qotish (X-samarasiz) tasnifi?
3.Dinamik samaradorlikni yo‘qotish nima uchun zarur?
4.Sanoat siyosati iqtisodiyotning raqobatbardoshligi omili sifatida?
5.Davlat tomonidan tartibga solishning bevosita va bilvosita usullari qanday?
TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT VA RAQOBAT MENEJMENTI”

AMALIY MASHG‘ULOTLAR UCHUN QO‘LLANMA

1-MAVZU. "TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT VA RAQOBAT MENEJMENTI" FANINING PREDMETI, VAZIFASI VA O‘RGANISH USULLARI
Darsning maqsadi: Talabalarga “Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejment” fanining ahamiyati, zarurligi,fanning predmeti va o‘rganish usullari, asosiy xususiyatlarini, Tashqi iqtisodiy faoliyatning milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, bu boradagi xorijiy tajribalarni o‘rganish va amaliyotda qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalar berish.

Darsning rejasi:
1. Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejment fanning mohiyati, maqsad va vazifalari.
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmentining predmeti va o‘rganish usullari.
3.Tashqi iqtisodiy faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari.


Darsning shakli: Seminar savollari bo‘yicha taqsimoti.

Darsga oid jixozlar: -Markerlar, flamaster, plakatlar, tarqatma materiallar, kerakli adabiyotlar. Marker va plakat bo‘lmagan dirda sinf taxtasi, bo‘rdan foydalanish mumkin.
Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyliklarining mamlakatlar o‘rtasida almashinishining turli yo‘nalishlari, shakllari va vositalarini ifodalovchi yaxlit tizimdir. Bu istalgan mamlakat iqtisodiyotidagi eng murakkab soha bo‘lib, o‘z rivojlanishi uchun atroflicha yondashishni taqozo etadi. Mamlakatimizningg siyosiy mustaqillikka erishishiga va bozor munosabatlariga o‘tishi, mustaqillikdan keyin geosiyosiy holatining tubdan o‘zgarishi, bosqichma bosqich iqtisodiy islohatlarning amalga oshirilishi mamlakat taraqqiyotida tashqi iqtisodiy aloqalarning rolini ancha ko‘tardi.
“Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning xorijiy tashkilotlar va firmalar bilan tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi iqtisodiy-tashkiliy munosabatlari bunday kurslarning mavzusi hisoblanadi.
“Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti” faning predmeti — tashqi iqtisodiy aloqalarning tur­li jihatlari va raqobat menejmenti bo‘yicha tegishli bilimlarni o‘rganishdan iboratdir.
Fanni o‘rganishdan maqsad - tashqi iqtisodiy aloqalarning tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy asoslari hamda tashqi iqtisodiy faoliyat amaliyoti va texnikasi, raqobat menejmenti bilan tanishtirish hamda shu kabi masalalarni yanada chuqur o‘rganish va amaliy o‘zlashtirish, olingan bilimlarni amalda qo‘llashga zarur asosni ta'minlashdan iboratdir.
Maqsaddan kelib chiqib, fanni o‘qitishda:
  • tashqi iqtisodiy faoliyatning nazariy, huquqiy va tashkiliy asoslarini;


  • tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish va tartibga solishni;


  • jahon iqtisodiyoti va uning tarkibini;


  • xalqaro tovar savdosi va uni boshqarishni;


  • tashqi savdo va uni boshqarishni;


  • xalqaro xizmatlar bozori va xalqaro kapital harakatini;


  • respublikamiz iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarning o‘rnini;


  • tashqi iqtisodiy faoliyatni kreditlash va boshqarishni;


  • xalqaro tovarlar oldi-sotdi shartnomalarini;


  • tashqi iqtisodiy faoliyatda marketing va raqobatning nazariy-metodologik asoslarini;


  • raqobatbardoshlikni tadqiq qilishning iqtisodiy mohiyati va darajalarini o‘rganib, zamonaviy jahon iqtisodiy munosabatlari tizimida mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshliligi, tashqi iqtisodiy faoliyatda valyuta-kredit va moliyaviy muammolar va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish strategiyasi haqidagi ma'lumotlarni tahlil qila olish kabi masalalarni o‘rganish vazifalari qo‘yilgan.


Ma'lumki, har bir mamlakat tashqi savdoda nisbiy ustunlikka erishishga harakat qiladi va uni davlat tashqi iqtisodiy siyosatining bosh maqsadi deb biladi. Shuningdek, tashqi iqtisodiy siyosatning eng muhim ustuvor yunalishlaridan biri bu - mamlakatdagi maxsulotlarning eksport salohiyatini yanada oshirish hamda uning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini ta'minlashdan iboratdir. Chunki, eksport salohiyatni yuksaltirish nafaqat ma'lum bir mamlakatning balki, har bir tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlarining ham tub manfaatlarini ko‘zda tutadi.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə