SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
76
Tirnoqgul o‘simligining gullari tarkibida karotin va unga yaqin turadigan boshqa
moddalar, efir moylari, azotli shilimshiq moddalar, qatronlar, organik kislotalar bor.
Tirnoqgulning yer ustki qismida kalenden achchiq moddasi, oshlovchi moddalar, triterpendiollar
va saponinlar mavjud. Urug‘larida yog‘li moy va biroz miqdorda alkoloidlar bor.
O‘simlik gullari tarkibidagi karotenoidlar, kalenden, karotin, qatronlar, organik kislotalar,
efir moylari,
glikozidlar, taninlar, fitonsidlar miqdori yuqori bo‘lganligi sababli maksimal
darajada foydalanildi. Pedunkulaning bir qismi bo‘lgan inflorescences, kurtaklarning ochilish
vaqtida, qamish gullarining yarmi to‘liq rivojlangan paytda to'planadi. Xom-ashyo quritiladi,
so‘ngra kalendula ikki yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga saqlanadi.
TADQIQOT NATIJALARI
Tirnoqgulning juda yaxshi shifobaxsh xususiyatga egaligi, ko‘pgina
dardlarga davo
bo‘lib, ko‘ngilga orom beruvchi xususiyati qadimdan ma’lum bo‘lgan.
Tabiblar undan siydik haydaydigan, balg‘am ko‘chiradigan, terlatadigan dori sifatida
foydalanishgan. Badanning dog‘ tushgan joylari, gush kasalligi, mastitni davolashda shu
o‘simlikdan foydalanishgan. Bundan tashqari tirnoqgulni gepatit, xoletsistit, me’da yara
kasalligi,
gipertoniya, siydik-tosh kasalliklarini ham davolashda ishlatishgan. Tomoq og‘rig‘i,
tish atrofidagi to‘qimalar kasalliklari, og‘iz elikishini davolash uchun tirnoqguldan
tayyorlanadigan har xil dorilar buyurilgan. Ibn Sino ham tirnoqgulni kal kasalligi, belangini
davolashda ishlatgan, ilon, chayon chaqqanda buyurgan. Farangistonda bu o‘simlik gullaridan
yara jarohatlarini bitiradigan, terlatadigan vosita sifatida keng qo‘llanilgan. Hind tabobatida uni
quvvatga kirgizadigan, tetiklashtiradigan dori sifatida buyurilgan.
Umuman olganda, bu kuchli vosita:
-
dezinfektsiyalash
va antiseptik;
-
yallig‘lanishni yengillashtiradi;
-
antispazmodik;
-
diuretik va xoleretik ta‘sirga ega;
-
og‘riq qoldiruvchi;
-
qon va terini tozalash;
Zamonaviy tibbiyotda tirnoqgul preparatlarining markaziy nerv sistemasini tinchalantirib,
qon bosimini pasaytirishi, yurak ishini maromiga keltirishi, kasallik tug‘duruvchi ko‘pgina
bakteryalarga xalokatli ta‘sir ko‘rsatishi aniqlangan. Bu preparatlardan jigar, taloq, buyrak,
me’da, o‘t yo‘llari kasalliklari, gipertoniya,
ateroskleroz, ba’zi yurak kasalliklari, klimaksni
davolashda foydalaniladi.
Tirnoqguldan tayyorlangan dori vositalari, preparatlar siydik haydashda (qovuqda tosh va
qum mavjud boʻlganda), qizilchada, raxitda, bosh aylanishida, yoʻtalda, qorin ogʻrigʻida (meʼda
jarohati, spazmada), isteʼmol qilinsa anchagina yengillik beradi.
Ilmiy tibbiyotda tirnoqgul preparatlari keng qoʻllaniladi. Undan tayyorlangan turli xil
emulsiya, dori tabletkalari bir qator kasalliklarni davolashda ishlatilmoqda. Professor
V.V.Xvorovning tajribalariga koʻra, tirnoqguldan tayyorlangan nastoyka ayollarning klimaks
davridagi qon bosimini oshishini meʼyoriga keltiradigan ishonchli davo choralaridan biri
ekanligi aniqlangan.
Dori
tayyorlash va ishlatish
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
77
1. 2 choy qoshiq miqdordagi tirnoqgul gullari ustiga 2 stakan qaynoq suv quyib, 15
daqiqa damlab qo‘yiladi, keyin suzib olinib, yarim stakandan kuniga 3-4 maxal ichiladi.
2. Bu o‘simlik gullaridan 2 osh qoshiq miqdorda olib, ustiga 2 stakan qaynoq suv
quyiladi va 3-4 soat damlab qo‘yib, keyin suzib olinadi. Ovqat oldidan yarim stakan kuniga 3-4
maxal ichiladi.
3. O‘simlikning 1 osh qoshiq mayda yanchilgan gullari ustiga 1 stakan aroq quyib, 7 kun
saqlanadi, keyin suzib olinadi va 25-30 tomchidan kuniga 3 maxal ichiladi. Bu tinikturaning 1
choy qoshig‘ini 1 stakan qaynagan suvga aralashtirib, yara jaroxatlarni yuvish,
chayish uchun
ishlatish ham mumkun.
4. Mayda kukun qilib yanchilgan o‘simlik gullaridan 1 choy qoshiq miqdorida olib 15 g
miqdordagi vazelinga obdan qorishtiriladigan va badanning kasal joylariga surtish uchun
ishlatiladi.
Kalendula malhami kuyish va boshqa terining shikastlanishlarini davolashda mashhur
xisoblanadi.
Tinkturasi, damlamalari va surtmasi jaroxatlarda, yiringli yaralarni davolashda, tomoq
chayishda, oshqozon yarasini xamda gastrit va jigar xastaligini davolashda ishlatiladi.
Qo‘llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud - Kalendula o‘z ichiga olgan preparatlarni
qabul qilish butunlay chiqarib tashlanadi.
-
qon bosimi pasayganda;
-
yurak-qon
tomir yetishmasligida;
-
oshqozon-ichak kasalliklarining kuchayganda;
-
bronxial astmada;
-
safro tosh kasalligida;
-
homiladorlik davrida.
Tashqi tomondan, siz kalendula bilan mablag'lardan foydalana olmaysiz, agar ularning
individual intoleransi bo'lsa.
Dostları ilə paylaş: