«Himoyaga tavsiya etilsin»



Yüklə 38,14 Kb.
səhifə1/5
tarix19.04.2023
ölçüsü38,14 Kb.
#106205
  1   2   3   4   5
Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


«Himoyaga ruxsat etilsin» «Himoyaga tavsiya etilsin»
Maktabgacha va boshlang’ich “Boshlangich talim”
ta’lim” fakulteti dekani. kafedrasi mudiri:
________ Sh.Q. Mardonov. _________ O.M. Jabborova
«____» ________2020 y. «____» ________2020 y



KURS ISHI

“Maktabgacha va boshlang‘ich talim fakulteti


5111700 Boshlang‘ich talim va sport-tarbiyaviy ish” talim yо‘nalishi
18/6-guruh talabasi
Saidabrorova Nozila Shomuhammad qizining
Ona tili o‘qitish metodikasi” fanidan
Mavzu: “Boshlang’ich sinflarda insho yozishga o’rgatish” (3-4 sinf misolida)

CHIRCHIQ – 2020


SHAXSNING OILA MUHITI VA JAMIYATDA SHAKLLANISHI
REJA:
KIRISH
1. Shaxs shakllanishida oilaning ma’naviy asoslari mazmuni
2. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda "Oila, mahalla,maktab hamkorligi" Kontseptsiyasining o’rni va ahamiyati.
3. O’quvchilar shaxsini shakllantirishda oila maktabning hamkorlik ishlari mazmuni
4. Shaxsni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligini amalga oshirish tamoyillari va bosqichlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa`y-harakatlarini
birlashtirish maqsadida 1993 yilda ishlab chiqilgan "Oila, mahalla, maktab hamkorligi"
konsepsiyasi yoshlarni istiqlol g’oyalariga sadoqatli, ma`naviy barkamol, vatanparvar
etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida ma`lum
dasturilamal bo`ldi.
Mamlakatimizda keyingi yillarda qabul qilingan ta`lim va tarbiya to`g’risidagi qator
me`yoriy hujjatlar, jumladan O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g’risida"gi
qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" bozor iqtisodiyoti sharoitlarida
muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va
maktab nufuzini yanada yuqori pog’onaga ko`tarishni taqozo etadi.
Bolalarga ta`lim-tarbiya berishda maktab va pedagoglarning asosiy vazifalari
O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan "Ta`lim
to`g’risida"gi qonunining, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" va Respublika
rahbariyatining dasturiy fikrlari mazmunidan kelib chiqqan bo`lishi kerak, ya`ni:
- maktabda bolaga biron-bir kasb-korni egallashi uchun mustahkam poydevor
yaratish;
- o`quvchi-yoshlarning sport turlari bilan shug’ullanishlariga yordam berish, ularning
bo`sh vaqtlarini tashkil qilish;
- bolalarga ta`lim berishni ilg’or pedagogik texnologiyalar, zamonaviy o`quv-uslubiy
dasturlar asosida tashkil etish, o`quv-tarbiya jarayonlarini jahon andozalariga mos
ravishda ta`minlash;
- o`quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlari tahlilidan, iqtisodiy va ijtimoiy
muhitdan kelib chiqib, ularni turli soha bo`yicha kasb asoslariga yo`naltirish va
ta`limda tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish;
- yosh oilalar bilan ishlash, tibbiy tarbiyaviy, huquqiy, ma`naviy-ma`rifiy, ijtimoiy
tushunchalar berish uchun maxsus tadbirlarni amalga oshirish;
- o`z hududidagi mahalla jamoalarining faoliyatini tarbiyaviy maqsad yo`lida
muvofiqlashtirish;
- tarbiyasi "og’ir", qarovsiz qolgan bolalarning ota-onalari bilan ishlash, oilalarga
pedagogik yordam berish;
- bola tarbiyasi yaxshi yo`lga qo`yilgan oilalarni tegishli idoralar hamkorligida
o`rganib, tajribalarini ommalashtirish;
- o`qishni va ishlashni xohlamaydigan, bezorilik yo`liga kirib ketgan o`smirlarni
hisobga olib, ularga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda zarur choralar ko`rib, otaonalar yig’inlari da muhokama qilish;
- tarbiya sub`ektlari bo`lmish huquqiy, tibbiy, ijodiy uyushmalar, yoshlar, tabiatni
muhofaza qilish va "Ekosan", "Qizil yarim oy", barcha jamg’arma va jamoatchilik
markazlari, ommaviy axborot vositalari, inson huquqlari bo`yicha milliy markazlar,
kasaba uyushmalari, nodavlat tashkilotlari, ishlab chiqarish korxonalari, mahalliy
boshqaruv idoralarining bola tarbiyasiga bo`lgan mas`uliyat va javobgarligini
muvofiqlashtirish.
Kurs ishining obekti shaxsning oila muhiti asosida jamiyatda shakllanishi
Kurs ishining maqsadi шахсni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila
bilan mustaxkam boglamayturib, tarbiya sohasidagi butun ishlami muvaffaqiyatli amalga
oshirish, ota-onalar o`rtasida ta'lim-tarbiyaga oid tashviqot ishlarini kengaytirish ularni
maktabning faol yordamchilariga, o`quv-chilarning sinfdan va maktabdan tashqaridagi
ishlarida har tomonlama foydali tashkilotchilariga aylantirish zarur.
Kurs ishining vazifasi:
- turar joyda va mahallada olib borilayotgan barcha tarbiyaviy, ma`naviy, ma`rifiy,
madaniy-ommaviy va sport tadbirlari markazi - maktab bo`lishiga erishish;
- o`quvchi-yoshlar, ota-onalar, jamoatchilik bilan huquqiy tarbiyani amalga
oshirish, tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilari orasida milliy mafkurani targ’ib
qilish, aqidaparastlik va milliy taraqiyotimizga zararli g’oyalarning kirib kelishiga
qarshi murosasiz kurashishni tashkil etish;
- ta`lim muassasalari nizomlari asosida o`quvchilarning maktabda joriy qilingan tartibga
amal qilishlarini va nizomda belgilangan o`quvchilar libosida ta`lim va tarbiya jarayoniga
qatnashishlarini ta`minlash;
- mahallada, xotin-qizlar orasida zamonaviy bilimlarni targ’ib qilish, o`smir
yoshlarning dunyoviy bilimlarga bo`lgan intilishlarini rag’batlantirish;
- maktab negizida pedagogik, huquqiy, psixologik, ma`naviy va ma`rifiy bilimlar
beruvchi "Ota-onalar universitetlari" faoliyatini tashkil qilish.

Yüklə 38,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə