Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə44/138
tarix22.03.2024
ölçüsü0,82 Mb.
#181802
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   138
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti-www.hozir.org

2. Talab parametrlari. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga ichki va tashqi bozorlardagi talabning hajmi, tarkibi va ularning o‘zgarishi milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligiga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Bu mahsulotlarga talab hajmining oshishi milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshiradi va aksincha

3. O‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldiruvchi tarmoqlar Raqobatdosh hamkor tarmoqlarning mavjudligi murakkab mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, qimmat resurslarni mamlakat ichidan topish, mahsulot yetkazib beruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish, yangiliklarni joriy qilishga ko‘maklashish imkonini beradi. Minglab butlovchi qismlarni talab etuvchi avtomobillarni ishlab chiqarishda raqobatbardosh bo‘lish shu qismlarning aksariyatining mamlakatda ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘ymasdan mumkin bo‘lmaganidek, kimyoviy tolalar, tugmalar va sifatli bo‘yoqlar ishlab chiqaruvchi korxonalar mamlakatda mavjud bo‘lmasa, birgina paxta xomashyosining mo‘l-ko‘lligi ko‘ylak ishlab chiqarishda raqobatdoshlikni ta'minlash uchun yetarli bo‘lmaydi.

Turdosh va qo‘llab-quvvatlovchi tarmoqlar determinanti kuyidagi ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi:
• Mamlakat siyosiy va huquqiy tizimining barqarorligi;
•Insonni rivojlantirishga (ta'lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy extiyojlarga) katta qo‘yilmalar;
• Axoli hayot kechirishining uzoqligi;
• Ishchi kuchi resurslarining raqobatbardoshligi;
• Mamlakat axolisi ta'lim darajasining yuqoriligi.


4. Firmalar strategiyasi tarkibi va raqobatchilik muxiti. Firmani boshqarishda raqobatning xususiyatlari e'tiborga olinadi. Bunda turlicha strategiya va maqsadlar ishlab chiqiladi. Ichki bozorda keskin raqobatning mavjudligi firmalarni o‘z faoliyatini takomillashtirishga, ishlab chiqarishni kengaytirish uchun tashqi bozorlarga chiqishga undaydi. Kuchli ichki raqobat muhitida toblangan firmalar tashqi bozorlarda ham osonroq muvaffaqiyatga erishadi.
M. Porter konsepsiyasiga asoslangan zamonaviy model mamlakatning umumiy xususiyatga ega bo‘lgan va unda ishlab chiqaruvchilar raqobatlashadigan raqobat muhitini shakllantiruvchi 4 ta xususiyatdan iborat. Ushbu muhit raqobat ustunliklarini shakllantirishga ko‘maklashishi ham yoki unga to‘sqinlik qilishi ham mumkin. “Shu sababli hukumatning mamlakat ichida erkin raqobat muhitini yaratish, monopollashuvga qarshi kurashish kabi chora-tadbirlari muhim ahamiyatga ega. Ushbu to‘rt unsurga hukumatning faoliyati va tasodifiy holatlar ta'sir ko‘rsatadi. Tasodiflar jumlasiga mamlakatni
rivojlantirishning umumiy shart-sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lmagan, yuzaga kelishiga firma ham, davlat ham ta'sir ko‘rsata olmaydigan hodisalar kiradi.Ularga ixtirochilik, yirik texnologik yutuqlar, resurslar narxining keskin ko‘tarilishi, jahon moliyaviy bozorlari konyukturasi va almashinuv kurslarining, tashqi talabning keskin o‘zgarishi, chet el hukumatlarining siyosiy qarorlari, urushlar va tabiiy ofatlarni kiritish mumkin”.
Hukumat milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini har to‘rt unsurga ta'sir ko‘rsatish orqali shakllantiradi va o‘zgartiradi. Demak, milliy iqtisodiyotning raqobatdoshlik darajasi uning tabiiy resurs salohiyati, mehnat resurslarining soni va sifati (malaka darajasi), ishlab chiqarishning texnik-texnologik modernizatsiyalashganlik darajasi, iqtisodiyot tarkibiy tuzilishining takomillashuvi va diversifikatsiyalashuvi, biznes yuritish uchun yaratilganshart-sharoitlarning qulayligi, mamlakat korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlarga bo‘lgan talab hajmi, o‘zaro bog‘liq va bir- birini to‘ldiruvchi tarmoqlar firmalar strategiyasi, tarkibi va raqobatchilik muhiti, omillar bilan ta'minlanganlik, talab parametrlari davlatning iqtisodiy rivojlanish hamda islohotlar strategiyasi qay darajada ilmiy asoslangani va o‘zgarishlar jarayonlarini hisobga olgani hamda boshqa bir qancha omillarga bog‘liq, deb xulosa qilish mumkin.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə