Tekshirdi: Qurbonov u gazlamaning turlari Reja


GAZLAMANING O`NG VA TESKARI TOMONLARINI ANIQLASH



Yüklə 169,75 Kb.
səhifə2/4
tarix28.04.2023
ölçüsü169,75 Kb.
#107455
1   2   3   4
Materialshunoslik Shodiyeva Hilola

GAZLAMANING O`NG VA TESKARI TOMONLARINI ANIQLASH

II va III sinf o`quvchilari mehnat darslaridagi tikish ishlarini bajarishda turli sifat xususiyatlariga ega bo`lgan gazlamalar bilan ishlaydilar. Bu xususiyatlarni farqlashni ular asta-sekin, kerakli bilimlarni to`plab borib o`rganadilar. Masalan, o`quvchilar o`zlari ishlatadigan gazlamalarning o`ng va teskari tomonlarini aniqlash uchun zarur ma`lumotlarni darrov o`zlashtira olmaydilar. O`qituvchi boshida gazlamaning qaysi tomoni o`ng yuza ekanligini ko`rsatib beradi. Ba`zi hollarda buni aniqlash oson, masalan, bosma rasmli yoki patli (chit, flanel) gazlamalar bilan ishlashda.

III sinfga kelib o`quvchilarda mehnat darslari va sinfdan tashqari ishlarda keng ishlatiluvchi gazlamalarning o`ng va teskari yuzalarini mustaqil aniqlashni o`rganish va tizimlashtirish uchun etarlicha bilim va amaliy tajriba to`planadi. Bu maqsadda o`quvchilar gazlamalarning o`ng va teskari yuzalarini aniqlashning ratsional tartib va usullarini o`zlashtirishlari uchun avval ba`zi gazlama namunalarini ko`rsatish foydali. Keyin esa gazlamaning o`ng va teskarisini aniqlash maqsadida namunalarni o`rganish bo`yicha ish amalga oshiriladi.

O`quvchilar o`qituvchi topshirig’i bilan va uning rahbarligi ostida tolalar turi, vazifasi va pardozi bo`yicha farq qiluvchi gazlama parchalarini tanlaydilar. Gazlamalarni o`rganish va ularning o`ng va teskari tomonini aniqlash bo`yicha keyingi birgalikdagi ish qulayligi uchun o`quvchilar hamma namunalarni bir tartibda joylashtiradilar: ip-gazlama (chit, bumazeya), zig’ir tolali (polotno), jun (movut, yaxshisi patli), ipak (tabiiy ipak) va sintetik gazlama.

Bu ish bajarilib, birgalikda tekshirilgach, o`qituvchi yangi topshiriq beradi: tanlab olingan namunalarda gazlamaning o`ng va teskari tomonini aniqlash va uni asoslab berish. Namunalarning o`ng va teskari tomonlari tashqi ko`rinishini taqqoslashning natijalarini birgalikda muhokama qilishdan so`ng o`quvchilar xu losalar chiqarishadi:

19-rasm. Gazlamaning o`ng va teskari yuzalarini aniqlash:

1 – rasmli gazlama (bosma); 2 – silliq gazlama (bir xil rangdagi)

1) gazlama o`ng yuzasi odatda ancha sof va silliq yuzaga ega, unda teskari yuzaga nisbatan tukchalar va tugunchalar kamroq;

2) rasmli gazlamalarda, masalan, chitda, o`ng yuzadagi rasm ancha ochiq va aniq bo`ladi (19.1-rasm);

3) yaltiroq yuzali gazlamalarda (atlas, satin) o`ng tomoni yaltiroq, teskari tomoni – xira bo`ladi;

4) to`quv rasmi (tanda va arqoq iplari o`ralishi rasmi) gazlamaning o`ng yuzasida osonroq farqlanadi (19.2-rasm);

5) patli gazlamalarda (bumazeya, baxmal) o`ng yuza patlari uzunroq;

6) gazlama milki o`ng yuzada sofroq, tekisroq bo`ladi.

Kuzatishlarini xulosalab o`quvchilar gazlamalar o`ng va teskari yuzalarini farqlay olish zarur bo`lgan hollarni eslab misollar keltiradilar.





Yüklə 169,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə