Tekshirdi: Qurbonov u gazlamaning turlari Reja


GAZLAMADAN DETALLARNI YOPISHTIRISH



Yüklə 169,75 Kb.
səhifə4/4
tarix28.04.2023
ölçüsü169,75 Kb.
#107455
1   2   3   4
Materialshunoslik Shodiyeva Hilola

GAZLAMADAN DETALLARNI YOPISHTIRISH

Gazlamadan tayyorlangan buyum detallari odatda ip bilan tikiladi. Keyingi yillarda tikuvchilik ishlab chiqarishida detallarni yopishtirishdan ko`proq foydalanib, buning uchun maxsus elim va moslamalardan foydalaniladi. Karton va muqovalar ishlab chiqarishida ham gazlamani qog’oz va karton bilan elimlanishini kuzatish mumkin. Bunda maxsus muqovalash gazlamalari – kolenkor, lederin, granitoldan keng foydalaniladi. Bu matolar oddiy ip-gazlama matolardan, tanda va arqoq iplari orasidagi hamma g’ovak va oraliqlarni to`ldiruvchi maxsus tarkiblar bilan shimdirilgani bilan farq qiladi. SHuning uchun bu gazlamalarning teskari tomoniga elim tarkibi surtilganda, elim o`ng yuzaga o`tmaydi va uning ko`rinishini buzmaydi. Elim tarkiblar bilan ishlov berilgan gazlamalar deyarli cho`zilmaydi, namlanishda shakli buzilmaydi.

Boshlang’ich sinf o`quvchichilari mehnat ta`limi darslarida gazlamalarni elimlash hamda gazlamadan detallarni qog’oz va kartonga yopishtirish xususiyatlari to`g’risida dastlabki tushunchalarga ega bo`ladilar. Ba`zi o`quv buyumlarni tayyorlashda o`quvchilar gazlamadan detallarni qog’oz va kartonga yopishtiradilar, masalan, gazlama to`plamlarini tuzish va joylashtirish, gazlamadan applikatsiyalarni o`rnatish, kitob muqovalarini tayyorlash, qo`g’irchoq teatri personajlarini tayyorlash va hokazolarda.

Bu amaliy masalalarni o`quvchilar ongli hal etishlari, ularga kerakli ahamiyat berishlari uchun ular gazlamadan detallarni boshqa materiallarga elimlash jarayonida nima ro`y berishini aniq tasavvur etishlari kerak. Tikish darslarida beriladigan politexnik bilim bolalarning bilim doiralarini kengaytiradi. Bolalarni tasavvurlarini insoniyat hayotida muhim o’rinni egallovchi hamda keng tarqalgan materiallar va ularning xususiyatlari, sanoatning gazlama va tolali materiallar ishlab chiqariuvchi tarmoqlari, materiallardan texnika va insonning madaniy hamda maishiy ehtiyojlarini qondiruvchi ishlab chiqarish kabilar bilan boyitadi.


Amaliy mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilar turli asboblar hamda moslamalar, asosan qaychi, igna va o’lchov asboblari bilan ishlash malakalarini egallaydilar. Ular bu asbob va moslamalarning har xil turlari bilan tanishadilar.
Gazmol bilan ishlaganda mehnat madaniyati, o’z ishini rejalashtirish hamda tashkil etish ko’nikmasi rivojlanadi va takomillashadi. Bolalarning didlari ham jiddiy o’sadi va takomillashadi. Gazmol, ip va boshqa materiallarni bir-biriga moslab tanlash, o’quvchilarni ranglarni birikishi, gazmol va ipning rangi bir-biriga muvofiq kelishiga ehtibor berishga o’rgatadi.
O’qituvchi o’quv materiallarini darsda o’quvchilarni politexnik ta’lim bilan qurollantirish amaliy ishlar bilan birikib ketadigan qilib qurollantiradi. U darsda ta’limni o’quvchilarning faolliklarini, aqliy qobiliyatlarini o’stiradigan metod va usullardan foydalanadi.
1-sinf o’quvchilar qo’yidagi ko’nikma, bilim va malakalarni egallab olishlari kerak:
1. Gazmol haqidagi umumiy tushunchalar bilan tanitirish. O’simlik (paxta, zig’ir)dan tayyorlanadigan gazmollar haqida dastlabki mahlumotlar beriladi. Gazmolning to’zilishi, ulardagi iplarning to’qilishi haqidagi ilk mahlumotlar beriladi.
2. Gazmollar asosan nimalarga mo’ljallanganligi bilan tanishtirish: kiyim-kechak, turmush narsalarga va shu kabilar.
3. Ishlatilishi (tikish, yamash, to’qish iplari) va yo’g’on-ingichkaligiga ko’ra farqlanadigan iplar bilan tanishtirish.
4. Tikish va to’qishda ishlatiladigan asosiy asboblar hamda moslamalar (nina, qaychi, angishvona, to’g’nog’ich) va ularni saqlashning asosiy qoidalari bilan tanishtirish.
5. Sanchiluvchan asbob va moslamalarni ishlatganda xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishtirish. Tikish vaqtida to’g’ri o’tirish qoidalari, gigiena talablari.
6. Kerakli o’zunlikdagi ipni o’lchash, uni qirqish yo’llari bilan tanishtirish (ularni tishlab, totib o’zishga yo’l qo’ymaslik), lentani o’lchash va qirqish.
7. Ip va tolaga ishlov berish usullaridan biri bilan tanishtirish.
8. Yug’on ip va toladan to’qishga o’rgatish.
9. Ninaga ip o’tkazish, tugun solish, ipni mustaxkamlashni o’rgatish.
10. “Baxya”, “chok” (biriktiruvchi va bezovchi) tushunchalari bilan tushuntirish.
11. Oddiy andazalar tayyorlash. O’qituvchi chizmasiga muvofiq to’g’ri burchak shaklidagi andazalar qilish.
12. Gazlamani andazaga ko’ra chamalash.
13. Gazlamani qaychi bilan qirqish usullarini tanishtirish.
14. Gazlamani qalam yoki bo’r bilan belgilangan to’g’ri yoki egri chiziq bo’ylab qaychida qirqishni o’rgatish.
15. Gazlamadan narsalar tikishni o’rgatish.
16. Tugma qadash usullarini o’rgatish.
Bu mashg’ulotda o’quvchilar natural ipak va jun tolali materiallarni, to’qimachilik sanoati mahsulotlari bilan tanishadilar. Namuna, rasm, chizma va berilgan o’lchamlar bo’yicha andaza bichish olishni va gazlamaning xususiyatlarini (pishqligi, egiluvchanligi, to’zilish) ni o’rganadilar.

Foydalanilgan adabiyotlar.


1..M. Matmusayev. “Poya po‘stlog’idan olinuvchi tolalar”. Toshkent. 2001y. – 54 b. 30.
2. N.G. Abbasova, A.Z. Abdullayev “Tabiiy ipak chiqarish”. Toshkent. 2002 y. -35 b. Sh. Isxakov. “To‘qimachilik tolalari”. Toshkent.2010y. 134-167 b. 32. P.T. 3. Bukayev. “Ip gazlama ishlab chiqarishning umumiy texnologiyasi”. Toshkent. 1989 y. -13 b. 5
4. G.K. Xasanboyeva. O.I. Karimova “Kiyim modelini ishlash va konstruksiyasini tayyorlash” Toshkent “O‘qituvchi” 1990 y. - 162 b.
Elektron ta’lim resurslari 1
. www. pedagog. uz 2
. www. ziyonet. uz
. www. edu. Uz
4. www. buxdu. uz
Yüklə 169,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə