Tavakkalchilik tushunchasi, uni baholash va boshqarish usullari



Yüklə 54,57 Kb.
səhifə2/5
tarix23.12.2023
ölçüsü54,57 Kb.
#157004
1   2   3   4   5
Tavakkalchilik tushunchasi, uni baholash va boshqarish usullari

TAVAKKALCHILIK TURLARI

TARKIBI

Tabiiy jarayonlar bilan bog`liq tavakkalchilik

- favqulodda yuz beradigan tabiiy ofatlar (er qimirlashi, yong`in, suv toshqini, jala, do`l, dovul, qurg`oqchilik va boshqa) xavfi;
- tabiiy-iqlimiy sharoitlar, ob-havoning keskin o`zgarishi bilan bog`liq xavf-xatarlar va boshqalar.

Ishlab chiqarishga oid tavakkalchilik

- ishlab chiqarish jarayonining izdan chiqishi yoki to`xtab qolishi xavfi;
- moddiy resurslar ta’minotidagi uzilishlar xavfi;
- texnologik asbob-uskunalarning jismoniy va ma’naviy eskirishi, ishdan chiqishi va buzilishi xavfi;
- bino-inshootlarning emirilishi, cho`kishi va qulashi bilan bog`liq xavflar;
- sifatsiz xomashyo oqibatida yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarish xavfi;
- mehnat xavfsizligiga rioya etmaslik natijasida xodimlarning jarohat olishi xavfi va boshqalar.

Mahsulotlarni saqlash va tashishga oid tavakkalchilik

- transport vositalarida yuklarni tashish chog`ida ro`y berishi mumkin bo`lgan yo`qotish va nobudgarchiliklar;
- mahsulotlarni saqlash jarayonida yuz berishi mumkin tabiiy me’yordagi va undan yuqori bo`lgan buzilish va nobudgarchiliklar xavfi;
- tovar-moddiy qimmatliklarni o`g`irlash va talon-taroj qilish natijasida ko`rilishi mumkin bo`lgan zararlar.

Tijorat faoliyatiga oid tavakkalchilik

- bozor konyunkturasidagi o`zgarishlar xavfi;
- iste’molchilar talabining tushib ketishi xavfi;
- bozorda taklif hajmining keskin oshib ketishi xavfi;
- mahsulotning sotilmay qolishi xavfi;
- raqobat kurashiga bardosh berolmaslik xavfi;
- mahsulot bahosining keskin pasayishi xavfi va boshqalar.

Moliyaviy faoliyatga oid tavakkalchilik

- pulning qadrsizlanishi va inflatsiya xavfi;
- valuta hisob raqamidagi mablag`larning salbiy farqlanishi xavfi;
- investitsion sarflarning o`zini qoplamasligi xavfi;
- pul oqimlari va aylanma mablag`larning yetishmasligi xavfi;
- debitor va kreditor qarzlarning ko`payib ketishi xavfi;
- noto`lovlar xavfi;
- qimmatli qog`ozlar qiymatining tushib ketish xavfi;
- qarzga olingan mablag`larni qaytarolmaslik xavfi va boshqalar.

Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy xaraktyerdagi tavakkalchilik

- milliy mojarolar, harbiy to`qnashuvlar, g`alayonlar, terrorizm xavfi;
- ish tashlashlar, korrupsiya va jinoyatchilik xavfi;
- kutilmaganda soliq, bojxona va boshqa me’yoriy qonunchilik hujjatlarining o`zgarishi;
- iqtisodiy beqarorlik va o`sish sur’atlarining pasayishi;
- eksport va import tartibini murakkablashtirish xavfi.

Bunday tavakkalchilik turlarini korxona boshqaruvchilari doimiy ravishda kuzatib borishlari va ular natijasida yuzaga keladigan zararlarni pasaytirish tadbirlarini belgilab borishlari mumkin.


Tashqi omillar natijasida yuzaga keladigan tavakkalchilik turlari korxona boshqaruvchilari yoki xodimlarining xatti-harakatlariga bog`liq bo`lmay, ko`pincha tabiiy (favqulodda) shart-sharoitlar ta’sirida yuzaga keladi.
Har qanday qishloq xo`jaligi korxonasi tavakkalchilik bilan bog`liq faoliyat olib borar ekan, doimiy ravishda tavakkalchilik turlarini aniqlaydi, ma’qul bo`lgan tavakkalchilik chegarasini belgilaydi hamda uning keskin oqibatlaridan o`zini himoyalash yo`llarini qidiradi.
Tavakkalchilikdagi xavf darajasini aniqlash, uning oldini olish yo`llarini izlab topish va uning oqibatida yuz berishi mumkin bo`lgan zararlarni pasaytirish bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga oid faoliyat tavakkalchilikni boshqarish tizimi deb ataladi.
Tadbirkorning tavakkalchilikni boshqarish doirasidagi faoliyati o`z korxonasini uning daromadligiga tahdid soluvchi tavakkalchiliklar ta’siridan himoya qilishga yo`naltirilgan.
Tadbirkor uchun taxminiy paydo bo`layotgan tavakkalchilikni bilish zarurdir, lekin buning o`zi yetarli emas. Muhimi, tavakkalchilikning aniq turi korxona faoliyatiga qanday ta’sir ko`rsatayotganligi va qanday oqibatlarni olib kelishi mumkinligini aniqlab, uni to`g`ri baholay bilish va shundan so`ng korxonaning iqtisodiy samaradorligiga ta’sirini hisoblab topishdir. Tavakkalchilikni oqilona boshqarish korxonaning uzoq muddatli istiqbolda muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini oshiradi, uning moliyaviy holatini yomonlashish xavfini bir muncha bo`lsa-da kamaytiradi.
Tavakkalchilikni boshqarishda eng avvalo yuzaga kelishi mumkin bo`lgan tavakkalchilik turlarini aniqlanadi, ular tahlil etiladi va mumkin bo`lgan zarar darajasini belgilanadi. Keyingi bosqichda tavakkalchilikning oldini olish, ko`rilishi mumkin bo`lgan zararlarni pasaytirish yoki sug`urtalash tadbirlari ishlab chiqiladi va uni boshqarish usullari tanlanadi. Oxirgi bosqichda ko`rilgan zararlarni qoplash, oqibatlarini tahlil etish va bartaraf etish choralari ko`riladi.
Umuman olganda, tavakkalchilikni boshqarish tadbirkorga resurslardan yanada oqilona foydalanish, javobgarlikni taqsimlash, firma faoliyati natijalarini yaxshilash va tavakkalchilik ta’siridan uning xavfsizligini ta’minlash imkonini yaratadi.
Tavakalchilikni boshqarish bir-birini to`ldirib boruvchi bir nechta bosqichlardan iborat bo`ladi (32-chizma).
Tavakkalchiliklarni boshqarish jarag`nida asosiy e’tibor tadbirkorlik tavakkalchiligini baholashga qaratiladi.

Yüklə 54,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə