Telekomunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim” fakulteti di 11-23 guruh 1-bosqich talabasi Nazarova Feruzaning


Amir Timur buyuk davlat arbobi va yuksak manaviyat sohibi



Yüklə 76,13 Kb.
səhifə2/4
tarix09.10.2023
ölçüsü76,13 Kb.
#126321
1   2   3   4
1- mustaqil ish O\'zbekistonning eng yangi tarixi

Amir Timur buyuk davlat arbobi va yuksak manaviyat sohibi

Amir Timur buyuk davlat arbobi va yuksak manaviyat sohibi
Amir Temur, Temur, Temurbek (toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barqul) (1336-yil, 9-aprel — 1405-yil, 18-fevral) — oʻrta asrning yirik davlat arbobi, buyuk turkiy sarkardasi, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi.Amir Temurning onasi Takina xonim edi. Otasi Amir Taragʻay esa turkiy barlos urugʻining oqsoqollaridan hamda Chigʻatoy ulusining eʼtiborli beklaridan hisoblangan. Uning ajdodlari Kesh viloyatida hokimlik qilishgan. Shu bois Amir Temurning otasi amir Taragʻay ham yilda bir marotaba Ili daryosi boʻyida xon tomonidan chaqiriladigan el-yurt beklarining qurultoyiga taklif etilar va u bunday yigʻinlarda muttasil qatnashar edi. Shu bilan birga u, Sharafuddin Yazdiyning taʼkidlashiga koʻra, „ulamo va sulaho va muttaqiylargʻa mushfiq va mehribon erdi va bularning majlisiga borur erdi…“. Taragʻayjon piri Shamsuddin Kulolni ayniqsa chuqur ehtirom qilgan. Keyinchalik shayx Kulol Amir Temurning ham piri boʻlgan. Taragʻaybek 1405-yilda vafot etgan.
Amir Temurning katta opasi Qutlugʻ Turkon ogʻo va singlisi Shirinbeka ogʻo bor edi. Ular Temurdan oldin vafot etishgan va Samarqanddagi Shohi Zinda majmuasidagi maqbaralarda dafn etilgan. "Muyizz al-Ansabʼga koʻra, Temurning yana uchta ukasi bor edi: Djuki, Olim Shayx va Suyurgʻatmish. Temurning bitta amakisi bor edi, uning ismi Bolta edi.[1]
Amir Temurning yoshligi Keshda kechdi. Yetti yoshga toʻlgach, otasi uni oʻqishga berdi. Amir Temur yoshlik chogʻlaridanoq maxsus murabbiylar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga oʻq uzish, boshqa turli mashq va harbiy oʻyinlar bilan mashgʻul boʻlgan. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir boʻlib voyaga yetgan. Amir Temur tabiatan ogʻir, bosiq, teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson boʻlgan. Shu tufayli oʻspirinlik chogʻlaridayoq atrofiga tengqurlari orasidan sadoqatli doʻstlarni jalb qila olgan. Uning atrofiga bolalikdagi doʻstlari va maktabdoshlari (Abbos bahodur, Jahonshohbek, Qimori inoq, Sulaymonshohbek, Idiku Temur, Sayfuddinbek, Hindushoh, Qarqara va boshqalar) toʻplanishib, birgalikda mashq qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, astasekin navkar boʻlishib va harbiy guruhga birlashib, harbiy boʻlinma sifatida shakllana borgan. Keyinchalik ular Amir Temur qoʻshinida lashkarboshilik darajasigacha koʻtarilganlar.Amir Temur — buyuk davlat asoschisi hisoblanadi. U Hindiston hamda Xitoydan Qora dengizga qadar, Sirdaryo va Orol dengizidan Fors qoʻltigʻiga qadar gʻoyat katta hududni qamrab olgan markazlashgan ulkan saltanatga asos soldi. Bundan tashqari Amir Temur davlatiga Kichik Osiyo, Suriya, Misr va shim.-gʻarbda Quyi Volga, Don buylari; shim.-sharqda Balxash koʻli va Ili daryosigacha; jan.-sharqda esa Shim. Hindistongacha bulgan mamlakatlar buysundirildi. Amir Temur. davlatni aql-zakovot va huquqiy asos bilan idora etgan. Uning „… davlat ishlarining toʻqqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim“, degan soʻzlari buning yorqin dalilidir.Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyosdir. Tarix bu qoʻhna dunyoda oʻtgan koʻp jahongirlarni biladi. Ularning aksariyati faqat buzgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr buyi bunyodkorlik bilan mashgʻul bulgan. Uning „Qay bir joydan bir gisht olsam, oʻrniga un gʻisht qoʻydirdim, bir daraxt kestirsam, oʻrniga unta kuchat ektirdim“ degan soʻzlari buning yorqin isbotidir. Amir Temurga har bir zafarli voqea va sevinchli hodisani muhtasham meʼmorlik obidasi barpo etish bilan nishonlash odat boʻlgan. Shu maqsadda Hindiston, Sheroz, Isfahon va Damashqning mashhur ustahunarmandlari mamlakatda hashamdor imoratu inshootlar bino qilganlar. Amir Temur zabt etgan mamlakatlarning bir qator shaharlari (Bagʻdod, Darband, Baylaqon)ni qayta tikladi. Amir Temur Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bagʻdodda Madrasa, Turkistonda mashhur shayx Ahmad Yassaviy qabri ustiga maqbara qurdirgan boʻlsada, lekin asosiy eʼtiborini ona shahri Kesh va poytaxti Samarqandga qaratdi. Keshda otasining qabri ustiga maqbara, oʻgʻli Jahongirga maqbara bilan masjid qurdirdi. Amir Temur hukmronligining ilk davrida Kesh shahrini poytaxtga aylantirish niyatida boʻlib, uning obodonchiligiga katta ahamiyat berdi, bu yerda mashhur Oqsaroy qad koʻtardi. Amir Temur Keshni Movarounnahrning madaniy markaziga aylantirishga harakat qildi. Shu boisdan bu shahar „Qubbat ul-ilm val-adab“ unvoniga ega boʻldi. Saltanat poytaxti Samarqand Amir Temur davrida ayniqsa gullab yashnadi. Shaharda Isfahon, Sheroz, Halab, Xorazm, Buxoro, Qarshi va Kesh sh.larining meʼmoru binokorlari qoʻli bilan saroylar, masjidlar, madrasalar, maqbaralar quriladi. Shahar tashqarisida esa bogʻ-rogʻlar va boʻstonlar barpo etiladi (qarang Amir Temur bogʻlari). Xususan Shohizinda meʼmoriy majmuasiga mansub Shodimulk ogʻo maqbarasi, Shirinbeka ogʻo maqbarasi va boshqa quriladi. Shaharda Bibixonim jome masjidi, Amir Temurning qarorgohi Koʻksaroy va Boʻstonsaroylar qad koʻtaradi. Umuman olganda Samarqand sh. Amir Temur davrida oʻzining qad. oʻrni Afrosiyobyaan birmuncha jan.roqda butunlay yangitdan qurildi. Shahar tevaragi mustahkam qalʼa devori bilan oʻralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, Soʻzangaron va Feruza kabi nomlar bilan ataluvchi 6 ta darvoza oʻrnatildi. Movarounnahrning dehqonchilik vohalarida, xususan Zarafshon vodiysida oʻnlab sugʻorish tarmoqlari chiqarilib, dehqonchilik maydonlari kengaytirildi. Yangi qishloqlar barpo etildi. Ibn Arabshohning yozishicha, Amir Temur Samarqand atrofida qad koʻtargan bir qancha yangi qishloqlarni Sharqning mashhur shaharlari Dimishq (Damashq), Misr, Bagʻdod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan atadi. Amir Temurning fikricha, Samarqand kattaligi, goʻzalligi hamda tevarak-atrofining obod etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham ustunroq turmogʻi lozim edi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 28-dekabrda parlamentga yoʻllagan Murojaatnomasida “Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini kuchaytishga alohida eʼtibor qaratishimiz kerak” deb taʼkidlagandi. Bu bejiz aytilmadi, albatta.
Zero, xalqimiz, ayniqsa millatning kelajagi boʻlgan yoshlar buyuk ajdodlar tarixini qanchalar koʻp oʻrgansa, ularning hayoti va faoliyatidan ibrat va saboq olib yashasa, qalbida milliy gʻurur va iftixor tuygʻulari joʻsh urib, elu yurtga boʻlgan muhabbati yana-da ortadi.
Bu ezgu ishlarni amalga oshirishda esa, xalqimiz tarixida oʻtgan koʻplab buyuk siymolar qatorida, Sohibqiron Amir Temur qadriyatini oʻrganish ham muhim ijtimoiy-siyosiy va maʼnaviy ahamiyatga ega.
Maʼlumki, Amir Temurning qanday shaxs va davlat arbobi boʻlganligi, hamda uning ijtimoiy-siyosiy qarashlari, saltanat taraqqiyoti yoʻlida amalga oshirgan islohotlari borasida uning zamondoshlari ham, keyingi davr olimlari va siyosatchilari ham oʻz fikrlarini bayon etganlar.

Endi ana shu fikrlar tahlili bilan yaqindan tanishishni lozim deb topdik. Amir Temurning zamondoshi muarrih Hofizi Abru yozishicha: “...hazrat Sohibqiron Amir Temurning humoyun va saodatli ayyomida Movarounnahr yer yuzi mamlakatlarining poytaxtiga aylandi. Jahonning turli joylaridan olimu fuzalolar, muhandislar va hunarmandlar bu yerga oqib kelib, yashab ijod eta boshladi». Aytib oʻtish joizki, azaldan olimu fuzalolar va hunarmand odamlar (ijodkor va bunyodkorlar ) ijod qilish uchun qayerda qulay sharoit boʻlsa, shu tomonga talpinib yashagan.


Demoqchimizki, adolatli davlat boshqaruvchisi boʻlgan, tinchlik va osoyishtalik hukm surgan yurtlarda ijod qilgan, bunyod qilgan. Chunki, urush, zulm, jaholat bor joyda na ijod boʻladi na bunyodkorlik.
Shuningdek, Amir Temur davlatida esa, boshqa davrlardan farqli oʻlaroq barcha tabaqalarning haq-huquqlari va manfaatlari inobatga olinib, ularning hayoti uchun zarur ijtimoiy zamin vujudga keltirilgan. Har bir toifaning, yaʼni u xoh olim, xoh naqqosh, xoh shoir boʻladimi ularning haq-huquqlari, burch va majburiyatlari oʻziga xos qonun bilan kafolatlab qoʻyilgan. Ular saltanat gʻaznasidan moddiy ragʻbatlantirib turilgan.
Demak, Amir Temur davlatida, xususan uning poytaxti boʻlmish Samarqandda ijodkor insonlar yashashi va ijod qilishi uchun barcha moddiy-maishiy sharoitlar yaratilgan ekanki, jahonning turli joylaridan olimu fuzalolar, muhandislar va hunarmandlar bu yerga oqib kela boshlagan.
Fransuz olimi Lyangle ham Amir Temurning ilm maʼrifat allomalariga, sohibi hunarmandlarga qanchalik hurmat bilan munosabatda boʻlganligi toʻgʻrisida shunday deydi: «Temur olimlarga seriltifot edi. Bilimdonligi bilan bir qatorda sofdilligini koʻrgan kishilarga ishonch bildirardi. U tarixchilar, faylasuflar, shuningdek, ilm-fan, idora va boshqa ishlarda isteʼdodli boʻlgan barcha kishilar bilan suhbatlashish uchun koʻpincha taxtdan tushib, ularning yoniga kelardi. Negaki, Temur bu sohalarga gʻamxoʻrlik qilishga asosiy eʼtiborini berardi».
Bundan tashqari, Sohibqiron davlat va jamiyat boshqaruvidagi faoliyatini ilm ahlining maʼnaviy koʻmagiga tayangan holda olib borgan. U olimu ulamolarga yuksak ishonch bildirib, qudratli davlat barpo etishda ularning beqiyos oʻrni borligini alohida taʼkidlab oʻtgan. Amir Temur hazratlari qaysi mamlakatni fath etsa, shu yerlik ijodkor ahlini izlab toptirib, ularni ham moddiy, ham maʼnaviy tomondan qoʻllab- quvvatlagan. Izzat- hurmatini oʻz oʻrniga qoʻygan. “Temur tuzuklari”da bu borada shunday deyiladi: «Sayyidlar, ulamo, mashoyix, oqil va dono kishilar, muhaddislar va tarixshunoslarni sara va eʼtiborli kishilar deb hisoblab, hurmat-izzatlarini oʻrniga qoʻydim... Olimlar bilan suhbatda boʻldim va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpinib yashadim».
Darhaqiqat, biz yashagan zamin Sohibqiron Amir Temur davrida ham, bugungi kunda ham ham koʻpchilikning havasini keltirayotgani rost. Eng asosiysi, raiyat deb atalmish xalq rozi boʻlgan. Shuning uchun ham Amir Temur hukmronligi davrida xalq tinch, osoyishta va farovon turmush kechirgan.



Yüklə 76,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə