Tekshirdi: Qurbonov u gazlamaning turlari Reja


GAZLAMALAR TURMUSH VA TEXNIKADA



Yüklə 169,75 Kb.
səhifə3/4
tarix28.04.2023
ölçüsü169,75 Kb.
#107455
1   2   3   4
Materialshunoslik Shodiyeva Hilola

GAZLAMALAR TURMUSH VA TEXNIKADA

IV sinfga kelib odatda o`quvchilarda gazlamalar, ularning turli turlari va navlari to`g’risida ko`pgina alohida tasavvurlar to`planadi. Dasturda ko`zda tutilgan «Turmush va texnikada gazlamalar» suhbatining o`tkazilishi bu alohida tasavvurlarni umumlashtirish, o`quvchilar bilimlarini tizimga solishga yordam beradi.

Bu suhbatga tayyorlanish jarayonida o`quvchilar material to`plash, rasmlar tanlash, to`plamlar tuzish bo`yicha ta`limiy jihatdan qiziqarli mustaqil ishni amalga oshirishlari mumkin. Suhbat o`tkazilishidan bir hafta oldin o`quvchilarga uning mavzusini e`lon qilish, uning maqsadlarini tushuntirib, o`quvchilarga unga tayyorlanishni topshirish foydalidir.

O`qituvchi tomonidan suhbat jarayonida qo`yiluvchi asosiy masalalarni aytish va o`quvchilarga o`z savollarini tayyorlashni topshirish maqsadga muvofiq bo`ladi. Maktab yoki shahar bolalar kutubxonasidan gazlamalar, ularning ishlab chiqarilishi, turmush va texnikada foydalinishi to`g’risida hikoya qilinuvchi kitoblarni olishni maslahat berish mumkin.

Uchinchi sinf o`quvchilariga suhbat uchun materiallarni to`plashning yana bir yo`lini tavsiya qilish mumkin – uyda kattalar bilan suhbatlashish, ular yordamida gazlamalardan foydalanishning qiziqarli hollarini yaqqol ko`rsatuvchi materiallar va gazlama namunalarini tayyorlash.O`quvchilardan birontasi sinfga fazogirlar suratini olib kelib, insonning fazoga uchishi uchun skafandrlar gazlamadan tayyorlanishini gapirib berishi mumkin. Boshqasi parashyutchi suratini ko`rsatib, parashyut ipak gazlamadan tikilishini aytadi.

Uchinchi o`quvchi esa o`rtoqlariga bir parcha sun`iy charm yoki mo`ynani ko`rsatib, bu matolar asosini gazlama tashkil etishini isbotlab beradi. Ota-onasi bayroqlar suratini ko`rsatib, ular ham gazlamadan tayyorlanishini gapirib berishni maslahat bergan bola ham topiladi.

Tekstolit – asosi maxsus smola bilan shimdirilib, ko`p qatlamdan tuzilgan va yuqori haroratda presslangan gazlamadan iborat plastik massadan kichik detal – shesterenkaning ko`rsatilishi o`quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi.

Suhbat vaqtida o`quvchilar inson tomonidan gazlamalarning turmush va texnikada qo`llanishiga ko`plab misollar keltiradilar.

Turmushda gazlamalardan foydalanish:

1. Kiyim (uy, ish, chiqish, yozgi, qishki, mavsumaro, o`quvchilar formasi va hokazo);

2. Ichki kiyim (ayollar, erkaklar, bolalar ichki kiyimi);

3. YOstiq anjomlari;

4. Sochiqlar;

5. Oshxona anjomlari (dasturxon, sochiqlar);

6. Bosh kiyimlar;

7. Poyabzal;

8. YUmshoq va yarimyumshoq mebellarni qoplash;

9. Uy anjomlari (pardalar);

10. O`yinchoqlar (yumshoq o`yinchoqlar, qo`g’irchoq kiyimlari);

11. Xo`jalik anjomlari (sumkalar, xaltalar, chang artish, pol yuvish uchun lattalar va hokazo).

Texnika va ishlab chiqarishda gazlamalardan foydalanish:

1. Maxsus ishlab chiqarish kiyimi;

2. O`rash materiallari (doka, kolenkor, lederin);

3. Parashyutlar;

4. Fazogirlar skafandrlari;

5. CHangyutgich filtrlari;

6. Metro, avtobus, samolet o`tirg’ichlari qoplami (sun`iy charm asosi – gazlama);

7. Kinoteatr ekranlari;

8. Sayyohlar palatkasi va yotoq xaltalar;

9. Plastmassa – tekstolit.





Yüklə 169,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə