Taxtako’pir va qibray tumanlari



Yüklə 3,82 Mb.
səhifə2/3
tarix12.05.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#109981
1   2   3
Mo’ynoq va Ohangaron tumanlari

Ijtimoiy soha Tumandagi 13 dan ziyod umumiy taʼlim maktabida 5770 oʻquvchi taʼlim oladi, Moʻy-noq sanoat transport kasb-hunar kolleji (507 oʻquvchi), Moʻynoq biznes maktabi (145 oʻquvchi) faoliyat koʻrsatadi. 40 ga yaqin kutubxona, 20 ga yaqin klub bor. 20 dan ziyod tibbiy muassasada 40 vrach ishlamoqda.

Ohangaron tumani Reja: 1.Geografik o’rni va chegaralari 2. Tabiati 3. Aholisi 4. Sanoati 5. Qishloq xo’jaligi 6. Ijtimoiy soha

Ohangaron tumanining karta sxemasi

Geografik o’rni va chegaralari Toshkent viloyatidagi tuman. 1929-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. 1957-yilda Oʻrta Chirchiq va Toshkent tumanlari tarkibiga qoʻshilgan. 1971-yil 31-avgustda qayta tashkil etildi. Shimolida Yuqori Chirchiq, Parkent, Boʻstonliq tumanlari, sharqdan Namangan viloyati, janubidan Tojikiston Respublikasi, janubi-gʻarbdan Piskent tumani va gʻarbdan Oʻrta Chirchiq tumani bilan chega-radosh. Maydoni 3,19 mingkm². Aholisi 78,1 ming kishi (2002). Ohangaron tumanida 1 shahar (Ohangaron), 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Birlik, Doʻstlik, Ozodlik, Susam, Telov, Uvak, Qoraxitoy, Qurama) bor. Markazi — Ohangaron shahri

Tabiati Tuman hududi janubi-sharqda Qurama, shimoliy va shimoli-garbda Chatqol togʻ tizmalari oʻrtasidagi vodiyda joylashgan. Bu togʻ tizmalari Kamchiq dovonit birlashadi. Togʻlardan tushayotgan soylar yon bagʻirlarini yuvib, adirlar hosil qilgan. Tumanning shimoli-gʻarbidagi xoʻjaliklar Chirchikdan boshlanuvchi Hamdam va Parkent kanallaridan suv oladi. Daryo ka-yirlarida oʻtloqi va oʻtloqi-botqoq tuproq, adirlarda tipik boʻz tuproq (chirindisi 15—26%), togʻ etaklarida toʻq boʻz tuproqlar tarqalgan. Tuman yovvoyi oʻsimlik va hayvonot dunyosiga boy. Adirlarda efemer va efemeroidlar koʻp. Qoʻngʻirbosh, rang, oqquray, qoʻziquloq va tabobatda ishlatiladigan 8 turdagi togʻ giyohlari usadi. Togʻ etaklari va yon bagʻirlarida archa, yongʻoq, pista, togʻolcha, doʻlana, olma koʻp.

Aholisi Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek tojik, qozoq, qirgʻiz, rus, tatar, ukrain va boshqa millat vakillari yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 24 kishi. Shahar aholisi 34,7 ming kishi, qishloq aholisi 43,4 ming (2002 yil). Umumiy aholi soni esa 78,1 ming kishini tashkil etadi.


Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə