Tavakkalchilik tushunchasi, uni baholash va boshqarish usullari


Tavakkalchilikni baholash



Yüklə 54,57 Kb.
səhifə3/5
tarix23.12.2023
ölçüsü54,57 Kb.
#157004
1   2   3   4   5
Tavakkalchilik tushunchasi, uni baholash va boshqarish usullari

Tavakkalchilikni baholash – tavakkalchilik darajasini miqdoriy yoki sifat o`lchamlari bilan aniqlashdir.

32-chizma. Tavakkalchiliklarini boshqarish jarayoni



Tavakkalchilikning taxminiy ehtimolini aniqlash turli yo`llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Ilmiy adabiyotlarda tadbirkorlik tavakkalchiliklarini baholashning 4 usuli keltiriladi:
1. Statistika usuli.
2. Ekspert usuli.
3. Analitik usul.
4. Kombinatsiyalashtirilgan usul.
Statistika usulida korxona va tarmoqdagi boshqa turdosh korxonalarning bir necha yillik faoliyati davomida yuz bergan tavakkalchilik hodisalari hamda ular natijasida ko`rilgan zararlar darajasi o`rganib chiqiladi.
Ekspert usulida ish tajribasi yuqori va mazkur sohada ekspert hisoblangan yuqori malakali mutaxassislarning fikrlari, aniq hisob-kitoblari va tavsiyalari e’tiborga olinadi.
Analitik usulda iqtisodiy-matematik usullar, vaziyatli ish o`yinlari va ehtimollar nazariyasidagi modellar yordamida tavakkalchilik darajasiga baho beriladi.
Kombinatsiyalashtirilgan usul yuqorida keltirilgan barcha usullarni yoki ulardan bir nechtasini qo`llash orqali amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik tavakkalchiligini hal qilish jarayonida tadbirkor oldida mavjud usullardan biri, ya’ni talabga javob beradiganini tanlash masalasi ko`ndalang turadi. Buning uchun tadbirkor barcha holatlarni tahlil etib chiqishi kerak. Tadbirkorlik tavakkalchiligini baholash va hisoblarning aniqligi mutaxassislarning malakasi va ular hal etayotgan holatga bog`liq.
O`z faoliyati uchun ma’qul bo`lgan tavakkalchilik darajasi, qoida bo`yicha, aktivlar va xususiy kapital qiymati, pul oqimlari miqdori, to`lovga qobillik darajasi, sof foyda va rentabellik kabi ko`rsatkichlar bilan aniqlanadi.
Tavakkalchilikning yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan, jiddiy zarar tug`diradigan va o`ta xavfli darajalari mavjud bo`ladi.
Yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan tavakkalchilik darajasida ko`rilgan zararlar miqdori korxonaning haqiqatda erishgan sof foydasi miqdoridan oshib ketmagani ma’qul.


Yüklə 54,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə