Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə47/138
tarix22.03.2024
ölçüsü0,82 Mb.
#181802
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   138
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti-www.hozir.org

Am = FS Sx → max (5)
bu yerda: Am – afzallik mezoni;
FS – foydalilik samarasi;
Sx – mahsulotni sotib olish va undan foydalanish xarajatlari.


Nazorat uchun savollar:
1.Amaldagi xalqaro va milliy standartlar, qonunlar va hujjatlar, texnik reglamentlar, mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning standartlari, patent hujjatlari bilan belgilangan normativ parametrlar?
2.Bozor raqobatbardoshligini nimalarda ko‘rish mumkin?
3.Mahsulotning raqobatdoshligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tarkibi nimalardan iborat?
4.Mahsulotning "spiral" raqobatbardoshligi nima?
5.Mahsulotning ikki darajali konsepsiyasi?
5.Mahsulotning uch darajali konsepsiyasi?
6.Iste'molchi nuqtai nazaridan raqobatbardoshlik piramidasi? 7.Tovarlarning raqobatdoshligini shakllantirish yo‘llari?

24-MAVZU. TARMOQNING RAQOBATDOSHLIGINI BAHOLASHGA USLUBIY YONDASHUVLAR
1.Sohaning raqobatdoshligini baholash usullari.
2. M. Porterning raqobat muhitining "beshta kuchi" ni tashkil qilish modeli. 3.Sohaning raqobatbardoshligi omili sifatida investitsion jozibadorlikni baholash.
Raqobatbardoshlikni barpo etish va rivojlantirishning M.Porter konsepsiyasiga asoslangan zamonaviy modeli mamlakatning umumiy xususiyatga ega bo‘lgan va unda ishlab chiqaruvchilar raqobatlashadigan raqobat muhitini shakllantiruvchi to‘rtta xususiyatidan iborat. Ushbu muhit raqobat ustunliklarini shakllantirishga ko‘maklashishi ham ѐki unga to‘sqinlik qilishi ham mumkin.

24-.расм. Мамлакатнинг рақобат устунлиги детерминантлари (М.Портернинг таърифлашича - миллий ромб)
Mamlakat raqobat ustunligining determinantlari va ularning xususiyatlari va mazmuniga quyidagilar kiradi:
  • Omillar shartlari, ya'ni ushbu tarmoqda raqobat uchun zarur bo‘lgan konkret omillar (aytaylik, ma'lum ixtisoslikdagi malakali ishchi kuchi ѐki infrastruktura).


  • Talab shartlari, ya'ni ushbu tarmoq taklif qilaѐtgan mahsulot ѐki xizmatga ichki bozorda talab qanday?


  • Bir turdagi (related) va qo‘llab-quvvatlovchi tarmoqlar, ya'ni xalqaro bozorda raqobatbardosh bir turdagi ѐki ta'minlovchi tarmoqlarning mamlakatda bor ѐki yo‘qligi.


  • Firmaning strategiyasi, uning tuzilishi va raqobatchilar, ya'ni mamlakatda firmalar qanday yaratilishi va boshqarilishi hamda ichki bozordagi raqobatning xususiyati qanday bo‘lishini belgilab beruvchi sharoitlarning qandayligi.


Milliy rombda ishlab chiqarish omillariga moddiy resurslar, inson resurslari, investitsiya bo‘yicha resurslar, intellektual resurslar va infratuzilma bevosita ta'sir etadi.


Raqobatbardoshlikning milliy rombi bo‘yicha talab parametrlari tavsifi quyidagicha:
1) Ichki talab hajmi: talab miqdori, talab dinamikasi, erkin xaridorlar soni, mustaqil xaridorlar;
2) Ichki talab tuzilishi: talab segmentatsiyasi, xaridorlarning xarakteri (qat'iylik, sinchkovlik), ehtiѐjlar dinamikasi;
3. Talabni baynalminallashtirish mexanizmlarining mavjudligi: xaridorlarning mobilliligi, milliy firmalar faoliyatining ko‘pmillatlilik xarakteri, namoyish etish samarasi, siѐsiy ittifoqlar.
Raqobatbardoshlikning milliy rombida turdosh va qo‘llab-quvvatlovchi tarmoq parametrlari quyidagilardan iboratligi ko‘rsatilgan:

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə