Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə53/138
tarix22.03.2024
ölçüsü0,82 Mb.
#181802
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   138
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti-www.hozir.org

Nazorat uchun savollar:
1.Raqobat strategiyasini ishlab chiqishda klassik yondashuv?
2.Raqobat strategiyasining "g‘ildiragi"?
3.Raobatbardosh korxona strategiyasi?
4.Strategik ustunlikning asosiy variantlari?
5.Strategiyaning asosiy variantlarini amalga oshirish shartlari?
6.Xarajatlarni boshqarishning strategik modeli?
7.Korxonaning roliga asoslangan strategiyalar?
8.Korxonaning raqobatbardosh holatining turlari?
27-MAVZU. MILLIY IQTISODIYOTNING RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH STRATEGIYASI
1.Raqobatni davlat tomonidan tartibga solish.
2.Sanoat siyosati iqtisodiyotning raqobatbardoshligi omili sifatida.
3.Iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish.

Iqtisodiy barqarorlikka erishishning muhim shartlaridan biri bu — mavjud monopol tarmoqlar faoliyati bilan jamiyat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish, mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmi o‘sishini doimiy ravishda ta'minlashdan iborat. Shuning uchun ham iqtisodiyotni isloh qilish davrida monopol tarmoqlar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, monopoliyadan chiqarish va bu boradagi faoliyatni cheklash dolzarb masala hisoblanadi. Mamlakatimizda kechayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim yo‘nalishi monopol korxonalar mahsulotlari va xizmatlaridan sifatli hamda kafolatli foydalanish, mahsulotlar narxlari muqobilligini ta'minlash, iste'molchilar ehtiyojlarini to‘liq qondirish orqali makroiqtisodiy barqarorlikka erishishga qaratilgandir. Bu esa, o‘z navbatida, davlat tomonidan monopol korxonalar faoliyatini tarkibiy o‘zgartirish va sog‘lom raqobat muhitini yaratishga yo‘naltirilgan kompleks tadbirlarning amalga oshirilishi hamda qonunchilikning takomillashtirilishini taqozo etadi.


Bunda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilingani muhim ahamiyat kasb etadi. Qonunni qabul qilishdan maqsad – raqobat munosabatlarini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirishga, ushbu sohadagi davlat siyosatining huquqiy asoslarini aniqlashtirishga, tovar va moliya bozorlarida monopolistik faoliyatning oldini olish va to‘xtatish bo‘yicha huquqiy vositalarini yangilashga yo‘naltirilgan. Ma'lumki, moliya bozori iqtisodiyotning qon tomiri hisoblanib, unda hozirgi kunda yuzlab xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyat olib bormoqda. Shu bilan birga, moliyaviy xizmatlar bozorlarida, jumladan, bank xizmatlari bozorida raqobat yetarli darajada tashkil etilmagan. Shu boisdan yangi qonunning eng muhim yangilik jihati bu monopoliyaga qarshi tartibga solishning moliyaviy xizmatlar bozoriga nisbatan tatbiq etilishi hamda ushbu bozorlar sub'ektlarini tartibga solish mezonlarining belgilanganligidir.
Qonunda aks ettirilgan moliya bozorlarida raqobatni ta'minlash bo‘yicha yangi me'yorlar monopoliyaga qarshi tartibga solishning samarali mexanizmini joriy qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bundan tashqari, tegishli organga moliya tashkilotlarining monopolistik faoliyatini cheklash, moliya bozorlarida sog‘lom raqobatni rivojlantirish, raqobatga qarshi harakatlar va bitimlarning oldini olish, shuningdek, iqtisodiy konsentratsiya ustidan nazorat o‘rnatish vakolatlari ham yuklatilgan. Qayd etish joizki, qonun moliya tashkilotlariga monopol korxonalar o‘z monopol mavqyeini suiiste'mol qilgan hollarda doimiy nazoratga olish, qo‘llanilayotgan narxlarning asossiz va tizimli ravishda oshishini bartaraf etish imkonini beradi.
Shuningdek, moliya tashkilotlarining o‘zini ham monopoliyaga qarshi talablar asosida nazorat qilish mexanizmlarini yaratadi. Qonun normalari raqobat sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi hozirgi kunda ko‘pgina alohida qonunosti hujjatlaridan iborat bo‘lgan me'yorlarning jamlanishini ta'minlab beradi, mazkur sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini oshiradi, qonunchilikdagi mavjud bo‘shliqlarni va monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasidagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etadi hamda tadbirkorlik sub'ektlari faoliyati uchun teng shartsharoitlarni, tovarlarning erkin aylanishini, iqtisodiy faoliyatning erkinligini ta'minlab beradi. Bu esa raqobat rivojlanishining hamda uning tovar va xizmatlar bozorlarida himoya qilinishining eng asosiy jihati hisoblanadi.
Bundan tashqari, ushbu huquqiy hujjatda “moliya bozori”, “bir-birining o‘rnini bosadigan tovarlar”, “insofsiz raqobat”, “kamsituvchi shartlar (sharoitlar)”, “noto‘g‘ri taqqoslash”, “tovarning monopol yuqori narxi”, “tovarning monopol past narxi”, “shaxslar guruhi” va boshqa tushunchalarga tavsif berildi hamda aniq toifalash tartibi belgilab qo‘yildi. Bu esa qonunni qo‘llash va uning xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan bajarilishini nazorat qilishda muhim ahamiyatga egadir. Qonunda umumiy tavsiflar aniqlashtirilishi bilan bir qatorda, ayrim tushunchalar, xususan, "ustun mavqye"ni tavsiflash prinsipi, sub'ektning tovar yoki moliya bozoridagi ustunlik mavqyeini o‘rnatish mezonlari aniq belgilangan. Qonunda birja savdolari natijasida vujudga kelgan narx monopol yuqori narx hisoblanmasligi nazarda tutilgan.
Shunday qilib, yuqori likvidli, jumladan, tovar va moliya bozorlarida ustun mavqyega ega korxona tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarning birja savdolari rivojlanishi bilan tovarning monopol yuqori narxi tavsifiga yondashuv ham o‘zgardi. Ayni chog‘da, qonunda savdolarni va iqtisodiy konsentratsiya bo‘yicha davlat nazoratini ta'minlash maqsadida shaxs yoki shaxslar guruhining ustunlik darajasi oshishiga olib keluvchi qo‘shilish, qo‘shib yuborish. aksiyalarni, mulkiy huquqlarni sotib olish va boshqa bitimlar (harakatlar) tartibga solindi. Xo‘jalik sub'ektlariga nisbatan ma'muriy yuklar, og‘irliklarni qisqartirish maqsadida aktivlarning balans qiymati oshirildi. Qonunda nazarda tutilgan aksiyalar (ulushlar)ni sotib olish bo‘yicha bitimlar tuzish uchun rozilik olish tartibotini soddalashtirish aksiyalarni (ulushlarni) sotib olish bo‘yicha raqobat sohasidagi vakolatli organga qilinadigan murojaatlarni deyarli 2 barobarga qisqartiradi va o‘z navbatida ham moliyaviy, ham mehnat resurslarini iqtisod qilishni ta'minlaydi. Qimmatli qog‘ozlar bozorlarida aksiyalar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi investitsion vositachilar tomonidan tuziladigan bitimlar ustidan, shuningdek, aksiyalar va ulushlarni ishonchli boshqaruvga berish ustidan nazorat olib borish maqsadga muvofiq emas, deb tan olindi, sababi, mazkur bozor qatnashchilari raqobat rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Qonunda ushbu bozor qatnashchilari tomonidan sodir etiladigan bitimlarni kelishish shart emasligi nazarda tutilgan, bu esa ushbu sohada faoliyat yuritishni kengaytirishni ta'minlaydi. Ushbu me'yorning kiritilishi monopoliyaga qarshi tartibga solishga samarali yondoshishga, xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning resurslaridan foydalanish va aksiyalar (ulushlar) va boshqa mulkiy huquqlarni sotib olish uchun oldindan rozilik olish jarayonini soddalashtiradi. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan taqdirda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarga monopoliyaga qarshi organ tomonidan berilgan tegishli ko‘rsatmani belgilangan muddatda bajarish, yetkazilgan zararni qoplash va jarima to‘lash kabi choralarni ko‘rish mexanizmi aniq ko‘rsatib o‘tilgan. Shu bilan birga, raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar solish tartib-qoidalari qonunda belgilab qo‘yilganligi tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini shakllantirishga hamda yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə