Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti


Raqobatbardoshlikni shakllantirish va rivojlantirishning M. Porter modeli (milliy romb)



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə43/138
tarix22.03.2024
ölçüsü0,82 Mb.
#181802
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   138
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti-www.hozir.org

Raqobatbardoshlikni shakllantirish va rivojlantirishning M. Porter modeli (milliy romb). Milliy iqtisodiyotning raqobatdoshliligi – halol raqobat sharoitida jahon bozori talablarini qondiruvchi, iqtisodiy o‘sish va turmush sifatini oshirishni ta'minlaydigan tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish hamda o‘rta va uzoq muddatga iqtisodiy o‘sishning yuqori sur'atlarini ta'minlab turish qobiliyatidir. Milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligi masalasi doimo iqtisodchi olimlarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Ushbu masaladagi zamonaviy nazariyalarning ko‘piga asos bo‘lgan fikrlar M.Porterning izlanishlarida yoritilgan. M. Porter mamlakat iqtisodiyotining raqobatdoshligi uning resurslar bilan yaxshi taminlangangagina bog‘liq emasligini, raqobat ustunligini shakllantirish, ta'minlab turish mumkinligini ko‘rsatib berdi va unga mamlakat firmalarining raqobatdoshligini ta'minlash orqali erishiladi, degan fikrni ilgari surdi. Raqobatdoshlikni shakllantirish va rivojlantirishning M.Porter konsepsiyasiga ko‘ra, mamlakatning raqobat jihatdan ustunliklari “milliy romb”ni tashkil etuvchi to‘rtta unsurdan iborat. Quyida “milliy romb” ni tashkil etuvchi unsurlarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. .
M.Porter konsepsiyasiga ko‘ra, mamlakatning raqobat jihatdan ustunliklari “milliy romb”ni tashkil etuvchi to‘rtta unsurdan iborat.
Ular quyidagilar:
1. Omillar bilan ta'minlanganlik
2. Talab parametrlari
3. O‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldiruvchi tarmoqlar
4. Firmalar strategiyasi tarkibi va raqobatchilik muxiti
Mamlakatning raqobat jihatdan ustunliklari “milliy romb”ni tashkil etuvchi to‘rtta unsurlarni aloxida ko‘rib o‘tamiz.


1. Omillar bilan ta'minlanganlik. Ishlab chiqarish omillari nazariyasi bo‘yicha tovar aylanishining oqimi ishlab chiqarishning mehnat, yer, tabiiy resurslar, sarmoya, infratuzilma kabi omillarini belgilab beradi. Mamlakatda ishlab chiqarish omillarining mavjudligi milliy iqtisodiyotni rivojlantirish uchun hal qiluvchi rol o‘ynamaydi. Ishlab chiqarish omillarini shakllantirish va yangilashning tezligi va samaradorligi hamda iqtisodiyotning ma'lum tarmoqlarida qo‘llash muhimdir. ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar bilan tabiat o‘rtasidagi bog‘lanishni amalga oshiruvchi shaxsiy va texnik-buyumlashgan elementlar tizimidan iborat. Mehnat, material, bilim, pul, infratuzilma resurslari bilan ta'minlanish mamlakatning raqobatdoshligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Bu resurslarning ba'zilari oldindan mavjud bo‘lsa, ayrimlari yaratiladi va rivojlantiriladi.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə