Tayorladi: 21. 01-guruh talabasi, ismoilov mamatismoil



Yüklə 85,38 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix30.12.2023
ölçüsü85,38 Kb.
#166677
ISMOILOV MAMATISMOIL01



Tayorladi: 21.01-guruh talabasi, ISMOILOV MAMATISMOIL 
SHAXS HAQIDA TUSHUNCHA. SHAXSNI O’RGANISHGA 
TURLICHA YONDASHUVLAR. INDIVID, SHAXS, INDUVIDUALIK 
MAVZULARI BO’YICHA KONSPEKT. 
K. Yung tomonidan olib borilgan yuqoridagi tadqiqotlar inson 
psixikasini tizimli ravishda tushunishga yordam berdi. SHaxs haqidagi 
an’anaviy nazariyalardan yana biri Kurt Levin tomonidan taklif etilgan 
«maydon nazariyasi»dir. Nazariyaning asosiy holatlari quyidagilardan 
iborat. Birinchidan, sub’ekt hodisalar olamini nisbiy tushunchalar orqali 
tizimlashtiradi. Bu erda dunyo asosiy xususiyatga ega bo‘lgan - yaxlitlik 
fenomeni sifatida tushuniladi. Bundan kelib chiqib, tashqi fizik maydon 
va shaxsning «psixik maydon»ini ajratishimiz mumkin. Psixik maydonda 
(har xil psixik valentlikka ega bo‘lgan) tortuvchi va itaruvchi kuchlar 
mavjud. Shaxsiy yadroni turg‘un istaklar tashkil etib, motivatsion 
komponentlar siljishi bilan o‘zgarib boradi. Motivlarni aniq bir ob’ektlar 
– «hayotiy maydon»ning har xil hududlari tashkil etadi. K. Levinning 
«maydon nazariyasi» shaxs xulq-atvorining dinamik tizimi haqidagi 
konsepsiyasini ishlab chiqishga yordam berdi. 
Shuningdek
, Levin 
tomonidan shaxsning guruhdagi holati, liderlik, nizolar va boshqa 
muammolar o‘rganilgan. Bu nazariyalardan tashqari V. Dilteemning 
(1833-1911 y.) shaxsning har xil dunyoqarashlari turlari haqidagi 
nazariyasi ham diqqatga sazovordir. Shaxs haqidagi bilimlarni 
takomillashtirishda V. Shternning (1871-1938 y.) shaxs xulosalari ham 
muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, an’anaviy nazariyalar shaxs 
psixologiyasi haqidagi fundamental bilimlarga ega. Ularni bilish har bir 


insonning ichki psixik xususiyatlarini ochib berishga yordam beradi. P. 
SHaxs haqidagi yangi nazariyalar shaxs antropologizatsiyasi va 
psixologizatsiyasiga taalluqli g‘oya, qarashlar va konsepsiyalarni qamrab 
oladi. SHaxs haqidagi yangi nazariyalar ichida ko‘p olimlar harakatlari 
bilan vujudga kelgan gumanistik psixologiya etakchi o‘rin egallaydi. 
Gordon Olport (1897-1967) tomonidan shaxsni tizimli o‘rganish 
nazariyasi taklif etilgan. Bu nazariya shaxsni rivojlanuvchi va ochiq 
psixofiziologik tizim sifatida ko‘rib chiqishga yordam beradi. Karl 
Rodjers (1902-1987) gumanistik psixologiya sardorlaridan biri bo‘lib, 
shaxsning fundamental komponenti sifatida o‘z hayotiy konsepsiyasi 
yotadi deb hisoblaydi. U «Men Konsepsiya»ning asosiy holatlarini taklif 
etgan. U ishlab chiqqan nazariyaga ko‘ra quyidagi holatlar muhim 
ahamiyatga 
ega: 
− normal insonlarning muloqoti inderektiv, ya’ni shaxsiyatga 
tegmaydigan, har bir insonning individual yondoshuvini hurmat qiladigan 
bo‘lishi kerak; 
−shaxs markazi yoki ildizi atrofdagilar bilan o‘zaro hamkorlik natijasida 
shakllanadigan o‘z-o‘zini baholashga asoslanadi; 
− «Men-konsepsiyasi» organizmdagi va ijtimoiy sezgilarning kelishilgan 
kompozitsiyasi sifatida shakllanadi;−Shaxsning etakchi motivi sifatida 
ijtimoiy muhitda tezlashadigan va tormozlanadigan «Men»ning o‘sishi 
hisoblanadi; «Men-konsepsiyasi» va ideal «Men» o‘rtasidagi qarshilik 
insonni shaxsiy o‘sishiga olib keladi. 
3. Shaxsning psixologik xarakteristikasi va strukturasi. Shaxsning 
psixologik xarakteristikasi o‘z ichki strukturasiga ega bo‘lib, individual-


psixologik va ijtimoiy psixologik xususiyatlardan iborat. Shaxsning 
individual-psixologik tomoni psixik jarayonlar, psixik xususiyatlar, 
psixik holatlar va psixik tuzilmalarni o‘z ichiga oladi. SHaxsning 
ijtimoiy-psixologik tomoni esa shaxsga jamiyatdagi ma’lum bir rollarni 
bajarishga imkon beradigan xususiyatlar va sifatlarini ochib beradi. 
SHaxsning individual-psixologik tomoni quyidagilardan tashkil topadi: 
SHaxsning ijtimoiy rollari – boshqa insonlarning ishonchini oqlashga va 
o‘z obro‘sini ko‘tarishga imkon beradigan hamda individual-ijtimoiy-
psixologik xususiyatlardan kelib chiqadigan shaxs xulq-atvorning 
usullaridir. Ijtimoiy pozitsiyalar – shaxsning boshqa insonlar bilan 
bo‘lgan munosabatlarida amalga oshiriladigan va himoya qilinadigan 
qarashlari va e’tiqodlaridir. Ijtimoiy ustanovkalar – boshqa insonlar va 
jamiyatga bo‘lgan ma’lum bir munosabatlarni aks etuvchi tushuncha. 
Shaxs dunyoqarashi uning ustuvor ijtimoiy sifat va xususiyatlarini aks 
etib, hayotidagi muhim maqsadlar, manfaatlar, munosabatlar va 
pozitsiyalarini belgilaydi. Shaxsning axloqiy ko‘rinishi – shaxsdagi axloq 
haqidagi tasavvurlar majmuasi bo‘lib, shaxs harakat va xulq-atvorlarida 
o‘z aksini topadi. 
Shaxsning ma’naviy ko‘rinishi – jamiyatda inson munosabatlari 
normalari va o‘zaro hamkorligiga bo‘lgan qarashlarning turg‘un tizimidir. 
Shaxs psixologik strukturasining poydevorini uning psixik xususiyatlari 
tashkil etadi: shaxsning yo‘nalganligi, temperamenti, xarakteri va 
qobiliyatlari. 1. Shaxsning yo‘nalganligi. Shaxs ijtimoiy mavjudot 
bo‘lganligi uchun o‘zi yashayotgan ijtimoiy muhit bilan chambarchas 
bog‘liqdir. Inson o‘zi uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarni o‘z maqsadi 
va vazifalariga ko‘ra jamiyatdan oladi. Inson faoliyati, uning jamiyatdagi 


xulq-atvori doim sub’ektiv xarakterga ega bo‘lib, o‘z ehtiyojlarini 
qondirishga qaratilgan bo‘ladi. Bu ehtiyojlarda shaxsning hayoti va 
tarbiyasi jarayonida shakllangan xususiyatlari aks etib, shaxsning 
jamiyatga va o‘z faoliyatiga bo‘lgan munosabatlarini, maxsus ijtimoiy 
muhitdagi xulq-atvorini belgilaydi. SHaxsning yo‘nalganligi yuqoridagi 
xususiyatlarini mujassamlagan holda namoyon bo‘ladi. SHaxs 
yo‘nalganligida shaxs ehtiyojlari, 
motivlari
, dunyoqarashi, ustanovkalari, 
hayot va faoliyat maqsadlari aks etadi. Shaxs ehtiyojlari – deganda shaxs 
tomonidan nimagadir ehtiyoji tushuniladi. Har qanday tirik organizm 
yashashi uchun tashqi olamdan etkaziladigan ma’lum bir sharoit va 
vositalarga ehtiyoj sezadi. Masalan, o‘simlikning normal rivojlanishi 
uchun quyosh nuri, issiqlik, namlik va oziq moddalar kerak. Inson esa 
tashqi olam bilan muloqotga kirishishga, oziqa olishga, kitob o‘qishga, 
ijod qilishga va boshqa ko‘plab narsalarga ehtiyoj sezadi. Hayvonlar 
ehtiyojlari asosan turg‘un bo‘lib, biologik ehtiyojlar bilan cheklanadi. 
Insonning ehtiyojlari esa kundan kunga ko‘payib, hayot davomida 
o‘zgarib boradi: jamiyat o‘z a’zolari uchun oldingi avlodlarda bo‘lmagan 
yangi ehtiyojlarni ishlab chiqaradi. Ehtiyojlarda insonning ma’lum bir 
sharoitga bog‘lanib qolish darajasi va xarakteri aks etadi. Ehtiyojlarning 
o‘ziga xos jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: − har qanday ehtiyoj 
o‘z mazmuniga ega bo‘lishida. 
Inson ma’lum bir narsaga yoki faoliyatga (masalan, o‘zi yoqtirgan 
ish bilan shug‘ullanish, o‘yin, o‘qish va h.k.) ega bo‘lish ehtiyojini sezadi. 
Bunda ehtiyojning aniq mazmunli xarakteri aks etadi; −ma’lum bir 
ehtiyojning anglanish darajasi turli hil emotsional holatlar bilan 
kechishida (ehtiyoj seziladan narsa ko‘zga yaxshi ko‘rinishi, ehtiyojning 


qondirilmasligi yomon kayfiyatga olib kelishi yoki aksincha); 
− aniq anglanmaydigan emotsional-irodaviy holatning mavjudligida. Bu 
holat insonni o‘z ehtiyojini qondirish uchun har xil yo‘llarni topishga 
undaydi. 
− bu holatlarning susayishi yoki butunlay yo‘qolib ketishida (masalan, 
haddan tashqari to‘yib ovqatlanganimizdan so‘ng, taomlarga qaragimiz 
kelmaydi). 
− ehtiyojning takrorlanishida (har qanday ehtiyoj ma’lum bir vaqtdan 
keyin yana paydo bo‘lishi mumkin). Shaxs ehtiyojlari rang-barangdir. 
Ehtiyojlarni moddiy va ma’naviy ehtiyojlarga ajratishimiz mumkin. 
Moddiy (ovqatga, kiyimga, turar joyga, issiqlikka va h.k.) ehtiyojlar. 
Ma’naviy ehtiyojlar insonning ijtimoiy borlig‘i bilan bog‘liq bo‘lgan 
ehtiyojlardir. Inson ijtimoiy faoliyatga, mehnatga bo‘lgan ehtiyojlarni 
sezadi, chunki u o‘z moddiy ehtiyojlarini instinktiv emas, balki mehnat 
orqali amalga oshiradi. Shuningdek, inson boshqa insonlar bilan muloqot 
qilish (boshqa insonlar bilan muloqot qilmasdan inson yasholmaydi), 
bilimlarni egallash, ijod qilishga ehtiyoj sezadi. Motivlar – shaxsning 
anglangalik ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan va shaxsni aniq bir faoliyatga 
undovchi ichki kuchlardir. Ular biror bir narsaning yo‘qligida paydo 
bo‘lib, psixik va fiziologik faollikning dastlabki bosqichida aks etadi. 
Motivatsiya – motiv orqali ma’lum bir faoliyatga undash. Harakatlarning 
maxsus yo‘nalganligi asoslarini tanlash jarayonidir. Motivatsiya ma’lum 
bir psixik holat, ijobiy yoki salbiy emotsiyalar (xarsandchilik, qoniqish, 
qo‘rquv, xayajon va h.k) bilan birgalikda kechadigan jarayon. Motivlar 
quyi (biologik) va yuqori (ijtimoiy)larga ajratiladi. Biologik motivlar 
asosini fiziologik ehtiyojlar tashkil etadi. Ijtimoiy motivlar inson hayotida 


muhim o‘rin tutadigan qiziqishlar, ideallar va ishonchlarni o‘z ichiga 
oladi. Qiziqishlar atrofdagi olam hodisalarini bilishga qaratilgan maxsus 
yo‘nalganligini aks etadigan shaxs motivlaridir. Qiziqishlar ma’lum bir 
faoliyat sohalariga moyillikni ham belgilab beradi. Qiziqishlarning 
quyidagi xususiyatlari mavjud: − inson faoliyatining har xil sohalaridagi 
nafaqat bilish jarayonlarini, balki ijodiy harakatlarini ham faollashtirish; 
−faoliyat 
maqsadlari 
va 
operatsiyalarga 
aniqlik 
kiritish

− insonning maxsus sohadagi bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, 
amaliy 
ko‘nikma 
va 
malakalarni 
rivojlantirish; 
−ma’lum bir faoliyat bilan uzoq vaqt shug‘ullanishga undaydigan o‘ziga 
xos 
emotsional 
holatni 
keltirib 
chiqarish. 
SHaxs hayotining barcha tomonlarini qamrab olib, faoliyatning barcha 
turlari va qiziqishlari xilma-xil bo‘lishi mumkin. Birinchidan, qiziqishlar 
bir biridan o‘z mazmuni bilan farq qilib, bilish va faoliyatning turli 
sohalariga taalluqli bo‘ladi: matematika, kimyo, tarix, adabiyotga bo‘lgan 
qiziqish; texnik, konstruktorlik, ilmiy, sport, musiqa, jamiyat hayotiga 
bo‘lgan qiziqishlar va boshqalar. Ikkinchidan, qiziqishlar turg‘un va 
turg‘un bo‘lmagan, chuqur va yuzaki, kuchli va kuchsiz, faol va passiv 
bo‘lishi mumkin. Qiziqishlar asta sekin shakllanib borilishi kerak. 
Shaxs motivatsiyasining asosini shaxs dunyoqarashi tashkil etadi. Shaxs 
dunyoqarashi shaxs ongida ma’lum bir hayotiy maqsadlar va manfaatlar, 
munosabatlar va pozitsiyalar ko‘rinishida shakllangan tabiat, jamiyat, 
insoniy munosabatlarga ilmiy qarashlar, ishonchlar tizimidir. Har bir 
alohida olingan shaxsning dunyoqarashi aniq tarixiy davr va ijtimoiy ong 
bilan aniqlanadi. Jamiyatda oldin turmushning moddiy shart-sharoitlari, 
ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari o‘zgarib, insonlar 


dunyoqarashining o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Temperament. 
Temperament – psixik jarayonlarning kechish dinamikasi bilan 
xarakterlanadigan shaxsning psixik xususiyatlaridir. Taniqli psixolog 
Merlin temperamentni tez va sekin oqadigan daryolar bilan taqqoslagan. 
Temperament insonning ilk bolalik davridan boshlab namoyon bo‘ladi. 
Temperament inson faoliyati va xulq-atvorining dinamik xususiyatlarini 
aks etadi. I.Pavlovning fikricha temperament nerv tizimining tug‘ma, 
tabiiy o‘ziga xosligidir. Temperament asosiy ikki nerv jarayoni – 
qo‘zg‘alish va tormozlanish – ta’sirida shakllanadigan inson oliy nerv 
faoliyatining natijasidir. Xarakter insonning individual xususiyatlariga 
kiradi. Xarakter qadimiy Yunonistonda ham ma’lum edi. Platon 
o‘quvchisi Teofrast o‘zining «Xarakter» asarida o‘ttizta xarakter turlarini 
yoritgan. Yunon tilidan tarjima qilinganda «xarakter» – bu «zarb qilish», 
«belgi» demakdir. Haqiqatdan ham xarakter – kishining jamiyatda yashab 
egallaydigan alohida belgilaridir. Shaxsning individualligi psixik 
jarayonlarning o‘tish xususiyatlarida (yaxshi xotira, xayol, zehni o‘tkirlik 
va boshqalar) va temperament xususiyatlarida namoyon bo‘lishiga 
o‘xshab, xarakterning hislatlarida ham ko‘rinadi. Xarakter – shaxsning 
faoliyat va muomalada tarkib topadigan va namoyon bo‘ladigan barqaror 
individual xususiyatlari bo‘lib, individ uchun tipik xulq-atvor usullarini 
yuzaga keltiradi. Xarakter – shaxsdagi shunday psixologik, sub’ektiv 
munosabatlar majmuiki, ular uning borliqqa, 
odamlarga
, faoliyatga 
hamda o‘z-o‘ziga munosabatini ifodalaydi. 
Demak, «munosabat» kategoriyasi xarakterni tushuntirishda asosiy 
hisoblanadi. B.F.Lomovning ta’biricha, xarakter shaxs ichki dunyosining 
asosini tashkil etadi va uni o‘rganish katta ahamiyatga ega. 


Munosabatlarning xarakterdagi o‘rni xususida fikrlar ekan, V.S.Merlin 
ularning mazmunida ikki sohani ajratadi: a)emotsional kognitiv – borliq 
muhitning turli tomonlarini shaxs qanday emotsional his qilishi va o‘zida 
shu olamning emotsional manzarasini yaratishi; b)motivatsion-irodaviy – 
ma’lum harakatlar va xulqni amalga oshirishga undovchi kuchlar. 
Demak, bizning munosabatlarimiz ma’lum mazmun va ma’no kasb etgan 
munosabatlar bo‘lib, ularning har birida bizning hissiy kechinmalarimiz 
aks etadi va xarakterimiz namoyon bo‘ladi. Xarakter shaxsning «tanasi», 
borlig‘idir. Xarakterning boshqa individual-psixologik xususiyatlardan 
farqi shuki, bu xususiyatlar ancha o‘zgaruvchan va dinamik, 
orttirilgandir. SHuning uchun ham maktabdagi ta’limdan oliy o‘quv 
yurtidagi ta’limga o‘tish faktining o‘zi ham o‘spirinda ma’lum va muhim 
o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Umuman, aniq bir shaxs misolida olib 
qaraydigan bo‘lsak, har bir alohida ob’ektlar, narsalar, hodisalarga mos 
tarzda xarakterning turli qirralari namoyon bo‘lishining guvohi 
bo‘lishimiz mumkin. Masalan, uyda katta yoshli ota-onalar oldida o‘ta 
bosiq, ko‘nuvchan, har qanday buyurilgan ishni e’tirozsiz bajaradigan 
kishi, o‘z kasbdoshlari orasida doimo o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lgan, 
gapga chechan, kerak bo‘lsa qaysar, dadil bo‘lishi, ko‘chada, jamoatchilik 
joylarida beg‘am, loqayd, birov bilan ishi yo‘q kishiday tuyulishi, o‘ziga 
nisbatan esa o‘ta talabchan, lekin egoist, o‘z-o‘ziga bahosi yuqori bo‘lishi 
mumkin. 
Demak, xarakterning psixologik tizimini tahlil qiladigan bo‘lsak, 
uning borliqdagi ob’ektlar va predmetli faoliyatga nisbatan amalga 
oshirish maqsadga muvofiqdir. Qobiliyat. Qobiliyatlar kishining shunday 
psixologik xususiyatlaridirki, bilim, ko‘nikma, malakalar orttirish shu 


xususiyatlarga bog‘liq bo‘ladi, lekin shu xususiyatlarning o‘zlari mazkur 
bilim, ko‘nikma, malakalarga taalluqli bo‘lmaydi. Qobiliyatlar bilim, 
ko‘nikma, malakalarni egallashda namoyon bo‘lsa ham, bilimlar va 
ko‘nikmalarni egallash bilan bog‘lanib qolmaydi. Qobiliyatlar va 
bilimlar, qobiliyatlar va ko‘nikmalar, qobiliyatlar malakalar aynan bir-
biriga o‘xshash emas. Malakalar, ko‘nikma va bilimlarga nisbatan 
kishining qobiliyatlari qandaydir imkoniyat sifatida namoyon bo‘ladi. 
Tuproqqa tashlangan don, ana shu dondan unib chiqishi mumkin bo‘lgan 
boshoqqa nisbatan atigi imkoniyat bo‘lib hisoblangani singari (lekin urug‘ 
tuproqning tuzilishi, tarkibi va namligi, ob-havo va boshqalar qulay 
sharoit yaratsagina unib chiqadi) kishining qobiliyati bu bilimlar va 
ko‘nikmalarni egallash 
uchun imkoniyat hisoblanadi
, xolos. Bu bilim va 
ko‘nikmalar egallanadimi yoki egallanmaydimi, imkoniyat haqiqatga 
aylanadimi yoki yo‘qmi, bularning hammasi ko‘plab sharoitlarga bog‘liq 
bo‘ladi. 
Shart sharoitlar jumlasiga, masalan, quyidagilar kiradi: tevarak 
atrofdagi odamlar (oilada, maktabda, mehnat jamoasida) kishining bu 
bilim va malakalarni egallab olishdan manfaatdor bo‘ladimi yoki yo‘qmi; 
unga qanday ta’lim beradilar, ana shu malaka va ko‘nikmalar kerak 
bo‘ladigan va mustahkamlanadigan mehnat faoliyati qanday tashkil 
etiladi va hokazo. Qobiliyatlar – bu imkoniyat, u yoki bu ishda 
mahoratning zarur darajasi esa voqelikdir. Bolada namoyon bo‘lgan 
musiqiy qobiliyat uning musiqachi bo‘lishi uchun biron bir darajada 
garov bo‘la olmaydi. Bolaning musiqachi bo‘lishi uchun unga maxsus 
ta’lim berilishi, pedagog va bola namoyish qilgan qat’iylik, 
salomatlikning yaxshi bo‘lishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa ko‘plab 


shart-sharoitlar bo‘lishi zarur. Bularsiz qobiliyatlar rivojlanmay turiboq 
so‘nib ketishi mumkin. Odamlarning o‘quv, mehnat va ijodiy 
faoliyatidagi o‘ziga xoslikni tushuntirish uchun psixologiya fani birinchi 
navbatda qobiliyatlar va iqtidor masalasiga murojaat qiladi. CHunki 
qobiliyatli odamdan avvalo jamiyat manfaatdor, qolaversa, o‘sha 
insonning o‘zi ham qilgan har bir harakatidan o‘zi uchun naf ko‘radi. 
Qobiliyatlar muammosi eng avvalo inson aqlu-zakovatining sifati, undagi 
malaka, ko‘nikma va bilimlarning borligi masalasi bilan bog‘liq. Ayniqsa, 
biror kasbning egasi bo‘lish istagidagi har bir yoshning aqli va intellektual 
salohiyati uning malakali mutaxassis bo‘lib etishishini kafolatlagani 
uchun ham psixologiyada ko‘proq qobiliyat tushunchasi aql-zakovat 
tushunchasi bilan bog‘lab o‘rganiladi. Ilm-fandagi an’analar shundayki, 
aql va idrok masalasi, odamning intellektiga bog‘liq sifatlar juda ko‘plab 
tadqiqotlar ob’ekti bo‘lgan. Odamlar qobiliyatlarning rivojlanish 
mexanizmlari, ularning psixologik tarkibi va tizimini aniqlashga, 
ishonchli metodikalar yaratib, har bir kishining aqli sifatiga aloqador 
bo‘lgan ko‘rsatgichni o‘lchashga uringanlar. Ko‘pchilik olimlar odam 
intellektida uning verbal (ya’ni, so‘zlarda ifodalanadigan), miqdoriy 
(sonlarda ifodalanadigan) ko‘rsatgichlarni aniqlab, ularga yana mantiq, 
xotira va xayol jarayonlari bilan bog‘liq jihatlarni ham qo‘shganlar. 
Shaxs ijtimoiylashuvi jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari Inson 
tug‘ilishi bilan boshqa insonlar bilan ijtimoiy xamkorlikka kirishadi. 
Muloqot qilishning birinchi tajribasini hali gapirmasdan turib 
o‘zlashtiradi. Boshqa insonlar bilan o‘zaro munosabatlarga kirishib
ma’lum bir ijtimoiy tajribani orttiradi va bu tajriba uning sub’ektiv 
ajralmas qismiga aylanadi. Shaxs ijtimoiylashuvi – ikki tomonlama 


xususiyatga ega. Bir tomondan individ o‘zi yashayotgan jamiyatning 
ijtimoiy 
tajribasini singdiradi
, ikkinchi tomondan esa o‘zi o‘zlashtirgan 
ijtimoiy aloqa va munosabatlar tizimini faol ravishda qayta tiklaydi va 
rivojlantiradi. Inson nafaqat ijtimoiy tajribani orttiradi, balki bu tajribani 
o‘z shaxsiy qadriyatlari, ustanovkalari, qarashlariga aylantiradi va 
ijtimoiy munosabatlarga o‘z fikrini bildiradi. Bunda shaxs turli xil 
ijtimoiy munosabatlarga sub’ektiv tarzda kirib, o‘zini qamrab turgan 
ijtimoiy olamni va o‘z-o‘zini o‘zgartiradi. Ijtimoiy tajriba quyidagi ikkita 
asosiy narsani o‘z ichiga oladi: − ijtimoiy muhitning normalari, qoidalari, 
qadriyatlari, munosabatlari va boshqalarni; −mehnat, ishlab chiqarish va 
faoliyatning boshqa turidagi madaniyatini. Shaxs rivojlanishini ijtimoiy 
tajribani orttirish jarayoni sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Bu ikki 
bosqichdan iborat bo‘lgan jarayon. Birinchi bosqichda insonning asosiy 
ijtimoiy va psixologik qadriyatlari shakllanadi: mehnat, axloqiy, estetik, 
siyosiy, huquqiy, ekologik, oilaviy va boshq. Bu bosqich shaxsning 
umumiy ijtimoiylashuvi jarayonidir. Ikkinchi bosqich shaxs tomonidan u 
yoki bu kasb yoki mutaxassislikni egallash bilan bog‘liq. Bu shaxsning 
kasbiy ijtimoiylashuvi jarayonidir. Har ikkala bosqich ham o‘zaro bog‘liq 
bo‘lib, bir-birini to‘ldirib boradi. Ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish doim 
sub’ektiv xarakterga ega. Bir xil ijtimoiy vaziyatlar har xil shaxslar 
tomonidan har xil qabul qilinadi. Bundan tashqari bu vaziyatlar insonlar 
psixikasi, ruhiyatida har xil izlar qoldiradi. SHunday qilib, ijtimoiylashuv 
jarayonida 
ijtimoiy 
tajribani 
egallash 
jarayoni 
shaxs 
individuallashuvining manbai hisoblanadi. 
Shaxs ijtimoyilashuv jarayonining faol sub’ektidir. SHaxs ijtimoiy 
adaptatsiyasini nafaqat faol ko‘nikuvchi, balki faol rivojlantiruvchi 


jarayon sifatida ko‘rish mumkin. Ijtimoiylashuv jarayoni shaxsning yoshi 
ulg‘aygandan keyin ham davom etaveradi. Ijtimoiylashuv jarayoni aniq 
maqsadga ega bo‘lsa ham, «noaniq yakun» jarayonlari turiga kiradi. 
Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, ijtimoiylashuv jarayoni hech 
qachon tugamaydi va hech qachon to‘liq shakllanmaydi. SHaxs 
ijtimoiylashuvi atrofdagi muhit va ijtimoiy munosabatlarga moslashuv 
jarayonida amalga oshiriladi. 
Moslashuvning ikki turini ajratishimiz mumkin: biofiziologik va 
psixologik. Shaxsning biofiziologik moslashuvi deganda organizmning 
atrof muhitdagi turg‘un va o‘zgaruvchan sharoitlariga (harorat, atmosfera 
bosim, namlik, va boshqa tashqi jismoniy sharoit va ta’sirlarga) hamda 
insonning o‘zida paydo bo‘lgan o‘zgarishlariga moslashuvi tushuniladi. 
Insonlar turli xil yordamchi vositalardan foydalanishlari mumkin 
(masalan, issiq 53 kiyim, uy va boshq.). Bundan tashqari inson ayrim 
biologik jarayon va holatlarini psixik boshqarish qobiliyatiga ega 
bo‘lganligi uchun, o‘z moslashuvchanlik imkoniyatlarini kengaytiradi. 
Psixologik moslashuv esa ma’lum bir ijtimoiy rollarni bajarish maqsadida 
shaxs ichki dunyosining atrof-muhitdagi ijtimoiy va ijtimoiy-psixologik 
talablariga, insonlar ijtimoiy hayotining sharoitlari va mazmuniga 
yaqinlashishidir. Psixologik moslashuv shaxs ichki va tashqi hayot va 
faoliyatini uyg‘unlashtiradi, tabiat va ijtimoiy muhitning rang-
barangligini o‘zlashtirishga imkoniyat yaratadi. Ijtimoiylashuv va 
psixologik moslashuv bir biriga yaqin, bir-biriga bog‘liq, lekin bir-biridan 
farq qiladigan jarayonlardir. Birinchisi –ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish 
orqali shaxs shakllanishini ta’minlash, ikkinchisi esa shaxs 
ijtimoiylashuvining asosidir. 


Shaxs ijtimoiylashuvida davlat, jamiyat, u mansub bo‘lgan insonlar 
guruhi katta ahamiyatga ega. Jamiyatning har bir rivojlanish bosqichi 
shaxsga o‘zining talablarini qo‘yadi. Ko‘p narsa shaxsning qanday 
sharoitda rivojlanishiga va ijtimoiylashuviga bog‘liq. Amerikalik 
olimlarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, jamiyatning turg‘un (stabil) 
rivojlanish davrlarida 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar axloqiy rivojlanishi 
dokonvensional darajada bo‘lib, ularning xulq-atvori jazodan qochish 
yoki rag‘batlantirish olish bilan xarakterlanadi. 13 yoshdan boshlab 
maktabni bitirganga qadar ko‘pchilik bolalar o‘z hatti harakatlarini o‘zlari 
uchun ahamiyatli bo‘lgan guruh a’zolarning nuqtai nazari asosida 
baholaydilar. Ijtimoiy krizis sharoitida esa ijtimoiylashuv jarayoni 
boshqacha kechadi. Bunda shaxs o‘zining shaxsiy, boshqalardan farq 
qiladigan qadriyatlar tizimi yaratadi, ko‘p hollarda boshqalarning fikrini 
qabul qilmaydi. Bolalar ijtimoiylashuvi kattalar, ayniqsa qariyalar 
ijtimoiylashuvi jarayonidan farq qiladi. Bola shaxsining ijtimoiylashuvi 
individual xarakterga ega bo‘lib, 
uning fiziologik
, anatomo-fiziologik, 
sensor, emotsional, bilish, va ijtimoiy rivojlanishiga bog‘liq. 
Ijtimoiylashuv mazmuniga inson bevosita ko‘rgan, eshitgan narsalar 
kirmaydi. Inson bir narsani ko‘rishi, ikkinchi narsani eshitishi, uchinchi 
narsani gapirishi va to‘rtinchi narsani o‘ylashi mumkin. SHuning uchun 
ijtimoiylashuv mazmunini bir tomondan ijtimoiy ta’sirlar majmui (siyosiy 
dasturlar, axborot vositalari, madaniyat), ikkinchi tomondan esa 
individning 
bularning 
barchasiga 
munosabati 
belgilaydi. 
Bu 
munosabatlar faqat shaxsning o‘ziga xos xususiyatlariga emas, balki u 
tushib qolgan ijtimoiy vaziyatga (moddiy sharoitlar, yuqori lavozimga 
ko‘tarilish bilan bog‘liq vaziyat va boshq.) ham bog‘liq. SHaxs 


ijtimoiylashuvi mazmuni uning verbal xulq-atvorida aks etmasligi ham 
mumkin. Masalan, shaxs ma’lum bir ijtimoiy normaga rioya qilishi, lekin 
ich-ichidan unga qarshi bo‘lishi mumkin. Psixologiya nuqtai nazaridan 
shaxs ijtimoiylashuvi ikki doirada amalga oshiriladi: uning hayoti 
doirasida hamda kasbiy, o‘quv-bilish va boshqa aloqa va munosabatlar 
doirasida. Shuning uchun birlamchi va ikkilamchi ijtimoiylashuvni 
ajratishimiz mumkin. Birlamchi ijtimoiylashuv voqelikni umumlashgan 
obrazining shakllanishi bilan bog‘liq. Ikkilamchi ijtimoiylashuv xarakteri 
mehnat va unga yarasha olinadigan bilimga bog‘liq. Boshqacha qilib 
aytganda, ikkilamchi ijtimoiylashuv mehnat taqsimoti bilan bog‘liq 
bo‘lgan ijtimoiy rollarga oid bilimlarni aks ettiradi. Ijtimoiylashuv 
jarayonini boshqa nuqtai nazar doirasida ham ko‘rib chiqishimiz mumkin. 
Bunda ijtimoiylashuvning ikki yo‘nalishi ajratiladi – insonning shaxs 
sifatida shakllanishi va insonning faoliyat sub’ekti sifatida rivojlanishi. 
Bunday 
ijtimoiylashuvning 
oxirgi 
natijasi 
individuallikni 
shakllantirishdir. 

Yüklə 85,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə