Taxtako’pir va qibray tumanlari



Yüklə 3,82 Mb.
səhifə1/3
tarix12.05.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#109981
  1   2   3
Mo’ynoq va Ohangaron tumanlari

Mo’ynoq va Ohangaron tumanlari

Mo’ynoq tumani Reja: 1. Geografik o’rni va chegaralari 2. Tabiati 3. Aholisi 4. Sanoati 5. Qishloq xo’jaligi 6. Ijtimoiy soha

Mo’ynoq tumani karta sxemasi

Geografik o’rni va chegaralari Moʻynoq tumani - Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimolidagi tuman. 1931-yil 19-sentabrda tashkil etilgan. Amudaryo deltasi, Orol dengizining janubidagi hududlarni egallaydi. Qoraoʻzak, Chimboy, Boʻzatov tumanlari, Krzogʻiston Respublikasining Oqtoʻba, Qiziloʻrda viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 37,94 ming km².

Tabiati Tuman hududining aksari qismi Orol dengizining qurigan tubi (Orolqum) va Amudaryo deltasidagi kullardan iborat. Tumanning xoʻjalik va madaniy markazi — Moʻynoq shahri Keyingi yillarda deltadagi ilgari suv bosib yotgan ayrim yerlar oʻzlashtirilib, ekinlar ekilmoqda. Qurilish materiallaridan tosh, qum, gil bor. Iklimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —7,4°, iyulniki esa 26,3°. Vegetatsiya davri 213 kun. Yillik oʻrtacha yogin 105 mm, asosan, bahor va qishda yogʻadi. Tumanda Sudochye, Kavsir, Zokirkoʻl, Sarikoʻl, Shegekda va bir kancha mayda koʻllar bor.

Aholisi Aholisi koʻp millatli. Qoraqalpoq, oʻzbek, qozoq, rus, ukrain, tatar, koreys va boshqamillat vakillari yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 1 kishidan koʻproq. Aholisi 28,8 ming kishi. Tumanda 5 ovul fukarolari yigʻini (Boʻzatov, Madali, Tikoʻzak, Uchsoy, Qozoqdaryo), 1shahar (Moʻynoq) bor.

Sanoati Dastlabki ma’lumotlarga asosan 2021-yilning yanvar-sentabr oylarida Mo’ynoq tumanida 145 mlrd so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi. Shu jumladan 25 mlrd so’mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Tumanda ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi aholi jon boshiga 4451,2 ming so’mni tashkil etdi.

Qishloq xo’jaligi Tumanda baliqchilik va chorvachilik xoʻjaliklari mavjud. Sanoat korxonalari Amudaryo deltasidagi Moʻynoq, Uchsoy, Qozoqdaryo, Poʻrlitov, qisman Qoʻngʻirotda joylashgan. Umumiy ekin maydoni 1323 ga. Shundan 938 ga gʻalla (asosan, bugʻdoy, sholi), 80 ga kartoshka, sabzavot va poliz, 305 ga maydoni yem-xashak ekinlari bilan band (2003). Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 9,6 ming qoramol, 750 ga yaqin ot bor (2003). Darrandachilik (ondatra, tulki, suvsar) bilan ham shugʻullaniladi.


Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə