«Himoyaga tavsiya etilsin»


Shaxsni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligini amalga oshirish tamoyillari va bosqichlari



Yüklə 38,14 Kb.
səhifə4/5
tarix19.04.2023
ölçüsü38,14 Kb.
#106205
1   2   3   4   5
Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti

4. Shaxsni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligini amalga oshirish tamoyillari va bosqichlari.
Yosh avlodni yaxshi xulqli, davlat ramzlariga sadoqatli qilib tarbiyalashda
ularning yosh jihatlariga, xarakteriga alohida ahamiyat berish lozim, chunki
bularsiz tarbiyada ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi. Oila, mahalla, o’quv
bilim yurti hamkorligida quyidagi tamoyillarga va bosqichlarga amal qilinganda
samaradorlik yanada yuqori bo’ladi:
- ta’lim va tarbiya sohasida hamkorlik jarayoni ishtirokchilari harakatlarining
ish birligi;
- tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg’unligi;
- hamkorlik jarayoni sub’ektlarining teng huquqliligi va yuksak mas’uliyati;
- faoliyat jarayonida millat va davlat manfaatlari ustuvorligi;
- hamkorlikning ilmiy asoslanganligi;
Birinchi bosqich. Yosh oilalar bilan ishlash. Yosh ota-onalarga farzand va
uning tarbiyasi haqida falsafiy, tibbiy tushunchalarni berish va bu masalalarga
tibbiyot xodimlari, obro’li xotin - qizlarni, ota-onalarni jalb qilib, "Yosh onalar va
otalar o’quv muassasasilari" faoliyatini yo’lga qo’yish muhim ahamiyat kasb
etadi.
Ikkinchi bosqich. Farzandning o’quv muassasasigacha bo’lgan davridagi
jismoniy, aqliy va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash borasida ularga rasm chizish,
voqealarni bayon qilish, o’ziga o’zi xizmat qilish, harf tanish, qo’shiq, aytish va
raqs tushish, turli o’yinlarda ongli qatnashish tushunchalarini singdirish va
mustaqil ravishda bilim olish ko’nikmalarini shakllantirish yuzasidan o’quv
muassasasiga tayyorlash sinflari, "Yakshanbalik o’quv maskanlar" ishini tashkil
qilish.
Uchinchi bosqich. Kichik yoshdagilar uchun mo’ljallangan (6-11 yosh)
o’quv muassasalarida shaxslarning jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy shakllanishini
ta’minlash, uning ilk iqtidori, qiziqishi va aqliy imkoniyatlarini aniqlash, o’z hatti
- harakatlariga javobgarlik hissini tarbiyalash, bo’sh vaqtini to’g’ri tashkil qilishni o’rgatish, atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lib, do’stlik, baynalmilallik,
vatanparvarlik xislatlarini shakllantirish.
To’rtinchi bosqich. O’smirlarning (11-16 yosh) qiziqishini, bilimga
chanqoqlik va aql zakovatini hisobga olgan holda ijtimoiy faoliyatga tortish,
jismonan baquvvat bo’lishini ta’minlash, maishiy mehnat faoliyati orqali turli
kasblarga yo’naltirish, o’smirlar sinflari va jamoatchilik orasida o’z o’rnini topa
olishiga ko’maklashish, o’z hatti-harakatlari uchun jamiyat, qonun va ota-onalari
oldida javobgarlik tuyg’usini shakllantirish, ijtimoiy faolligi va mustaqil
dunyoqarashini yuzaga keltirish.
Beshinchi bosqich. Yoshlarni (16 yosh va undan yuqori) dunyo andozalariga
mos bilim olishlari, kasb tanlashlari, mustaqil hayotga tayyorgarliklarini
ta’minlash. Ularning imkoniyatlari darajasida ta’lim olishlariga, tanlagan kasblari
bo’yicha ish bilan ta’minlanishlariga, iqtisodiy mustaqil bo’lishlariga shart-sharoit
yaratish. Vatan, Davlat va jamiyat oldidagi fuqarolik burchlarini ado etishga
javobgarlik hissini to’la shakllantirish, mustaqil oila qurishga tayyorlash.
Ta’lim va tarbiya sohasiga e’tiborni kuchaytirish, bu borada hukumatimiz
tomonidan qabul qilingan qonun va hujjatlarni, direktiv ko’rsatmalarni samarali
bajarish uchun oila, mahalla, o’quv muassasasi hamkorligi faoliyati o’ziga xos
pedagogik tizim, uslub va shakllarga ega bo’lishi zarur2.
O’tkazilgan tadbirlar har tomonlama puxta, shuning bilan qatnashchilarning
yoshlariga mos pedagogik va psixologik mujassamlashgan, mantiiqan teran,
qiziqarli va ko’rgazmali, ta’sirchan, ommabop, amaliy jihatdan qisqa va lo’nda,
estetik jihatdan keng ko’lamli bo’lishi kerak.
Hamkorlikda olib borilayotgan ishlar mahalla hududidagi barcha yoshlar va
toifadagi fuqarolarni qamrab olishi hamda ularning qiziqish va intilishlariga mos
bo’lishi lozim. Hamkorlik tadbirlarining mavzulari "Sog’lom avlod uchun", "Otaonangga rahmat", "Odobinga balli", "Sog’ tanda sog’lom aql", "Mehr chashmasi",
"Qizlar ibosi", "Bir yigitga qirq, hunar oz", O’g’lim posbonim", «Hayot—ustoz, xalq—muallim", "O’zbekiston Vatanim manim!", "Milliy burch va mas’uliyat",
"Oila saboqlari", "Oila etikasi", "Oila tinch — mahalla tinch", "Mustaqil hayot
bo’sag’asida", "Askarlik — yigitlik o’quv muassasasii", "Oila baxti — Vatan
baxti", "Sportchi oila", "Oilamiz ohanglari", "Vatan ostonadan boshlanadi", "Biz
kimmiz" kabi tadbirlardan iborat bo’lishi mumkin.
Bahslar, bellashuvlar, uchrashuvlar va turli sanalarga bag’ishlangan anjuman
va tantanalardan iborat bo’lishi mumkin.
Joriy qilingan jamoatchilik kengashi o’z faoliyati to’g’risida mahalla ahliga
har chorakda bir marotaba hisobot beradi. Zarurat tug’ilganda o’quv-tarbiya
muassasalari, mahalla faollari, mahalla hududida joylashgan tashkilot, korxona va
idoralarning ta’lim-tarbiya yuzasidan olib borilayotgan ishlari to’g’risida
hisobotlarini tinglab, ularga amaliy va nazariy yordam berishi ish samarasiga va
uning izchilligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.


Xulosa

O`quvchi shaxsini shakllantirishda oila, maktab hamkorligini amalga oshirish


uchun bir qancha uslublardan foydalanish mumkin.
Buning uchun avvalo oila va maktabda ta`lim va tarbiya sohasiga e`tiborni
kuchaytirish, bu borada hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qonun va
hujjatlarni, didektiv ko`rsatmalarni samarali bajarish uchun oila, maktab
hamkorligi faoliyati o`ziga xos pedagogik tizim, uslub va shakllarga ega bo`lishi
zarur.
O`tkazilgan tadbirlar har tomonlama puxta, shuning bilan qatnashchilarning
yoshlariga mos pedagogik va psixologik mujassamlashgan, mantiqan teran,
qiziqarli va ko`rgazmali, ta`sirchan, ommabop, amaliy jihatdan qisqa va lo`nda,
estetik jihatdan keng ko`lamli bo`la olishi hamda ularning qiziqish va
intilishlariga mos bo`lishi lozim. Hamkorlik tadbirlarining mavzulari "Sog’lom
avlod uchun", "Ota-onangga hurmat", "Odobingga balli", "Sog’ tanda sog’lom
aql", "Mehr chashmasi", "Qizlar ibosi", "Bir yigitga qirq hunar oz", "O`g’lim
posbonim", "Hayot-ustoz, xalq - muallim", "O`zbekiston Vatanim manim!",
"Milliy burch va mas`uliyat", "Oila sabokdari", "Oila etikasi", "Oila tinch -
mahalla tinch", "Mustaqil hayot bo`sag’asida", "Askarlik - yigitlik maktabi",
"Oila baxti- Vatan baxti", "Sportchi oila", "Oilamiz ohanglari", "Vatan ostonadan
boshlanadi", "Biz kimmiz" kabi tadbirlardan iborat bo`lishi mumkin.
O’quvchi shaxsini maktabga tayyorlashda ota-onaning kuchlari, asosan, o'qish
jarayoni bilan bevosita bog'liq, malaka va ko'nikmalarga yo'naltiriladi. Ular birinchidan
bolani diqqatini bir joyga jalb qilishni o'rganish kerakligi, ikkinchidan-uning bilimlarini
to'ldirib, xotira, tafakkur va nutqini rivojlantirish kerakligi, uchinchidan — maktabga
bo'lgan qiziqishini o'stirib borish kerakligini ta'kidlab aytishadi. Ba'zilar bolalarning
irodaviy sifatlarini rag'batlantirish va mustahkamlash kerak deb hisoblashadi, ular
bolaning qat'iyatli va tirishqoq bo'lishiga harakat qilishadi hamda bolada intizomni,
harakatchanlikni shakllantirish, ya'ni uning butun xulqini shakllantirish. Qo'l amaliyotini
rivojlantirish ham alohida bir qism bo'lib kiritilgan.
Shunday ota-onalar ham borki, ular bolani o'z shuhratparst niyatlarga o'igatadilar:
o'quv yili boshida ularning bolalari о'г tengdoehlaridan oshib o'tib (ilgari o'tab ketib) va
shu tufayli endi shakllanayotgan kollektivda manfaatli o’rnini egallaydilar.


Yüklə 38,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə