Тергов экспериментини ўтказиш тактикаси


Tergov eksperimentini o`tkazishga



Yüklə 109,5 Kb.
səhifə2/4
tarix29.01.2023
ölçüsü109,5 Kb.
#99682
1   2   3   4
Tergov eksperimenti

2 Tergov eksperimentini o`tkazishga
tayyorgarlik ko`rish

Tergov eksperimentini muvaffaqiyatli o`tkazish uchun unga puxta tayyorgarlik ko`rish lozim. Mazkur tergov harakatini o`tkazishdan avval jinoyat ishidagi materiallar bilan tanishib chiqib, so`ngra mavjud bo`lgan dalillarning qaysi birini eksperiment o`tkazish bilan tekshirilishi zarurligi hal qilinadi.


Tergov harakatini o`tkazish rejasini belgilab olish ham katta ahamiyat kasb etadi. Reja quyidagilarni o`z ichiga olishi mumkin:
eksperiment o`tkazishning maqsadi, joyi, vaqti, tekshiruv o`tkazish sharoitlari;
tergov harakatining mazmuni va tajribalarning oldinma-ketin o`tkazish tartibi;
qatnashuvchilarning har qaysisi bajaradigan harakatlarni aniqlash;
zarur bo`lgan ilmiy-texnik vositalarni tajriba o`tkazishga tayyorlash;
murakkab holat-vaziyatlarni tekshirishda joyning chizmasini tayyorlash va tergov harakati natijalarini rasmiylashtirish, mustahkamlash choralarini ko`rib chiqish.
Eksperiment o`tkazishning maqsadini aniqlash, deganda tekshiriluvchi holatlarning, bor dalillarning qaysilari yoki qaysi qismlari tekshirilishi lozimligi, qanday tajribalarni uyushtirish kerakligi, uni o`tkazishda qanday shart-sharoitni yaratish lozimligi ko`rib chiqiladi, zarur bo`lsa ko`rsatuvlari tekshirilayotgan shaxslarni qayta so`roq qilish lozim.
Eksperiment o`tkazishdan oldin tekshirish jarayoni, ish vaziyatlarini ma`lum sharoitda tiklash bilan bog`liq bo`lganligi uchun, uni o`tkazish yoki o`tkazmaslik zaruratini ko`rib chiqish kerak.
O`zbekiston Respublikasi jinoyat protsessual qonunida bu haqda shunday deyilgan: “Eksperiment o`tkazish to`g`risida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Eksperiment natijasida fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga mulkiy zarar yetkazilishi, ishlab chiqarish tartibotining, transport vositalari harakati jadvalining buzilishi va boshqa noxush oqibatlarning kelib chiqishi ehtimol bo`lsa, surishtiruvchining, tergovchining bunday eksperiment o`tkazish to`g`risida qaroriga prokuror sanksiya berishi lozim” (JPKning 154-m).
Eksperiment qatnashuvchilarning hayoti va salomatligiga xavf tug`dirsa, jamoat tartibi va axloq normalariga putur yetkazsa, uni o`tkazishga yo`l qo`yilmaydi. Bunday hollarda eksperiment o`rniga boshqa tergov harakatini o`tkazish belgilanadi (qayta so`roq, yuzlashtirish, ekspertiza va boshqalar).
Tergov eksperimentini muvaffaqiyatli tashkil qilish va o`tkazish uchun uning ishtirokchilarini oldindan belgilab olish lozim.
Ikki kishidan kam bo`lmagan xolislardan tashqari, eksperiment o`tkazishda tekshiriladigan hodisa, dalil, vaziyat xususiyatiga oid bo`lgan mutaxassisning ishtiroki uni ijobiy o`tkazilishiga yordam beradi.
Tergov eksperimentini o`tkazish jarayonida ish yuzasidan so`roq qilingan shaxslarning ishtiroki taktika jihatdan maqsadga muvofiq bo`ladi, ayniqsa ko`rsatuvlari tekshirilayotgan shaxs (guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi)ning qatnashuvi, tergov harakatining ijobiy natijalari uchun omil bo`lib hisoblanadi. Jumladan jinoiy hodisani ko`zi bilan ko`rgan, eshitgan guvohlar, vaziyatni tiklashda uning haqiqiy hodisa vaqtidagi holati, sharoitlarining mos kelishini kuzatib, tegishli qo`shimcha tushunchalar berishlari mumkin.
Guvoh yuz bergan hodisa vaziyatini qayta tiklashga, shu bilan birga hodisaning qanday davom etganligiga doir kerakli ma`lumotlarni beradi. Tergov eksperimenti guvohlarning ko`rsatuvlarini tekshirish maqsadida o`tkazilsa, guvohlarning o`zlari tegishli harakatni shaxsan namoyish qilishlari, tekshirilayotgan hodisaning haqiqatligini aniqlashga yordam beradi.
Eksperiment ayblanuvchining ko`rsatuvini tekshirish maqsadida o`tkaziladigan bo`lsa, bu holda ayblanuvchini eksperiment o`tkazishga qatnashish uchun jalb qilish maqsadga muvofiqdir. Ayblanuvchi jinoyat sodir bo`lgan vaqtda bajargan harakatlarni to`la namoyish qiladi. Ish bo`yicha to`g`ri ma`lumotlarni aniqlashga imkon beradi.
Eksperiment o`tkaziladigan joyini, vaqtini ham oldindan belgilab olish lozim. Eksperimentni jinoyat sodir bo`lgan joyning o`zida o`tkazish imkoni har doim ham bo`lavermaydi, shuning uchun joy va vaqt natija uchun ahamiyati bo`lsa, haqiqiy jinoiy hodisaga o`xshash bo`lgan joy va taxminan o`sha vaqt (kechki, kunduzgi, qor, yomg`ir kabi) belgilanadi. Ishning oqibati unchalik ahamiyatli bo`lmasa, vaqt omili tergovchining ixtiyori bilan belgilanadi. Hodisaning tekshirilishi uchun sovuq yoki issiqning ahamiyati bo`lsa, iqlim shunday sun`iy ravishda hosil etiladi, oldindan bu masalaga tayyorgarlik ko`riladi.
Tergovchi tergov eksperimentini o`tkazishda davlat va jamoat organlari vakillaridan hamda ayrim fuqarolardan topshirilgan ma`lum harakatning bajarilishini talab qilish huquqidan foydalana oladi.
Eksperiment o`tkaziladigan joy boshqa tuman territoriyasida bo`lsa, aniq shaxslarni jalb qilish shart bo`lmasa, umumiy tartibda hal qilinadi.
Xolislar, tergovchi va boshqa ishtirokchilar tomonidan bajarilgan harakatlarni o`z ichiga olgan, tergov harakatlarining mazmunan obyektivligini guvohlantiradilar. Xolislar faqatgina tergov harakatining guvohi bo`lmasdan, eksperimentning aktiv qatnashchilari sifatida ishtirok etishlari lozim. Tergov eksperimenti vaqtida uning ishtirokchilariga yuklatilgan vazifaning jiddiyligini anglashlari, vazifalarni bajarishda vijdonan munosabatda bo`lishlari, eksperiment vaqtida ma`lum bo`lib qolgan ish materiallarini sir saqlash lozimligini bilishlari shart.
Eksperiment tezkor ma`lumotlarga asoslanib o`tkaziladigan bo`lsa, tezkor xodimning qatnashuvi maqsadga muvofiqdir. Eksperiment o`tkazish davomida o`tkaziladigan sinovlarning mazmunini o`zgartirish bilan tezkor ma`lumotlarni ham tekshirish mumkin. Eksperiment o`tkazishda mutaxassisning ishtirok etishi ayniqsa muhimdir. Mutaxassis eksperiment vaziyatini qayta tiklash va o`tkazish oldidan qatnashuvchilarni joy-joyiga qo`yishga, texnik jihatdan to`g`ri o`tkazilishiga ko`maklashadi, shuningdek, eksperiment natijalariga baho berishda tergovchiga zarur bo`lgan maslahatlarni beradi.
Tergov harakatini o`tkazishga barcha tashkiliy masalalar yuzasidan tayyorgarlik ko`rilgandan so`ng kirishish mumkin.



Yüklə 109,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə