Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti


расм. Тармоқ параметрлари тавсифи



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə48/138
tarix22.03.2024
ölçüsü0,82 Mb.
#181802
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   138
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti-www.hozir.org

25.расм. Тармоқ параметрлари тавсифи
Maykl Porterning ―milliy rombida davlatning ham ta'siri benihoya kattadir. Davlat roli quyidagilarda ko‘rinadi:
1. Talabga ta'sir ko‘rsatish
2. Infratuzilmani shakllantirish
3. Investitsiyaga ta'sir ko‘rsatish
4. Standartlarni belgilash
5. Xo‘jalik qonunchiligini shakllantirish
6. Raqobat sharoitlarini rostlash
Bundan tashqari ―milliy romb konsepsiyasida tasodif bo‘ladigan voqyealar ta'siri ham kuzatiladi.
- moliya bozoridagi o‘zgarishlar;
- ixtirolar
- texnologik siljishlar
- urushlar
- talabdagi o‘zgarishlar
- resurslar narxining keskin o‘zgarishi.
Hozirgi raqobat sharoitida korxonalar innovatsiyaga asoslanib yangilik kiritmas ekan, bu albatta bozorda tezda o‘z o‘rnini yo‘qotib qo‘yishga olib keladi.
Quyida raqobatbardoshlik bo‘yicha ―milliy rombda yanglik kiritish bo‘yicha raqobatlashishi tavsifi berilgan:
- Yangi texnologiyalar. Texnologiyaning o‘zgartirilishi.
- Xaridorlarning yangi ѐki o‘zgargan so‘rovlari.
- Tarmoqning yangi segmentlari paydo bo‘lishi.
- Narx ѐki ishlab chiqarish komponentlarining o‘zgarishi.
- Hukumat tomonidan tartibga solishning o‘zgarishi.
Mamlakat raqobat ustunliklariga erishishi uchun barcha ushbu determinantlar o‘zaro hamkorlik qilishi lozim. Faqatgina o‘zaro hamkorlik qilish determinantlarning butun tizimi bo‘yicha ustunlik milliy iqtisodiѐtda miliy ishlab chiqaruvchilarning muvaffaqiyati uchun zamin hisoblanadi.
Agar O‘zbekistonning raqobat jihatdan ustunliklarini tahlil qiladigan bo‘lsak, quyidagilarni alohida ajratish mumkin: 1) mamlakat siyosiy va huquqiy tizimining barqarorligi; 2) insonni rivolslantirishga (ta'lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ehtiyojlarga) katta qo‘yilmalar; 3) aholi hayot kechirishining uzoqligi; 4) mehnat resurslarining raqobatbardoshligi; 5) mamlakat aholisi ta'lim darajasining yuqoriligi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, qiyosiy ustunliklarga ega bo‘lish bilan birga respublika milliy iqtisodiyotining raqobat jihatdan (qo‘lga kiritilgan) ustunliklarini ham rivojlantirish zarur. Mazkur holatda iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida quyidagi omillarga asosiy e'tiborni qaratish lozim, xususan: mamlakat siyosiy va huquqiy tizimining barqarorligi, mehnat resurslarining raqobatbardoshligi va mamlakat aholisi ta'lim darajasining yuqoriligi.
Shunday qilib, mamlakatning raqobat jihatdan ustunliklarini ishlab chiqarishning asosiy omilari: tabiiy resurslar, arzon ishchi kuchi va mamlakat mavqyei va hududi bilan belgilanadigan qulayliklar hisobidan shakllantirish mumkin, ana shunda ushbu ustunliklar biz O‘zbekistonda ularning mavjudligini kuzatgan omillarning qiymati bilan belgilanadi.
Bundan tashqari respublikaning raqobat jihatdan ustunliklari unda sarmoya eng yaxshi texnologiyalar, litsenziya va nou-xauga investitsiya qilinadigan faol investitsiya siyosatiga asoslanishi mumkin, shu bilan birga, mazkur texnologiyalar mamlakat ichida doimiy ravishda takomillashib boradi. Sarmoyaning iqtisodiyot ichida safarbar qilinishi, kapital qo‘yilmalar hajmining o‘sishi omillarning takomillashuviga (infratuzilmaning rivojlanishiga, mehnat resurslari sifatining yaxshilanishiga) olib keladi.
O‘zbekiston iqtisodiyotining raqobat jihatdan ustunliklari innovatsiyaga tayanishi mumkin, bu yaqin o‘n yilliklarda respublika milliy xo‘jaligini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi va u milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligining ichki salohiyatini o‘z ichiga oladi. Ushbu holatda mamlakat texnologiyalarining rivojlanishi va joriy etilishi yuz beradi hamda, eng asosiysi, korxonalar (firmalar) global strategiyalarni ishlab chiqishni boshlab, chet elda keng ko‘lamli investitsiyalarni amalga oshiradi.
Raqobatli ustunlikni integral baholashda: tizimli, kompleks va normativ ѐndashuvlarni qo‘llash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Raqobatli ustunlikni integral baholashning tizimli ѐndashuv pozitsiyasida tizimni ichki tuzilishi va tashqi omillarini alohida baholash talab qilinadi.
Kompleks ѐndashuvda quyidagi omillarni hisobga olish talab etiladi:
- texnik (chiqarilaѐtgan mahsulotni va ishlab chiqarishni texnik darajasi);
- huquqiy (demokratik o‘zgarishlarni stabilligi);
- bozor (bozor salohiyati, raqobat kuchi, ochiqligi, marketing) ilmiy (ilmiy ѐndoshuvni kqlamini kengligi va chuqurligi, iqtisodiy qonunlarni tahlilini chuqurligi);
- iqtisodiy (rentabellik, barqarorlik, resurslar bilan ta'minlanganligini, moliyaviy instrumentlari) tashkiliy (ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnatni tashkil etish va menejment, logistika, bozor infrastrukturasini tashkil etish);
- psixologik va raqobatbardoshlikni ta'minlashning boshqa jihatlari.
Baholashda normativ ѐndashuvni qo‘llanilishi aniq omillarni monitoringi va normallashtirishni tashkil etishni talab etadi.
Raqobatbardoshlikni baholash aniq iste'molchini aniq tovarga reaksiyasini oxirgi natijasi bo‘yicha amalga oshiriladi, raqobat ustunligini baholash esa investitsiyalashning boshlang‘ich bosqichida, biznesni boshlanishida innavatsion va investitsion loyihalarni texnik – iqtisodiy asoslashda amalga oshiriladi. Raqobatli ustunlikni keyingi monitoringini amalga oshishi ishlab chiqarish jaraѐni bosqichida va tovarni sotishgacha bo‘lgan logistikasida amalga oshiriladi. Shuning uchun asoslangan qattiq va tartibni siѐsat olib borish muhimdir. Ushbu siѐsatni amalga oshirish metodlari bo‘lib ,hisobga olish, tahlil, raqobatli ustunlikni baholash va normallashtirish hisoblanadi.
Loyixalashtirish bosqichida.
Masalan: tovarning raqobatli ustunligini integral baholash
quyidagi formula orqali aniqlanadi:

Bu yerda: aniq tovarning raqobatli ustunligining integral ko‘rsatkichi;


i= 1, 2, ..., n-aniq tovarning raqobatli ustunlik nomeri;
J=1, 2, ..., m-i-tovarning raqobatli ustunligi omilining nomeri;

  • - I – raqobatli ustunlikning obro‘si,


– i – raqobatli ustunlikning j- omilning obro‘si,


Pi – i – raqobatli ustunlikning nisbiy ѐki normativ ahamiyati;
Fij – i- raqobatli ustunlikning j-omilini nisbiy ѐki normativ ahamiyati.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə