Технологик харита



Yüklə 130,21 Kb.
tarix06.02.2018
ölçüsü130,21 Kb.


Amaliy mashg’ulotning ta’lim texnologiyasi modeli

Mavzu: Mehnat predmetiga mexanik ta`sir yetish (gazlamalarning olinishi, ularni bichish-tikish, pardozlash, mahsulotlarga birinchi va ikkinchi ishlov berish, yarim fabrikatlar va h.k.) orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar

Kalit so’zlar: tabiiy tolalar, tolalarning xususiyatlari (ximik, fizik, mexanik, gigiyenik), gigroskopik, cho’ziluvchanlik, perpendikulyar iplari sistemali o’rilish, sarja, polotno, atlas, satin, milki, tanda, arqoqbo’ylama, ko’ndalang, metod, usul, “Tushunchalar taxlili”. Venn diagrammasi

Mavzuning qisqacha ta’rifi (Davlat talablariga muvofiq) O’quvchilar gazlama turlari, xususiyatlari, ularga ishlov berish, bichish-tikish asoslarini o’rganadilar; kiyimlar turlari, ahamiyati, tikuv, yigiruv asbob-uskunalari va mashinalari, ularning turlari, tuzilishi va ishlashi bilan tanishadilar; gazlamaga ishlov berish texnologiyasi xalq hunarmandchiligi tarmoqlari: kashtachilik, do’ppido’zlik, zardo’zlik, quroqchilik, popopchilik, milliy o’yinchoqlar tayyorlash va boshqa yo’nalishlarining asoslarini egallaydilar; gazlamaga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi sohalari; gazlamaga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’ladilar.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Metod: Amaliy ish

Shakl: savol-javob, kichik guruhlarda ishlash

Vositalar (texnik va didaktik): Tarqatma materiallar, gazlamadan namunalar, testlar, slaydlar,multimediya

Nazorat: o’z-o’zini nazorat qilish, savol-javob.

Baholash: Rag’batlantirish.



Amaliy mashg’ulotning maqsad va vazifalari:

Maqsad: Maktablarda ukuvchilarga gazlamaga ishlov berish texnologiyasi bilan tanishtirish. Tabiiy tolali gazlamalar, ularning xususiyati. Sarja to’qish. Gazlamaning o’ng va teskari tomonlarini aniqlash usullari bilan tanishtirish.

Vazifalar: Atrofimzni o’rab turgan ona-tabiatni bizlar uchun naqadar foydali ekanligini va uni asrab avaylash zarurligini tushuntirish. Tolalar xaqida tushuncha berish, gazlamalarning tarkibi xaqidai bilimlarini rivojlantirish.

Kutilayotgan natijalar:

Amaliy mashgulot yakunida tinglovchi biladi (Bilim):

Tabiiy tolali gazlamalar, ularning xususiyati. Sarja to’qish. Gazlamaning o’ng va teskari tomonlarini aniqlash tushunchasini bilib oladailar.



Amaliy mashgulot yakunida tinglovchi tushunadi (Konikma):

Gazlamaning o’ng va teskari tomonlarini bo’ylama va ko’ndalang iplarini aniqlay oladilar.



Amaliy mashg’ulot yakunida tinglovchi bajara oladi (Malaka):

Gazlamaning o’ng va teskari tomonlarini ajratish.






Amaliy mashg’ulot va uning bosqichlari

(Texnologik xarita)

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

1-bosqich: Tashkiliy qism

1. Kichik guruhlarga bo’lish

2. Kechagi kunning uyga vazifasini yig’ib olish



Belgilar yordamida

2-bosqich: Refleksiya. Ehtiyojlarni aniqlash

1.Kechagi kunning asosiy g’oyalarini eslash. Refleksiya.

2.Kun mavzusi va tartibi bilan tanishtirish



“Soat” mashqi

Slayd asosida



3-bosqich:

Yangi mavzuning bayoni

1. Slaydlar asosida o’qituvchining kichik ma’ruzasi

2. Tabiiy tolali gazlamalar, ularning xususiyati, gazlama to’qish turlari, gazlamaning o’ng va teskari tomonlarini orasidagi o’xshashlik va farqlarni guruhlarda ishlab chiqish.

3. Taqdimotlar (2 guruhga 5 daqiqadan)

4. O’qituvchining taqdimotlar bo’yicha tahlili



Slaydlar taqdimoti

Kichik guruhda

T-sxema bo’yicha ishlash
Slaydlar asosida


4-bosqich: Mustahkamlash

1. Guruhlarga bo’linib test yechish

2. Venn diagrammasidan foydalanish



Test

5-bosqich: Baholash.
Dars yakuni


1. Guruhlarda test natijalarini tahlili va baholash

2. Tinglovchilar o’z faoliyatida qo’llayotgan texnologiya va metodlari ro’yxatini tuzishi va uni muhokamasi



Guruhni baholash
Yozma tahlil

6-bosqich: Uyga vazifa

Gazlama to’qish usullari sarja, rolotno, satin, atlas to’qish usullaridan namunalar tayyorlash





GAZLAMA BILAN IShLASH

Tolalardan to’qilgan gazlamalar ikki guruhga bo’linadi:

Tabiiy tolalar: paxta, zig’ir, jun va tabiiy ipak gazlamalar;

Kimyoviy tolalar: suniy va sintetik gazlamalar;

Tabiiy tolalarga o’simliklar (paxta, zig’irdan), hayvonlar junidan olingan tolalar va ipak kiradi. Bu gazlamalardan o’z xususiyatiga ko’ra kiyim, o’rinbosh va hakozolar tikiladi.

PAXTA TOLALARI.

Dehqonlar yerta bahorda yerga chigit yekadilar, uni yoz bo’yi parvarishlab, o’stiradilar, kuzda yetilgan paxtani yig’ishtirib, paxta zavodlariga yuboradilar. Paxtadan 70 xilga yaqin turli mahsulotlar olinadi.

Paxta asosan O’rta Osiyoda ko’p yekiladi. Paxtaning rangi oq bo’lib, yumshoq, mayin tolalardan iborat.

ZIGIR TOLALARI.

Zig’ir ham yekib yetishtiriladigan o’simliklardan biridir. Zig’ir asosan Rossiya, Kostroma, Yaroslavl, Ukraina hamda Boltiqbo’yi jumhuriyatlarining sersuv nohiyalarida yetishtriladi.

Ayollar qomisi tabiiy tolalardan to’qilgan gazlamalardan paxta, ipak, zig’ir kabi havoni yaxshi o’tkazuvchi nafis shtapel, chit, malmal, shakarsepdi, krepdeshin kabi motolardan tikiladi.

Paxta gazlamalar bo’z, chit, maya, satin, las, surp, vatist, markezitdan iborat bo’lib, chidamli va pishiqligi uchun havoni yaxshi o’tkazadi. Namlik va issiqlikni saqlaydi. Oson yuviladi, tez quriydi.

Zig’ir gazlamalar cho’zilmaydi, kirishmaydi, chidamli bo’lib, yuzasi yaltiroq tekis. Havoni yaxshi o’tkazadi, namni yaxshi shimadi, oson yuviladi. Tez g’ijimlanib oson dazmollanadi.

Sun’iy tolalar tabiiy materiallardan olingan tolalardan sun’iy yo’l bilan sintezlab olinadi.

Sintetik tolalar toshko’mir, neft, yechki suti, qora qarag’ay daraxti, polimerlarni qayta ishlangan yeritmasidan olinadi.

BO’Z TO’QISH

Bo’ylama va ko’ndalang iplar chatishib, gazlamalar hosil bo’ladi.

Yeng oddiy to’qish bo’zning to’qilishidir.(3-rasm) Iplar har bir yo’nalishda o’rin almashadi. Bunday to’qishda gazlamaning o’ng va teskarisi bir xil bo’ladi.

Bo’z to’qish na’munasini tayyorlash.

Asbob va moslamalar: rangli qog’oz, qaychi, yelim, santimetr, albom ish qutisi.

Ikki xil qog’ozdan bo’z to’qishni ko’rsatish.

Gazlama to’qishda bo’ylama qog’oz-tanda va ko’ndalang qog’oz arqoq hisoblanadi.

1. Ninaga ipni o’tkazib ramkaga mustahkamlang.

2. Ipni ramkadan bo’ylamasiga aylantirib torting.

3. Boshqa rangli ipni 2 qavat qilib mokiga o’rang va bo’ylama iplar orasida (birining ustidan, ikkinchisining ostidan) o’tkazing.

4. Oxirida ipni uzmay, oxirgi ipni aylantirib qaytaring. Gazlamaning yenida ikki tomonida milk hosil qiling.

5. Tayyorlangan na’munani ramkasi bilan albomga yopishtring.
Gazlamalarning bo’ylama va ko’ndalang iplarini aniqlash.

Asbob va moslamalar: gazlamadan namuna (milkli–milksiz) lupa, daftar yoki albom.




Ip yo’nalishi

Milki

Cho’zilishi

Ovozi

Yo’g’onligi

Silliqligi

Bo’ylama ip
















Ko’ndalang ip
















Ishning tartibi:

Gazlama parchasini olib bo’ylama va ko’ndalang iplarini belgilang.

Gazlama parchasini cho’zib ko’ring, uning qaysi tomonga ko’proq cho’zilishini ko’ring.

Gazlama parchasini tez-tez tortib ko’rib, qaysi vaqtda jarangli, qaysi vaqtda jarangsiz ovoz chiqishini aniqlang..

Gazlama parchasiga lupa orqali qarab, bo’ylama va ko’ndalang iplarining ko’rinishini aniqlang.

Gazlamadagi iplar yo’nalishining belgilari:

1. Gazlama to’qilishidagi asosiy (tanda) ip milkda bo’ylama bo’lib o’tadi.

2. Gazlama bo’yiga kam, ko’ndalangiga ko’proq cho’ziladi.

3. Gazlama bo’ylama iplari bo’yicha tez tortilganda jarangli ovoz chiqaradi.

4. Gazlamalarning bo’ylama ipi ingichkaroq va silliq, ko’ndalang ipi yesa yo’g’onroq va tukliroq bo’ladi. Bular lupada ko’rinadi.



GAZLAMANI YONDIRIB KO’RIB, ANIQLAS’H


Gazlama

Yaltirashi

G’ijimlanishi

Ipning uzilishi

Yondirib ko’rish

Paxta

Zig’ir kanop



Uncha yemas
Kam

O’rta

Ko’proq


Ip uchi paxta momig’i kabi buralgan.

Ip uchi sochilgan to’g’ri



Yaxshi yonadi ko’k rangli kul hosil bo’lib, kuygan qog’oz hidi keladi.

Och sariq rangli olov yonib ko’k rang kul hosil bo’ladi yongan qog’oz hidi keladi.



2-ish: Tabiiy tolali gazlamalar, ularning xususiyati, gazlama to’qish turlari, gazlamaning o’ng va teskari tomonlarini orasidagi o’xshashlik va farqlarni guruhlarda ishlab chiqish.

GAZLAMANING O’NG VA TESKARISINI ANIQLASH


Gazlamalar

Gazlamning tomonlari

O’ngi

Teskarisi

Gul bosilgan







Sidirg’a, yaltiroq







Tukli







Bir rangli







Arqog’i har xil rangli






Asbob va moslamalar: gazlamalarning parchalari, daftar yoki albom, yelim, cho’tka, hisobot namunasi

Ishning tartibi.

1. Rangli gazlama parchalarini bir-biridan farqlang.

2. Gazlamaning o’ng va teskari tomonini aniqlang.

3. Gazlama parchasini ikkiga bo’lib, albomga yopishtiring (1-o’ngi, 2-teskarisi).

4. Hisobot na’munasini to’ldiring.

3-ish: Taqdimotlar

4-ish: O’qituvchining taqdimotlar bo’yicha tahlili

4- qadam.

1. Guruhlarga bo’linib test yechish (testdan namunalar)

1. Tolalardan to’qilgan gazlamalar … guruhga bo’linadi. (2 ga)

2. Qanday tabbiy tolalardan bo’lgan o’simlik tolasini bilasiz? (paxta, zig’ir)

3. Yeng oddiy gazlama o’rilishi qanday nomlanadi? (polotno)

5- qadam.

1-ish: Guruhlarda test natijalarini tahlili va baholash mezoni


1

Amaliy mashg’ulot vaqtida chizma chizish, andoza tayyorlash, bichish va tikish bosqichlari ketma-ketlikda, xavfsizlik texnika qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya yetilgan holda bajarilgan bo`lsa

5 ball

2

Amaliy mashg’ulot vaqtida xavfsizlik texnika qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya yetilgan holda, chizma chizish, andoza tayyorlash, bichish va tikish bosqichlarida 1-2 ta xatoliklarga yo’l qo’yilgan bo’lsa

4 ball

3

Amaliy mashg’ulot vaqtida xavfsizlik texnika qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya yetilgan holda, chizma chizish, andoza tayyorlash, bichish va tikish bosqichlarida 3-4 ta xatoliklarga yo’l qo’yilgan bo’lsa

3 ball

4

Amaliy mashg’ulot vaqtida xavfsizlik texnika qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga to’liq rioya yetilgan holda, chizma chizish, andoza tayyorlash, bichish va tikish bosqichlarida yoqa, yeng o’mizlari va chok turlarida xatoliklarga yo’l qo’yilgan bo’lsa

2 ball

5

Amaliy mashg’ulot vaqtida chizma chizish, andoza tayyorlash, bichish, tikish bosqichlarida qo’l va mashina choklarida xatoliklarga yo’l qo’yilgan bo’lsa

1 ball


2-ish: Tinglovchilar o’z faoliyatida qo’llayotgan texnologiya va metodlari ro’yxatini tuzishi va uni muhokamasi

2. Venn diagrammasidan foydalanish





6- qadam. Mustaqil topshiriq: Gazlama to’qish usullari sarja, rolotno, satin, atlas to’qish usullaridan namunalar tayyorlash
Qirqim gazlamalardan foydalanib ro’zg’orbop narsalar tayyorlash texnologiyalari

Quroqchilik. Quroq - bu bitta buyumda rangi va fakturasi turlicha bo’lgan gazlama qoldiqlarini birlashtirishdir bu usul bilan yostiq jildlari ko’rpa divan va stul uchun g’iloflar, gilamchalar shuningdek kiyimlar uchun bezak va to’ldiruvchi detallar tayyorlash mumkin. Quroq texnalogiyasida istalgan gazlamadan ham yangi ham avval ishlatilgan gazlamadan foydalanish nazarda tutiladi. Yangi gazlamani ishlatishdan avval dekatrovka (ipak va jun gazlamalarini kirishmaydigan qilish uchun bug’ yoki qaynoq suv bilan ishlov berish usuli) bo’g’lash lazim chunki bitta buyumda ikki xil gazlama ishlatilishi natijasida buyum yuvilgandan so’ng o’z ko’rinishini o’zgartirishi mumkin. Avval ishlatilgan gazlama bo’laklarini esa kraxmallash va dazmollash kerak. Paxta tolali gazlama qoldiqlarini ishlash uchun qulay xisoblanadi ulardan ushlagich, salfetkalar, choynak uchun isitgichlar ko’rpa gilamcha yostiq jildlari va hatto kiyimlar ham tayyorlash mumkin. Matoli gazlamalar yumshoq va egiluvchan bo’ladi ularni gilamlar stullarga g’iloflar qalin jun ro’mol va pannolar tayyorlash uchun ishlatiladi. Shoyi gazlamalarni kraxmallangandan keyin huddi paxta tolali gazlama qoldiqlaridan tayyorlanadigan buyumlarda ishlatish mumkin. Lekin ular uzoqqa bormaydi. Agar tayyorlanayotgan buyum uchun turli fakturali gazlama bo’laklarini birlashtirish shart bo’lmasa uni bir turdagi gazlamadan tayyorlangani yahshi bo’ladi. Ko’p xollarda sidirg’a gazlama bilan turli fakturadagi gazlamalarni birlashtirish yaxshi natijalarni beradi. Tikilgan gazlama qoldiqlarining pishiqligini ortirish maqsadida ularning asosga biriktirish kerak. Asos bo’lib vatin sintepon yoki qalin zich gazlama xizmat qiladi. Kiyimlarning qiytiqlaridan bezashda turli hil tesmalar ham qo’llanadi. Ko’pincha naqsh gullari bir xil shakilli va o’lchamli aloxida elementlardan iborat bo’ladi. Bichishda qulay bo’lishi uchun karton yoki qattiq qog’ozdan shablonlar tayyorlanadi kardonda kerakli elementni (kvadrat, uchburchak, oltiburchak va xokozo) Chok haqqisiz chizib olinadi so’ngra hamma tomonidan 0, 5-0,7 santimetr chok xaqqini qoldirib ikkinchi chiziqni o’tkazamiz shundan so’ng ichki va tashqi kontur chiziqlari bo’yicha ehtiyotkorlik bilan qirqiladi. Gazlama bo’ladigan kerakli elementni bichish uchun gazlamaning teskari tomoniga shablonni qo’yib ham ichki va tashqi, konturlarini qalam bilan chiziladi. Tashqi konturi bo’ylab qirqiladi ichki konturi bo’ylab esa ikkita detal birlashtirib tikiladi. Qalin gazlamalar yonma yon qo’yilib tutashtirma chokda tikiladi. Bunig uchun avval detallar chetlarini to’g’ri chokda so’ngra ikkala detalni egallangan xolda ularni “ zig-zak “ chokda tikiladi, bu xolda element uchun chok xaqqi qoldirmay bichiladi quroq texnikasida hamma giometrik naqshlarni uchta guruhga ajratish mumkin.

Uchburchaklar

Amerikancha kvadrat

Spiral


Quroqchilik san’ati tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, bu texnikaning ildizlarini sharqda topish mumkin. Masalan Yegipetda, ya’ni Kair shaxrining chekka qishloqlarida bu usul bilan 3000 yil avval tikilgan buyumlar topilgan edi. Quroq tikish texnikasi bilan yer yuzining barcha burchaklarida ham shug’ullanib kelishgan. Keyinchalik o’rta ta’minlangan oilalarda uylar bezatilib va ro’zg’orda maxsulotlar tayyorlanib asta–sekin dunyo bo’ylab xamma xalqlar orasida tarqalib ketgan va amaliy san’atga aylangan. Bunday bajarilgan ishlar Angliya, Amerika Shvesariya, Germaniya va Avstraliya muzeylarida joy topgan. O’rta Osiyoda xam bu san’at keng rivojlangan. Bu san’at haqida xech bir tarixlarda yozilmagan, lekin xalq orasida keng tarqalgan. Bu san’at usulida tikilgan buyumlar yuqori didni, g’zallikni, tadbirkorlikni, mehnatsevarlikni talab qiladi. Bizda bu tikish usuli quroq deb ataladi. Milliy quroqchilik san’ati bu o’lmas san’atlardan biri. Bu san’at bundan keyin xam davom etib keladi. Qadimda bu san’at momolarimizning eng sevimli ishlaridan biri bo’lgan. Bu san’at bilan ular o’z uylarini ajoyib qadimiy dizayn asosida bezatishgan. To’y-xashamlar uchun yani qiz uzatib, o’g’il uylantirmoqchi bo’lsalar ular quroq ko’rpacha, yostiqlar va har xil quroq bezaklar tikishgan. Bu ishlar bilan ular keyinchalik avlodlarga shu quroqchilik san’atini meros qilib qoldirishgan. Har bir quroq buyumidagi naqsh o’z ma’nosiga ega bo’lgan. Masalan “ quyosh “ naqshning ma’nosi shu oilada doimo yorug’lik, ya’ni tinchlik bo’lsin deganini anglatadi. Momolarimizni shu quroq ko’rpachalarini tikishlarining sababi quroq san’atida qiyinchiliklar bilan ulanib tikilgan xayotlari davomida esa shu quroq san’atidek, qapishib uvali, nevara-evarali bo’lsin deb tkiladi .

Quroqchilik san’ati shunday san’atki, unda avvalambor ranglar turli xilda jilvalanadi, yana bu san’at tejamkorlik iqtisod masalasini nozik didli bo’lishni va albatta milliylikni o’rgatadi . Bu san’atni bizdan keyingi avlodlarga yetkazish har birimizning burchimizdir. Quroqchilik - bu umuminsoniy madaniyatning bir bo’lagi sifatida odamzotga qadimdan xamrox bo’lgan. quroq san’ati xalqimizning o’tmishi, turmush tarzi ko’zguda aks etilganidek, o’z ifodasini topgan, shu bilan birga xalqning qadimdan avaylab saqlangan, uning necha-necha ming ma’naviy mulkiga aylanib kelgan, biroq stalinizm qatg’onlari turg’unlik yillarida etiborsizlik va befarqlik natijasida kamsitilgan, rivojlanishdan to’xtab qolgan milliy an’analar, betakror urf odatlar, diniy rasm-rusumlar, boshqa ma’naviy qadriyatlarni tiklash, ularga erkin amal qilish va ravnaqiga keng yo’l ochib berish milliy tuyg’u inson uchun tabiydir, chunki ota-onalardan meros qilib olingan va bola ota- onasiga, butun dunyoga aytgan birinchi so’zidan ifodalanadi. Ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishning eng muhim tarkibiy qismi mehnatni ilmiy tashkil etishdir. U bir korxona doirasida mehnat taqsimoti va kooperasi-yaning rasional formalari joriy qilinishi, ish o’rinlarini uyushtirish va ularga xizmat ko’rsatish yaxshilanishini mehnatning ilg’or usullari hamda metodlari o’rganilishi va yoyilishini kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish yaxshilanishini mehnatni normallashtirish va unga haq to’lash takomillashtirilishini, mehnat sharoiti yaxshilanishini, intizom mustahkamlanishi va mehnatga ongli ijodiy munosabat tarbiyalanishi nazoratda tutiladi. Mehnat individual va kollektiv yo’sinda tashkil etilishi mumkin.

U yoki bu ishni bajarish uchun mehnat normalanadi. Normalashning bir necha ko’rsatkichlari mavjud. Vaqt normasi- mahsulot birligini tayyorlash yoki bitta operatsiyani bajarish uchun belgilangan vaqt, vaqt normasi soatlar, daqiqalar va sekundlar bilan belgilanadi. Ish normasi – ishchi vaqt birligida tayyorlaydigan mahsulot (tonnalar, metrlar, donalar va hokazolarda) yoki bajaradigan operasiyalar miqdori. Bu norma vaqtning turli qismlari (soat, smena, oy) uchun belgilanishi mumkin. Vaqt yoki ish normasini har doim ham hisoblash mumkin emas. Masalan texnikada xizmat ko’rsatishda, uni remont qilishda va sozlashda shunday bo’ladi. Bunday hollarda xizmat normasi–ishchi muayan vaqt ichida necha asbob-uskunaga yoki qaysi ishlab chiqarish uchastkasi (maydoniga) xizmat ko’rsatishi kerakligi belgilanadi.

Mehnat unumdorligi, anchagina omillarga yangi texnika va ilg’or texnologiyani joriy etishga, ishlarni yaxshiroq tashkil qilish, mehnat intizomini mustahkamlash, ishchilarning malakasini oshirish mehnat unumdorligini oshirish iqtisodiy o’sish va xalq farovonligi yuksalishining asosiy omilidir.

Kerakli anjomlar

Ignalar, qo’l ishlari uchun 7-8 nomerli ignalar ishlatiladi .Quroq tikishga ignalarni teshiklari biroz uzunrog’i tanlanadi. Bundan tashqari ingichka tikuvchi to’nog’ichlari ham kerak bo’ladi.

Iplar. Quroqchilikda maxsus iplardan foydalaniladi. Ular 2 o’ramli bo’lib, po’lib, polemer va paxta tolalaridan tayyorlanadi.

Qaychi. quroqchilik ishlariga yengil uchlari o’tkir qo’l keladi. Gazlama va qog’oz qirqish uchun alohida qaychi ishlatish kerak. Chunki qog’oz qirqandan so’ng gazlamaga o’tmay qoladi. Bulardan tashqari tikuv mashinalari, angishvona, choklarini so’kish uchun pichoq dazmol santimetrli lenta ham kerak bo’ladi.



Asosiy materiallar va asboblar

Asboblar. Gazlama bo’laklari, kalka, shablon, shablonlar uchun karton, kapirovka qog’ozi, marker va kumush rang qalam, to’nog’ichlar, frezelin kerak bo’ladi

2-ish: Guruxlar o’rtasida kashta, zardo’z, quroq tikish.

Amaliy mashg’ulot. Kichik guruhlar bilan “Choynak yopqich” va “Yelpig’ich” quroq buyumi eskizini “Erkin” va “Geometrik shakl” shablonini tayyorlash topshirig’i beriladi.

Guruhlarda ishlash bo’yicha topshiriq:

1. Tikiladigan buyumni aniqlang va eskizini chizing.

2. Eskizda qanday geometrik shakllardan foydalanishni aniqlang.

3. Shablonlar uchun aniq o’lcham oling, chizing va xatosiz qirqing.

4. Tayyorlangan shablonlarni eskizga dizayn jihatdan to’g’ri va aniq, chiroyli holda joylashtiring.



2-ish: Guruxlar o’rtasida kashta, zardo’z, quroq tikish



Amaliy mashg`ulot. Kichik guruhlar bilan “Choynak yopg`ich” va “Yelpig`ich” quroq buyumi eskiziniErkin” va “Gyeomyetrik shakl” shablonini tayyorlash topshirig`i byeriladi.

Guruhlarda ishlash bo`yicha topshiriq:

1. Tikiladigan buyumni aniqlangsh va eskizini chizing.

2. Eskizda qanday gyeomyetrik shakllardan foydalanishni aniqlang.

3. Shablonlar uchun aniq o`lcham oling, chizing va xatosiz qirqing.

4. Tayyorlangan shablonlarni eskizga dizayn jihatdan to`g`ri va aniq, chiroyli holda joylashtiring.




Mavzuga oid tarqatma materiallari

1-tarqatma material:


Har bir guruhga alohida tarqatiladi va berilgan ta’riflar umumlashtiriladi.





2 - tarqatma material:


Berilgan jadvallar asosida an’anaviy va noan’anaviy metodlarni ajratib ko’rsating va ularning afzallik hamda kamchiliklarini aniqlang.

1-jadval



An’anaviy texnologiyalar

Noan’anaviy texnologiyalar











2-jadval

An’anaviy texnologiyalar

Noan’anaviy texnologiyalar
























3 - tarqatma material:


Texnologik xarita “Qanday va qanaqa ...” tuziladi?

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun mustaqil topshiriqlar: uchun 5-10 ta nazorat savollari beriladi, javoblari olinadi, taxlil qilinadi, umumlashtiriladi va xulosalanadi hamda baholar e’lon qilinadi.

Dars maqsadi va vazifalarini yana bir bor eslatib o’tish va unga qanchalik erishilganligini birgalikda aniqlash. Mavzu bo’yicha tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga javob berish, mavzuni qay darajada o’zlashtirganlik-larini aniqlash hamda mashg’ulot davomida faol qatnashgan tinglovchilarning familiyasini aytish va ularga minnatdorchilik izhor etish, kelgusi mavzular uchun topshiriqlar berish.

Dars tugaganligini e’lon qilish

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. «Ta’lim to’g’risida»gi qonun T. Sharq. 1997 yil 29 avgust. «Ma’rifat» 1997 yil 6 oktyabr. 20-29 bet



  1. «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi» 1997 yil 29 avgust. «Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori». T. Sharq. 1997 yil 29 avgust. 30-62-bet.

  2. Umumiy o’rta ta’lim standarti va o’quv dasturi. O’z RXTV «Ta’lim taraqqiyoti axborotnomasi. 1-7-maxsus sonlar. 1997 yil.

  3. “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo’li bilan qo’llab quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risi”dagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. // “O’zbekiston ovozi” gazetasi. 1997-yil 1 aprel.

  4. Bulatov S. S. O’zbek xalq amaliy bezak san’ati. O’quv uslubiy qo’llanma. Toshkent. «Mehnat» 1991 yil.

  5. Avazboyeva O.I., Isyanov R.G., Odilboyev X. Mehnat ta’limi uslubiyotidan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari. Toshkent, TDPU. 1995.

  6. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. - T.: "O’zbekiston", 2001. - 80 b.

  7. Kasb tanlashga yo’llash. / S.Boltaboyev, R.G.Mullaxmetov, V.N.Sattorov. - Toshkent.: 2000.

  8. Magzumov P. T. O’kuvchilarni mehnatga va kasb tanlashga tayyorlash. - T.: O’qituvchi, 1991. - 206 b.

  9. Maktabdan tashqari ta’limga qo’yiladigan davlat talablari //O’quvchi ma’naviyatini shakllantirish. Tuzuvchilar J. Fozilov, V.Sultonov, H.Saidov. - T.: "Ma’rifat-Madadkor", 2000. -135-149 b.

  10. Pedagogika. / A.Q.Munavvarovning umumiy tahriri ostida. -T.: O’qituvchi, 1996, - 200 b.

  11. Ochilov 3. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda kasbga yo’llashni shakllantirish: -T.:O’qituvchi, 1996.-120 6.




Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə