Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə49/138
tarix22.03.2024
ölçüsü0,82 Mb.
#181802
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   138
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti-www.hozir.org

Nazorat uchun savollar:
1.Soha tushunchasi va iqtisodiy chegaralari?
2.Sohaning raqobatdoshligini baholash usullari?
3.Potensial raqobatchilarning bozorga kirish xavfi?
4.Mehnat unumdorligining o‘sish samarasi?
5.Xaridorlar xokimiyati va yetkazib beruvchilar xokimiyati?
6.An'anaviy raqobatchilar o‘rtasidagi raqobat darajasi?
7.Soha iqtisodiy xususiyatlarining strategik ahamiyati?
8.Sohaning raqobatbardoshligi omili sifatida investitsion jozibadorlikni baholash?
25-MAVZU. KORXONANING RAQOBATDOSHLIGINI BAHOLASHGA USLUBIY YONDASHUVLAR
1.Korxonalarning raqobatbardoshligi omillari va uni baholash tamoyillari.
2.Korxonaning rahobatdoshligini baholash usullari.
3.SWOT tahlili asosida raqobatbardoshlikni baholash.

Korxonaning raqobatbardoshligi deganda, iste'molchilar uchun raqobatchilarning tovarlariga nisbatan ko‘proq o‘ziga tortuvchan bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarish va sotish tushuniladi. Raqobat muhitini uzluksiz nazorat qilib turish –ishlab chiqarishni ehtiyojlarni eng samarali usulda qondirish uchun mo‘ljallangan zarur shartidir. Raqobat muhitining holati haqidagi xulosalar, korxonaning innovatsion siyosatini ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. Mohiyatan, raqobatchilar ustidan erishilgan ustunlik innovatsiyalar hisobidan bo‘ladi va shuning uchun, korxona faoliyatidagi raqobatchilar ustidan erishiladigan har qanday ustunlikni ta'minlovchi yangi elementlarni joriy etishga bo‘lgan layoqat, shu korxona raqobatbardoshligining zarur tashkil etuvchisidir. Korxona barqarorligi, uning davomiylik jihatdan uzoq muddatga mo‘ljallangan samarali faoliyat ko‘rsatishini xarakterlovchi murakkab iqtisodiy kategoriyadir (1-rasm) va korxonaning raqobatbardoshligi, iqtisodiy xavfsizligi hamda iqtisodiy samaradorlik kabi uchta elementga asoslangan. Shuni ta'kidlash kerakki, bu elementlar o‘zaro chambarchas bog‘liq va birgalikda faoliyat ko‘rsatadi, biroq, turlicha funksional vazifalarga ega. Raqobatbardoshlik ‒ korxona rivojlanishining salohiyatini, barqarorlik esa – korxonaning uzoq muddatli istiqbolini belgilaydi. Korxonaning barqarorligini vaqtlarga taqsimlangan raqobatbardoshlik, deb aytish mumkin. Vaqtning uncha katta bo‘lmagan intervallarida bu ikkala tushuncha teng kuchga ega bo‘ladi. Korxonaning ishlab chiqarishni, mehnat va boshqarishni tashkil etishda, uning texnik hamda texnologik imkoniyatlarida ifodalangan ishlab chiqarish salohiyati ‒ innovatsiyalarni o‘z vaqtida ta'minlab beradigan elementdir. Korxonaning ishlab chiqarish salohiyati qancha yuqori bo‘lsa, mahsulot ishlab chiqarishga va uning sifatiga qilinadigan xarajatlar ulushining darajasi shuncha past bo‘ladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning, raqobatchilar tovarlarining sifatidan yuqori turuvchi sifati, innovatsion salohiyatning moddiy ifodalovchisidir.


Korxonaning raqobatbardoshligini baholash uchun ilmiy yondashuvlarni Qo‘llagan holda uning holatining yalpi tashhisini amalga oshirish zarur.
Korxona ishlab chiqarish faoliyatining tashhisi yoki vaziyat tahlili - korxona turgan vaziyatni aniqlab beruvchi, ya'ni uning ishlab chiqarish, xo‘jalik va moliyaviy faoliyatining butun jarayoniga ta'sir ko‘rsatuvchi holatlarni belgilab beruvchi birinchi tahlil turi.
Tashxis maqsadi - korxona umumiy iqtisodiy makonda egallab turgan o‘rinni, uning joriy ishlab chiqarish imkoniyatlarini, iste'mol qilinadigan mehnat, moddiy-texnika va moliyaviy resurslarni aniqlashdan iborat.
Tashxis vazifasi - korxona strategiyasi, ya'ni oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘llarini belgilab beruvchi asosiy omillarni aks ettirishdan iborat:
1. Qo‘llaniladigan ilmiy yondashuvlar va boshqaruv usullarining soni va chuqurligi nuqtai nazaridan boshqaruv tizimining kuzatuvi sifatini tahlil qilish.
2. Tizimning chiqish komponentlarini, ya'ni tashkilot strategiyasining sifatini tahlil qilish, uning ichki zaif va kuchli tomonlari, tashqi tahdidlar va imkoniyatlardan kelib chiqib maqsadni aniqlashtirish "SWOT-tahlil" firmaning zaif va kuchli tomonlarini hamda uning tashqi imkoniyatlari va tahdidlarni (ZKIT) baholashdan iborat. ZKIT tahlil kompaniya ichki imkoniyatlari (uning zaif va kuchli tomonlari) hamda tashqi muhitning (qisman imkoniyatlar va tahdidlarda o‘z aksini topadi) strategik mosligi tamoyiliga asoslanadi.
3. Tashkilot chiqishidagi asosiy raqobatchilar faoliyat ko‘rsatishining raqobatbardoshligi, samaradorligi va barqarorligi, tashqi tahdidlar va imkoniyatlar, raqobatchilarning ichki kuchli va zaif tomonlari.
4. Tarmoqda raqobat qonuni, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari amal qilishi mexanizmi, tarmoqda raqobat shakli (tarkibi) va kuchining tahlili.
5. Tashkilotga ijobiy va salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi mamlakat makro muhiti omillari va mazkur mintaqa (shahar) infratuzilmasining tahlili.
6. Tizimga kirishda raqobat qonuni, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari amal qilishi mexanizmi, tashkilot yetkazib beruvchilari o‘rtasida raqobat kuchining tahlili.
7. Boshqaruv tizimining boshqariladigan kichik tizimi sifatini tovarlar sifati va resurs talab qilishi, ularga servisning sifati, bozor infratuzilmasi, faoliyatning ushbu yo‘nalishlari samaradorligi tahlilini tash kil qilish va ularni yaxshilash chora-tadbirlarini shakllantirish ko‘rsatkichlari tizimini shakllantirish nuqtai nazaridan tahlil qilish.
8. Tashkilotni boshqarish tizimining boshqaruvchi kichik tizimlarini strategik va taktik boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha xodimlarni boshqarish nuqtai nazaridan tahlil qilish.
9. Strategik marketing, innovatsion va ishlab chiqarish menejmenti, taktik marketing tizimida aloqalar tarkibi , mazmuni va si fatini tahlil qilish, uning zai f va kuchli tomonlarini aniqlash.
10. Ishlab chiqariladigan tovarlar, yangiliklar va bajariladigan xizmatlar, xodimlar va texnologiyalar, umuman, tashkilotning raqobatbardoshligini tahlil qilish: ishlab chiqarish va raqobat reaksiyasi, ritmiklik; nuqsonsizlik; modellarni almashtirishning qayishqoqligi; mehnat qilishga undash; mehnat munosabatlari; ishchi kadrlar malakasi; zaxiralarni boshqarish; moddiy-texnik ta'minot; mahsulotlarni omborlarga joylashtirish va taqsimlash.
11. Resurslardan foydalanish samaradorligi va ishlab chiqarish rentabelligini tahlil qilish.
12. Tashkilot faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini tahlil qilish .
13. Tovarlar raqobatbardoshligi, ular asosida tashkilot strategiyasini ishlab chiqish uchun uning faoliyat ko‘rsatish i samaradorligi va barqarorligining strategik va taktik omillarini belgilash.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə