Temir, kobalt, nikel va ularning birikmalari Nazorat savollari



Yüklə 109,03 Kb.
səhifə5/8
tarix19.12.2023
ölçüsü109,03 Kb.
#151830
1   2   3   4   5   6   7   8
Temir, kobalt, nikel va ularning birikmalari Nazorat savollari

8. Fe2+ ioniga sifat reaksiyasi
Temir (II) sulfat eritmasiga qizil qon tuzi-kaliy geksotsianoferrat (II) eritmasidan soling. Nima kuzatiladi? Hosil bo‘lgan moddani trumbul zangorisi deyiladi. Reaksiya tenglamasini yozing.

9. Temir (III) gidroksidini olinishi va xossalari
a) Temir (III) gidroksidini oling. Uni rangiga va shakliga e’tibor bering. Fe(OH)3 ni suyultirilgan kislotalarga munosabatini sinab ko‘ring. Reaksiya tenglamalarini yozing.
Yangi cho‘ktirilgan Fe(OH)3 issiq konsentrlangan ishqorlar eritmasida qisman eriydi. Reaksiya tenglamasini yozing.
b) Yana Fe(OH)3 cho‘kmasini oling, filtrlang va filtrda suv bilan yuving. Keyin cho‘kmani chinni tigelga solib qattiq qizdiring. Nima sodir bo‘ladi? Reaksiya tenglamasini yozing. Temir (II) gidroksidi qanday xossalarga ega?

10. Temir (III) tuzlarining gidrolizi
a) Suvda ozgina temir (III) xloridni eriting. Eritmani lakmus qog‘ozi bilan sinab ko‘ring. Gidroliz reaksiya tenglamasini yozing.
b) Ikkita probirkaga 2-3 ml dan temir (III) xlorid eritmasidan soling. Birinchi probirkaga bir necha tomchi konsentrlangan HCI soling. Eritmaning rangi o‘zgarishiga e’tibor bering. Ikkinchi probirkadagi temir (III) xlorid eritmasini suv bilan suyultiring va qaynaguncha qizdiring. Eritmaning rangi qanday o‘zgaradi? Tajribalar natijalarini tushuntiring.
v) Temir (III) xlorid eritmasiga soda eritmasidan qo‘shing. Nima sodir bo‘ladi? Reaksiya tenglamasini yozing. Hosil bo‘lgan cho‘kma korbonat kislotasining tuzi ekanligini qanday isbotlash mumkin? Fe (II) yoki Fe (III) ni qanday tuzlari kuchli gidrolizlanishini ko‘rsating va nima uchunligini tushuntiring.

11. Temir (III) sulfidini olinishi
Temir (III) xlorid eritmasiga ammoniy sulfid eritmasidan soling. Nima sodir bo‘ladi? Reaksiya tenglamasini yozing.

12. Fe3 ioniga sifat reaksyasi
a) Temir (III) xlorid eritmasiga sariq qon tuzi- kaliy geksatsionaferrat (II) eritmasidan quying. Nimani kuzatdingiz? Olingan modda “Berlin zangorii” deyiladi. Formulasi KFe[Fe(CN)6]. Reaksiya tenglamasini yozing.
b) Temir (III) xlorid eritmasiga kaliy rodanid eritmasidan quying. Hosil bo‘lgan temir (III) rodanid eritmasining rangiga e’tibor bering. Reaksiya tenglamasini yozing.


Yüklə 109,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə