Sanoat korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish mexanizmi



Yüklə 210,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü210,15 Kb.
#133636
  1   2   3   4
Sanoat korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligini oshiri



Научные исследования
и инновации в индустрии 4.0
I-
Республиканская научно
-
техническая конференция
(Ташкент, 
13-15 
марта
2022 
года)
46 
SANOAT KORXONALARIDA INNOVATSION FAOLIYAT 
SAMARADORLIGINI OSHIRISH MEXANIZMI 
 
Maxkamova Mamlakat Abdukadirovna, 
iqtisod fanlar doktori, professor, Toshkent Davlat Texnika 
Universiteti,Toshkent shahri 
Asimova Feruza Abdusattorovna, 
Toshkent Davlat Texnika Universiteti, doktarant, Toshkent shahri 
 
Jahon hamjamiyatiga integratsiyalashayotgan O‘zbekiston Respublikasi 
uchun ham iqtisodiy rivojlanishning usutuvor yo‘nalishlarini aniqlab olish kabi 
muhim masalalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi 
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi 
to‘g‘risida” PF–4947-sonli Farmonida belgilab berildi [1]. 
Qayd etish kerakki, mazkur me’yoriy-huquqiy hujjatda O‘zbekiston 
Respublikasini taraqqiy ettirishning bir qancha yo‘nalishlari bilan bir qatorda 
“Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” 
bo‘linmasida tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning 
yetakchi tarmoqlarini, xususan, sanoat ishlab chiqarishini modernizatsiya va 
diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish masalalariga 
qaratilgan mulohazalar keltirib o‘tildi. 
Bundan tashqari, mamlakat miqyosida sanoat ishlab chiqarishini 
rivojlantirishga doir bir qancha me’yoriy-huquqiy hujjatlar ham ishlab chiqildi. 
Dastlabki yo‘nalish O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishining muayyan 
bir tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlardir. 
Mamlakatimizda sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish, yangi industrial 
tarmoqlarni shakllantirish, sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish va ularni 
qayta jihozlash, mahsulotlar eksportini oshirish bilan bog‘liq ishlar bevosita 
investitsion jarayon bilan bog‘liq. Shunday ekan, sanoat ishlab chiqarishini 
taraqqiy ettirishga doir qabul qilingan me’yoriy aktlar bevosita investitsiya 
faoliyatini yuritishga oid tashkiliy-huquqiy hujjatlar bilan uzviy bog‘liq ravishda 
ishlab chiqilishi va bir-birini to‘ldirishi tabiiy. O‘zbekiston Respublikasida ham 
investitsiya faoliyatiga oid ko‘plab me’yoriy – huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan 
bo‘lib, ularning eng asosiysi bu “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonuni hisoblanadi [2]. 
Mamlakatimiz sanoat korxonalarida innovatsion boshqaruv 
samaradorligini oshirishda korxonaning strategik rivojlanish maqsadlarida 
innovatsion faoliyatga oid rivojlanish yo‘nalishlarini shakllantirish, 
innovatsiyalarni amaliyotga tabiq etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni 
ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Bunda innovatsion boshqaruv maqsadlari 
daraxtini shakllantirishda yuqorida taklif etilgan usuldan foydalanish yuqori 
samaradorlikka erishish bilan bir qatorda, korxonaning innovatsion 
rivojlanishining barqarorligini ta’minlash uchun zamin yaratadi [3]. 


Научные исследования
и инновации в индустрии 4.0
I-
Республиканская научно
-
техническая конференция
(Ташкент, 
13-15 
марта
2022 
года)
47 
Sanoat korxonalari innovatsion faoliyatini boshqarish samaradorligini 
baholashda yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, kadrlarni o‘qitish va 
kvalifikatsiyasini oshirish xarajatlari hamda progressiv texnikalarning o‘rtacha yillik 
qiymat omillarini hisobga olgan holda aniqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

Yüklə 210,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə