Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti


Guruhlarda ishlash uchun topshiriq



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə61/138
tarix22.03.2024
ölçüsü0,82 Mb.
#181802
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   138
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti-www.hozir.org

Guruhlarda ishlash uchun topshiriq

1-guruh(«Nima uchun?» texnikasi )
Nima uchun? Nima uchun?
Nima uchun? Nima uchun?


2-guruh(«Nima uchun?» texnikasi )

Nima uchun? Nima uchun? Nima uchun?

Nima uchun? Nima uchun?

3-guruh(«Nima uchun?» texnikasi )
Nima uchun? Nima uchun?

Nima uchun? Nima uchun?



Nazorat va muhokama uchun savollar:
1.Zamonaviy jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosobatlar?
2.Jahon xo‘jaligi tushunchasi?
3.Uning asosiy sub'ektlari?
4.Xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar?
5.Jahon xo‘jaligining globallashuvi?
6.O‘zbekiston zamonaviy jahon xo‘jaligi tizimida?
7.Jahon xo‘jaligida mehnat taqsimotini ahamiyati?
8.O‘sib borayotgan bozorlarda global raqobat afzalliklari nimada?
5-MAVZU. JAHON BOZORI VA UNING KON'YUNUKTURASI. JAHON TOVAR BOZORIDA NARXNING SHAKLLANISHI
Darsning maqsadi: Jahon bozori va uning kon'yunukturasi, jahon tovar bozorida narxning shakllanishi haqida bilimlarga ega bo‘ladilar. Jahon narxlari va asosiy tashqi savdo narxlarining turlari bo‘yicha ko‘nikma hosil qiladilar.

Amaliy mashg‘ulot rejasi:
1.Jahon bozorining kon'yunkturasi.
2.Jahon tovar bozorida narxning shakllanishi.
3.Jahon narxlari va asosiy tashqi savdo narxlarining turlari.


Darsga oid jihozlar: Markerlar, flamaster, plakatlar. kerakli adabiyotlar,tarqatma materiallar.

Darsning tuzilishi: Tashkiliy daqiqa, guruhlarda ishlash, bahs-munozara, dars yakuni.
Jahon bozori — xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish bilan oʻzaro bogʻlangan mamlakatlar oʻrtasidagi barqaror tovar-pul munosabatlari tizimi.
Amaliyotda narx darajasiga va dinamikasiga har qanday o‘zgarishlar, masalan, ishlab chiqarishda, taqsimlashda, ayirboshlashda va ma'lum bir tovarni iste'mol qilishda yuz bergan hamda ko‘zda tutilgan o‘zgarishlar ta'sir ko‘rsatadi. Jahon narxi turli omillar ta'siri ostida tashkil toradi, bu omillarning eng muhim xillari quyidagilar hisoblanadi:
1. Qiymat va iste'mol ta'siri;
2. Talab va taklifning nisbati;
3. Valyuta kursi ta'siri;
4. Yirik xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar va hukumat institutlari ta'siri;
5. Muayyan kelishuvlarni tuzishdagi shartlarning o‘ziga xos tomonlari.
Yangiliklarni ishlab chiqarishga joriy etish bosqichida mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlar oshadi, lekin ishlab chiqarish jadal (intensiv) rivojlana boshlagandan keyin, yangilik orqasida tejamkorlikka erishilgandan keyin mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlar keng miqyosda kamayadi. Mahsulot birligiga sarflanadigan resurslar sarfi jismoniy me'yorining kamaytirilishi resurslar narxining ko‘tarilishiga olib keladi. Jahon narxlarini jamiyat uchun ishlab chiqarilgan sifatli tovarning jahon bozoridagi qiymatining ruldagi ifodasi bilan aniqlash mumkin. Agar tovar quyidagi talablarga javob bersa, tovar narxini jahon narxiga tenglashtirish mumkin:
1. Xalqaro savdoda doim yirik-yirik kelishuvning bo‘lishi;
2. Kelishuvlar maxsus emas. Tijoratga oid bo‘lishi lozim;
3. Kelishuvlarni faqat erkin konvertirlanuvchi valyutada tuzish;
4. Kelishuv yo eksrort, yoki imrort kelishuvi bo‘lishi lozim;
5. Barcha orerasiyalar bozorda erkin tartibda amalga oshirilishi zarur.
Narxni davlat tomonidan tartibga solish shakllari turlicha bo‘ladi:
- ishlab chiqarish sohasida va tovar muomalasida davlatning bevosita ishtiroki;
- tovar bozorida talab ehtiyojini va taklif muvozanatiga ta'sir o‘tkazish;
- monoroliyaga qarshi qonunchilik vositasida ta'sir etish;
- daromadlar siyosatini olib borish;
- rul muomalasi orqali bozor kon'yunkturasini tartibga solish;
- rul muomalasini aniq holatini hisobga olgan holda mazkur usullarni uyg‘unlashtirish;
- narxlarni tartibga solishda bevosita va bilvosita usullardan foydalanish.
Kelishuv xizmati xiliga qarab bahoning quyidagi turlari mavjud:
- erkin konvertirlanadigan valyutada to‘lanadigan savdo bitimlari narxi;
- erkin konvertirlanmaydigan valyutada to‘lanadigan savdo bitimlari narxi;
- kliring kelishuvlari bo‘yicha shakllanadigan narx;
- nosavdo orerasiyalari bo‘yicha shakllangan narx;
- transfert narxlar (firma ichida).

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə