«Himoyaga tavsiya etilsin»


O’quvchilar shaxsini shakllantirishda oila maktabning hamkorlik ishlari mazmuni



Yüklə 38,14 Kb.
səhifə3/5
tarix19.04.2023
ölçüsü38,14 Kb.
#106205
1   2   3   4   5
Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti

3. O’quvchilar shaxsini shakllantirishda oila maktabning hamkorlik ishlari mazmuni
Mamlakatimizda bolalar To`g`risida, onalar haqida g`amxo`rlik qilish
chinakam davlat ahamiyatiga molik ishdir. "Jamiki yaxshi narsalar-bolalarga"
shiori yanada baralla jaranglamoqda. Keyingi yillarda mazkur masala yuzasidan
qabul qilingan qarorlar fikrimizning isbotidir.
Ma'lumki, bola maktabga kelgunga qadar ham, maktabda o`qish davrida ham,
asosan oilada tarbiyalanadi. Oila davlatning asosiy kurtagi sifatida bolalarning
dunyoqarashi, xulqi va didiga ta'sir ko`rsatishi tabiiy holdir. Oila a'zolarining
ma'naviy birligi yoshlami har tomonlama kamol toptirishning dastlabki va asosiy
omillaridan biri hisoblanadi.
Bolalarni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila bilan mustaxkam
boglamayturib, tarbiya sohasidagi butun ishlami muvaffaqiyatli amalga oshirib
bo`lmaydi. Shu maqsadda ota-onalar o`rtasida ta'lim-tarbiyaga oid tashviqot
ishlarini kengaytirish ularni maktabning faol yordamchilariga, o`quv-chilarning
sinfdan va maktabdan tashqaridagi ishlarida har tomonlama foydali
tashkilotchilariga aylantirish zarur.
Jamiyatning jadal rivojlanishi, faoliyat turlarining tobora murakkablashib
borishi shaxs ongiga ko`rsatayotgan ko`rinmas ta'sirlarning kuchayishiga olib
kelmoqda. Mana shunday sharoitda kishining mavjud bilimi, kasb-hunari,
malakalari kamlik qilib qolmoqda. Eng avvalo, insonlarda oilada tarkib topgan did,
farosat, aql, odob, emotsional madaniyatga muhtojlik sezilmoqda. Estetik, axloqiy
va boshqa tarbiya sifatlari kundalik hayot ehtiyojga aylanib bormoqda. Tabiiyki,
bunday sifatlarga oilaviy tarbiya orqali asos solinadi, kamol toptiriladi. To`g`ri,
bunda ijtimoiy tarbiyaning o`mini inkor etib bo`lmaydi. Ana shu nuqtai nazardan
ulaming monolit birligiga, o`zaro hamkorliklariga asoslansak, barkamol inson
tarbiyasida muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Oilaviy tarbiya pedagogika fanida
murakkab muammolardan biridir. Uning murakkabligi shundaki, har bir oila o`ziga
xos ibtidoiy guruh bo`lib, tarbiyada faqat mazkur guruhga xos xususiyatlargaasoslanadi. Ta'kidlaganimizdek, oilaviy tarbiyani ijtimoiy tarbiya bilan
almashtirish bolalar kamolotiga salbiy ta'sir ko`rsatadi. Masalan, yasli,
boo`chalarga bormay, faqat oilada o`sgan va voyaga yetgan bolalar maktabga
borganlarida o`z tengqurlari ichida ko`p jihatlari bilan ajralib turadi. Oilaning
bolalarga moddiy va ma'naviy g`amxo`rligini, ko`rsatayotgan tarbiyasini yasli,
boo`cha tarbiyasi bilan yoki, aksincha, yasli, boo`cha tarbiyasini oilaviy tarbiya
bilan almashtirib bo`lmaydi. Faqat o`zaro hamkorlik masalani ijobiy hal etish
imkoniyatini beradi.
Lekin o`zining xususiyatlari va takrorlanmas ta'siri bilan oila bola tarbiyasida
muhim omilliligicha qoladi. Amaliyotda kuzatganimizdayoq bolada ota-onasining
mehri, erkalashlari asosida ota-onalariga, qarindosh-uruo`lariga bo`Igan issiyotlari
shakllanadi. Bolaning otasiga bo`lgan hurmati onaning hurmatini joyiga qo`yishda
asos bo`ladi. Onaga bo`lgan mehr-muhabbat oqibat natijada o`z oilasiga, xotini,
farzandlariga bo`lgan munosabatlarda o`z aksini topadi.
Ikkinchi tomondan bolalar ham o`z ota-onalariga ta'sir ko`rsatadilar. Oilaviy
aloqalarning, oilaviy qiziqish, ma'naviy qoniqish hislarining takomillashiga sabab
bo`ladilar.
Ota-onalarning o`ziga va bolalariga bo`lgan talabchanligi, katta va kichiklarning
o`zaro munosabatlari, do`stona muhit, ishonch va o`zaro bir-birlarini tushunish oila,
maktab va jamoatchilikning bolalar tarbiyasi yuzasidan olib boriladigan muhim omillaridir.
Bunday biriikning ruyobga chiqishida, eng avvalo, ota-onalarning siyosiy ongliligi muhim
rol o`ynaydi. Chunki ota-onalarning faolligi oilaviy hayotda o`z ifodasini topadi. Shu
ma'noda bolalar o`z ota-onalarining siyosiy va fuqarolik qiyofalariga qarab o`z xulqatvorlarini tartibga soladilar, jur'atlarini joyiga qo`yadilar.
Bolalar ulg'aya boshlashi bilanoq o`z ota-onalarining qayerda ishlashlari,
jamiyatda tutgan o`rinlari, ularning bilimiga qiziqa boshlaydilar. Shuning uchun
ham ota-onalarning nimalarga qiziqishlarini, kimlar bilan safdosh ekanliklarini
bolalar mumkin qadar ertaroq bilganlari ma'qul. Ota-ona qanday ishda bo`lmasin,
uni jiddiy, el hurmatiga loyiq bir ish deb biladigan bo`lishi kerak. Bu borada
oiladagi tarbiyaning maqsadga muvofiq tashkil etilishi yuzasidan javobgarlik ma'lum darajada maktabga yuklanadi. Oiladagi hukmronlikning tarbiyaviy jihatdan
To`g`ri bo`lishini ta'minlash maktabning muhim vazifalaridan biridir. Oilaviy
tarbiyaning mazmunli tashkil etilishiga dastlabki ta'sirni maktab belgilaydi.
Maktabgina oilaviy tarbiya samaradorligini oshirish yuzasidan rahbarlik qila oladi.
Bu vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishida, ijobiy hal etilishida ota-onalar
o`rtasida olib boriladigan tarbiyaga oid taro`ibotning, roli benihoyadir. Chunki otaonalarni hozirgi zamon ruhiy-ta’lim-tarbiyaviy bilimlar bilan qurollantirmay turib,
oilaviy tarbiyani yo`lga qo`yib bo`lmaydi. Ommaviy-tarbiyaviy taro`ibotda eng
yaxshi oilalar namunasida ta'sir ko`rsatish eng maqbul yo`ldir.
Bola tarbiyasi yuzasidan oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi hozirgi
kunimizning dolzarb masalaligi ham mana shundadir. Chunki, birinchidan, bola
tarbiyasida oila, maktab va jamoatchilik hamkorligining o`zi murakkab jarayon
bo`lib, bunda muallimlardan tashqari ishlab chiqarish jamoalari vakillari, yoshlar,
kasaba uyushmalari ishtirok etadilar. Ikkinchidan, ota-onalar va qarindosh-uruo`lar
turli mehnat jamoalarining vakillari bo`lib, ishlab chiqarish va yor-u do`stlarining
ma'naviy hayotlaridagi omillarni muhokama qiladilar, ularning hayotga, san'atga,
oilaviy majburiyatlarga bo`lgan munosabatlari haqida gapiradilar. Shu sababli ham
mana shunday toifa oilalarida tarbiya topayotgan bolalar boshqa ota-onalaming
ko`chada, jamoat joylaridagi hayot faoliyatlariga qarab o`z ota-onalariga baho
beradilar. To`plangan tajribalarini boo`cha, maktabdagi o`rtoqlari bilan muhokama
qiladilar va hokazo. Uchinchidan, o`zbek oilalari, ularning hayot tarzi
jumhuriyatimizdagi ulkan ijtimoiy voqealar natijasida sifat jihatidan o`zgarishlarga
uchramoqda. Shu sababli hozirgi kunda oilaviy tarbiyada sifat va mazmun
jihatidan o`zgarishlar qilish uchun yangi samarador yo`l va usullar qidirilmoqda.
O`zbek oilalarining bolalar tarbiyasi uchun imkoniyat doiralari ancha keng
bo`lib, ko`plab oilalarimiz moddiy jihatdan yaxshi ta'minlangan. Ota-onalar eng
kamida o`rta: ma'lumotli. Bunday holatlar ota-onalarning pedagogika, psixologiya
sohasidagi bilimlar bilan qurollanishiga va maktab bilan hamkorlikda bolalar
tarbiyasini yaxshilash imkoniyatlarini yaratadi. Ota-onalarning bilim saviyasi,
umumiy tarbiyaga oid-madaniyati, ijtimoiy intiiishlari va talablari, bolalar tarbiyasiga nisbatan turlicha munosabatlari, shakllangan hayotiy tajribalari, tarbiya
va ijtimoiy taraqqiyot natijasida hosil qilgan ishonch va e'tiqodlari, oiladagi o`ziga
xoslik bolalar tarbiyasiga salmoqli ta'sir ko`rsatadi. Ko`plab o`zbek qishloq
oilalarida ma'lum darajada (bolalar tarbiyasi yuzasidan jamoatchilik yordami
mavjudligiga qaramasdan) tarbiyaviy kuchlarning bir butunligiga erishilmagan,o`zaro hamkorlikni qanday tashkil etish mumkinligi haqida ma'lumot yetarli emas.o`qituvchilar ham sinf ota-onalar majlisining o`tkazilishi maktab va oila hamkorligini ta'minlaydi, deb o`ytashadi. To`g`ri, ota-onalar majlisi ham
hamkorlikni ta'minlashning eng muhim omillaridan hisoblanadi, lekin oila,
maktab, jamoatchilik hamkorligi uchun, ularni birlashtirish uchun maxsus tashkil
etilgan markaz bo`lishi lozim.

Yüklə 38,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə