Тергов экспериментини ўтказиш тактикаси


Tergov eksperimentining natijalarini rasmiylashtirish



Yüklə 109,5 Kb.
səhifə4/4
tarix29.01.2023
ölçüsü109,5 Kb.
#99682
1   2   3   4
Tergov eksperimenti

4 Tergov eksperimentining natijalarini rasmiylashtirish

Tergov eksperimenti o`tkazilganligi haqida protsessual qonunning tegishli moddalarida nazarda tutilgan tartibda protsessual hujjat bo`lgan bayonnomada aks ettirilmog`i lozim. Har qanday tergov harakatining bayonnomasi kabi eksperiment bayonnomasi ham kirish, bayonot va yakunlovchi qismlardan iboratdir.


Bayonnomaning kirish qismida eksperiment o`tkazilishi uchun asoslar, kim tomonidan o`kazilganligi, tekshiruv zarurati, joyi, vaqti va qatnashuvchilarning ismi-shariflari ko`rsatiladi. Shuningdek, guvoh va jabrlanuvchilar ko`rsatuvlari tekshirilganda eksperiment o`tkazishdan oldin ular qasddan yolg`on ma`lumot berish va bosh tortish oqibatlari, ya`ni jinoiy javobgarlik haqida ogohlantirganligi to`g`risida ma`lumot va uni tasdiqlovchi imzolari kiritiladi.
Bayonnomaning ikkinchi qismi bo`lgan bayonot yoki tavsiflovchi bo`limi eng mas`uliyatli bo`lib, o`tkazilgan tergov harakatining tashkiliy bosqichidan to uning natijasi shakllangan vaqtigacha o`tkazilgan tekshiruv ishlari to`la o`z ifodasini topmog`i lozim.
Tekshiriluvchi holat-vaziyatning tavsifi, unga o`xshash bo`lgan shart-sharoitning yaratilishi, tajribalarning mohiyati, qanday tur va shakllarda namoyon qilib ko`rsatilganligi haqida mukammal yoritilishi lozim.
Tekshiruv o`tkazilishi jarayonida qo`llanilgan kriminalistik texnika vositalaridan - ovoz yozish, video tasvirga olish, kino va fotosuratga tushirish ishlari bayonnomaning mazkur qismida aks ettiriladi. Shu bilan birga eksperiment tajribalarini uyushtirish uchun tayyorlangan qoliplar (namunalar), mulaj va modellar ham nima uchun va qanday qo`llanilganligi bayon etiladi.
Eksperiment natijasida tekshirilgan holat, vaziyatlar, versiyalar o`z tasdig`ini topgan yoki topmaganligi, ular necha yo`nalishli tajriba yordamida tekshirilganligi va boshqa chora-tadbirlar qanday oldinma-ketinlikda o`tkazilgan bo`lsa, bayonnomada shunday holda yoritilishi lozim.
Bayonnomaning yakunlovchi qismi quyidagilarni aks ettirgan bo`lishi shart:
1) eksperimentni o`tkazishda ishtirok etgan shaxslar keltirgan ariza, shikoyat, iltimosnoma va e`tirozlari;
2) eksperiment tekshiruviga tayyorlangan buyumlarning individual hususiyatlari (shakli, rangi, o`lchovi va boshqa moddiy belgilari);
3) eksperiment o`tkazilgan joyning chizmasi, harakat va holatlar sxemalari;
4) bayonnoma barcha ishtirokchilar tomonidan tanishib chiqilganligi to`g`risidagi ma`lumotlar va bu ma`lumotlar ular tomonidan tasdiqlanganligi.
Eksperiment jarayonida qo`llanilgan kriminalistik texnika vositalarining mahsulotlari (kino, ovoz yozish, video tasmalari, foto-suratlar, chizmalar) bayonnomaga ilova qilinganligi ham ko`rsatilishi lozim. Tergov harakatining natijalarini qayd etib mustahkamlagan hujjat - bayonnoma protsessual jihatdan dalil manbai bo`lib xizmat qiladi va ayblov xulosasiga, so`ng sudning qaroriga (hukmiga) asos bo`ladi, shuning uchun bayonnoma yuqorida keltirilgan talablarga rioya qilinmay bajarilgan holda, bu hujjat haqiqiy kuchga ega bo`lmay qoladi, eksperiment jarayoni va natijalari daliliy xususiyatini yo`qotadi.
Tergov eksperimenti natijalarini baholash jinoyat ishidagi materiallar boshqa dalillar bilan solishtirib, ularni o`zaro bog`liqligi, bir-birini to`ldirishi asosida qabul qilinadi. Dalillarni baholashning tartib-qoidalari xususiyati qonun asosida bo`lib, umumiy prinsiplarni qo`llash bilan amalga oshiriladi.
Tergov eksperimentining natijalari tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi (salbiy) bo`lishidan qat`i nazar, har ikkala turi ham dalil bo`lib xizmat qiladi. Birinchi turi tekshirilayotgan hodisa dalilni to`g`ri bo`lishi ehtimol ekanligini, ko`rsatuvdagi dalillar hodisa haqiqat bo`lib o`tgan deb hisoblashga va tergovning keyingi navbatdagi chora-tadbirlarini to`g`ri belgilashga va o`tkazishga imkon beradi.
Ikkinchi turdagi natija, ya`ni eksperiment tekshiruvidagi holat vaziyatlarni tasdiqlamasa, inkor etsa, bu holda ko`rsatuvdagi holat dalillari noto`g`ri yoritilganligi, versiya noto`g`ri ekanligi aniqlanadi.
Eksperiment natijalari, ularning qanday shaklda, turda bo`lishidan qat`i nazar, qonun talabi asosida baholanishi va ish materialiga qo`shilishi zarur.
Sud muhokamasi jarayonida o`tkazilgan eksperimentning natijalari, sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi va tegishli talablar asosida baholanadi.
Ko`rsatuvni hodisa joyida tekshirishning protsessual qoidasi JPK 133-moddasida ko`rsatilgan bo`lib, unga binoan mazkur tergov harakatini o`tkazish oldidan surishtiruvchi yoki tergovchi xolislar ishtirokida tekshirilayotgan ko`rsatuvlarni e`lon qiladi. Ko`rsatuv bergan shaxsdan ularning to`g`ri yoki noto`g`riligini, qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritishga ehtiyoj bor yoki yo`qligini so`raydi, tekshirishning maqsadi va tartibini tushuntiradi. Basharti guvoh yoki jabrlanuvchining ko`rsatuvlari tekshirilayotgan bo`lsa, ular ko`rsatuv berishdan bosh tortganlik va atayin yolg`on ko`rsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlik haqida ogohlantiriladi.
Bir necha shaxsning ko`rsatuvi bir vaqtning o`zida va bir hodisa joyida tekshirilishi mumkin emas. Bu holda so`roq qilingan shaxslarning ko`rsatuvlari navbat bilan qaysi birlarining ko`rsatuvi jinoyat ishi yuzasidan muhimroq ahamiyatga ega ekanligini hisobga olib, shu shaxs ko`rsatuvidan boshlamoq tavsiya etiladi.
Protsessual qonunda ko`rsatilishicha mazkur tergov harakatini o`tkazish chog`ida ko`rsatuv bergan shaxs o`ziga ma`lum bo`lgan, tekshirilayotgan hodisaning ayrim sharoiti, holatini tiklaydi, ish uchun ahamiyatli bo`lgan narsalar, hujjatlar, izlar topilgan joylarni ko`rsatadi, ayrim harakatlarni namoyish qiladi, hodisa sodir bo`lgan joyda sharoitning o`zgarganligiga e`tiborni qaratadi, o`zining avvalgi ko`rsatuvlarini aniqlashtiradi va ularga oydinlik kiritadi.
Ushbu tergov harakatini o`tkazishda tergovchi hozir bo`lgan ishtirokchilarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi va bu to`g`risida tergov harakatining bayonnomasida qayd etadi. Tergov harakatining ishtirokchilariga tekshiruv maqsadi, vazifalari tushuntiriladi, ularning ishtirok etishdagi vazifasi belgilanadi.
Hodisa joyiga kelishda tergovchi ko`rsatuvi tekshirilayotgan shaxsga yo`lning to`g`riligi, hodisa joyiga yo`nalishni ko`rsatishni taklif etadi va boshqa qatnashuvchilarga bu harakatni diqqat bilan kuzatishni va ayrim ishga ahamiyatli bo`lgan holatlarga e`tibor berishni tavsiya etadi.
Hodisa joyida ko`rsatuvi tekshirilayotgan shaxs hech qanday chetdan ta`sir, sha`ma yoki yordamchi tushuncha so`zlar kiritilmasdan o`zi erkin ravishda tushuncha berishi lozim. Umumiy so`roq o`tkazishda qo`llanadigan tartib-qoida bu holatda ham to`liq tatbiq etilishi mumkin. Ba`zi hollarda mazkur tergov harakati o`tkazilgan va hodisa ro`y bergan vaqt orasida ma`lum muddat o`tgan bo`ladi. Shu sababli tushuncha berish jarayonida ilgari so`roq qilingan shaxs ayrim fakt va holatlarni yodidan chiqarib qo`yishi mumkin. Bunday sharoitda tergovchi so`roq qilingan vaqtdagi xabar-ma`lumotlarni uning ko`rsatuvidan o`qib e`lon qiladi va shu bilan voqeaning ayrim holatlarini eslashga yordam beradi.
Hodisa joyida olingan ma`lumotlar bilan ko`rsatuvni tekshirish jarayonidagi berilgan ma`lumotlar bir biriga zid bo`lsa, ko`rsatuvi tekshirilayotgan shaxs so`roq vaqtida nima sababdan noto`g`ri yolg`on ko`rsatuv berganligi tekshiriladi.
Shuningdek, hodisa joyida berilgan xabarlar ham noto`g`ri bo`lishi mumkin. Bunday hollarda tergov jinoyat sodir bo`lgan joyni ko`zdan kechirish natijalari bilan qiyoslab tekshirilayotgan ko`rsatuvning qaysi qismlari to`g`ri, qaysilari esa noto`g`ri yoki yoddan chiqarilgan ekanligini aniqlaydi. Zarur bo`lsa hodisa joyida qayta qo`shimcha so`roq o`tkazishi ham mumkin bo`ladi.
Yuqorida keltirilgan mulohazalar amaliyotda asosan ayblanuvchi va gumon qilinuvchilarning ko`rsatuvlari tekshirilganda kelib chiqadigan vaziyatlardir. Bunday vaziyatlar jinoyatni bir necha shaxslar tomonidan sodir etilgan hollarda ishtirokchilarning har birini jinoiy harakatini amalga oshirishdagi rolini aniqlash uchun zarur bo`ladi.
Jabrlanuvchi va guvohlarning ko`rsatuvlarini tekshirishda ham shunday vaziyatlar kelib chiqadiki, guvoh so`roq qilingan paytida aytgan ma`lumotlari yodidan ko`tariladi va hodisa joyida tekshirish vaqtida to`liq aniqlik kirita olmaydi. Mazkur holatlarda tergovchi ularni hodisa joyni ko`zdan kechirganda va shaxsni so`roq qilganda olingan ma`lumotlar bilan tanishtirib haqiqiy voqea holatlarini eslashga yordam beradi.
Ko`rsatuv bergan shaxs hodisa sodir bo`lgan joyda tekshirilayotgan hodisaning sharoit va holatini tiklaydi, ish uchun ahamiyatli bo`lgan narsalarni, hujjatlarni, izlarni qidirib topadi va ko`rsatadi, ayrim harakatlarni namoyish qiladi, tekshirilayotgan hodisada u yoki bu narsaning qanday ahamiyati bo`lganligini tushuntiradi.
Ko`rsatuvlarni tekshirish paytida hodisa sodir bo`lgan joy atrof-muhit sharoitining o`zgarganligiga e`tiborni qaratish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki tushuncha va aniqlik kiritish uchun ko`rsatuvi tekshirilayotgan shaxs o`zining avvalgi ko`rsatuvlarini aniqlashtiradi, ayrim holatlarni, bir-biriga bog`lanishlarni oydinlashtirib beradi. Mazkur holatlarda ko`rsatuvi tekshirilayotgan shaxsning harakatiga, tushuntirishiga aralashish, gap qo`shish yoki o`rgatish va ishora qiluvchi savollar berishga yo`l qo`yilmaydi.
Tergovchi ko`rsatuvi tekshirilayotgan shaxsga hodisa joyiga borish uchun yo`l marshrutini ko`rsatishni taklif qiladi, shunda barcha tergov harakati ishtirokchilari birgalikda ko`rsatilgan yo`l bo`yicha hodisa joyi tomon yo`l oladi. Ushbu vaqtda tergovni ko`rsatuvi tekshirilayotgan shaxsning erkin, hech qanday tashqi ta`sirsiz, mustaqil va o`z ixtiyori bilan yo`lni ko`rsatib, joyga borishi va u yerda qanday harakat yoki holatni bo`lganligini aytishini kuzatib turadi.
Ko`rsatuvi tekshirilayotgan shaxs hodisa joyini umumiy chegarasini belgilab ko`rsatadi, tergovchining tekshiruv, nazorat qiluvchi yoki qo`shimcha savollariga tushuncha beradi. Javob berishda so`roq qilingan shaxs jinoyat sodir qilingan joyning ayrim holatlarini, tekshirilishi lozim bo`lgan faktlarni dastavval so`roq qilinganda qanday tartib va oldinma-ketinlikda so`zlagan bo`lsa, shunday tarzda ko`rsatib, hodisa joyidagi o`zgarishlarni, buyum va ashyoviy dalil va izlarning topilgan, yashirilgan joylarini ko`rsatadi, tushuntirib beradi.
Hodisa joyida tergovchi ko`rsatuvi tekshirilayotgan shaxsga jinoiy harakatning ayrim vaziyatlarini takror ko`rsatish, uni kerak bo`lsa qiyoslab ko`rsatishni taklif qilishi, ayrim holatlarni jinoiy hodisa bilan bog`liqligini tushuntirib berishini talab qiladi. Tekshirilayotgan ko`rsatuvdagi holatlar hodisa joyidagi vaziyatga to`g`ri kelmasa, ba`zida ziddiyatli vaziyatlar mavjud bo`lib qolsa, tergovchi bular haqida savol-javob qilib ziddiyatli holatlarni bartaraf qilmog`i lozim.
Ko`rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsga u erkin so`zlab, tegishli harakatlarni namoyish qilganidan so`ng, ko`rsatuvdagi ayrim holatlarni oydinlashtiruvchi, shuningdek, uning eslash qobiliyatini faollashtiruvchi savollar berilishi mumkin. Tergov harakatida ishtirok etuvchilar ko`rsatuvi tekshirilayotgan shaxsga tergovchining ruxsati bilan savol berishlari mumkin.
Ko`rsatuvni hodisa joyida tekshirish natijasida aniqlanadigan ma`lumotlar quyidagicha ifodalanishi mumkin:
- so`roq vaqtida xabar berilgan joy haqiqatda hodisa ro`y bergan joymi yoki boshqami;
- hodisa sodir bo`lgan joy so`roq qilinganning ko`rsatuvidagiga to`g`ri keladimi;
- ko`rsatuvda bayon qilingan ashyoviy dalil topilgan joy, jinoyat sodir bo`lgan yoki izlari topilgan joylar qanchalik aniqlangani;
- ko`rsatuvda qayd qilingan shaxsning hodisa joyidagi harakati, qayerda va qanday harakatlarni sodir qilganligi;
- so`roq qilinganning ko`rsatuvida aytilmagan yangi holatlarning ma`lum bo`lishi.
Ma`lumki, shaxs ko`z o`ngida bo`lib o`tgan hodisalarni aynan hodisa ro`y bergan joyda batafsilroq so`zlab beradi.
Shu vaqtda olingan ko`rsatuv ilgari so`roq davomida olingan ma`lumotlarni to`ldiradi va aniqliklar kiritadi. Chunki u hodisa joyiga kelganda haqiqiy sharoit joyida binolar, gulzorlar va hokazolarning joylashishiga qarab ba`zi detallarni yodiga tushiradi. O`zining oldingi ko`rsatuvlarini to`ldiruvchi, isbotlovchi dalillarni keltiradi.
Tergovchining mazkur jinoiy hodisaga to`liq baho berishida shu hodisa vaziyatini qayerda, qanday sodir bo`lganligini bilish uchun tergov olib borilayotgan hodisani sodir qilgan ayblanuvchi bilan birgalikda chiqib o`sha joyni ko`radi, uning ko`rsatuvi qanchalik ishonarli ekanligiga ishonch hosil qiladi.
Bu harakatni o`tkazishning asosiy maqsadi to`plangan dalillar yuzasidan ularning qanchalik haqiqatga yaqinligiga baho berish, aniqrog`i ayblanuvchining bergan ko`rsatuviga baho berishdir.
Guvoh, jabrlanuvchi yoki ayblanuvchilarni tergov davrida bergan ko`rsatuvlarini ish bo`yicha to`plangan boshqa guvoh, ayblanuvchilarning ko`rsatuvlari yoki jinoyat hodisasi joyini ko`zdan kechirish davridagi to`plangan materiallar bilan taqqoslash usulida ham qanchalik real ekanligini bilish mumkin. Lekin ko`rsatuvi tekshirilayotgan shaxs o`zining ko`rsatuvini o`zi tasdiqlab berishi, aniqlik kiritishi jinoyat ishi bo`yicha to`g`ri xulosa chiqarishga yengillik beradi.
Tergov jarayonida to`plangan dalillar va ko`rsatuvlarda mavjud bo`lgan holatlar taqqoslanib ko`rilishi, ayniqsa guvoh, jabrlanuvchilar o`z ko`rsatuvlarini o`zlari o`sha hodisa joyida aslidaligicha bo`lmasa-da, aynan shu joyda shunday jinoiy harakatlar sodir bo`lganligini ko`rdim deb, hodisa joyida o`sha holatni ko`rsatib berishi ish uchun ahamiyatli dalil bo`lib xizmat qiladi.
Ko`rsatuvi tekshirilayotgan shaxsga daxldor bo`lgan barcha masalalarni izohlash uchun to`liq imkoniyat, erkinlik berilmog`i lozim. Uning voqea bilan bog`liq bo`lgan hikoyasini to`satdan kesib qo`yish tufayli, ko`rsatuvi tekshirilayotgan shaxs hayajonlanib, gapirmay xotiradan chiqarib qo`yishi va natijada ko`zlangan maqsadga erishmay qolish mumkin.
Lekin har qanday holatda ham tergovchining boshqaruvchilik roli va ta`siri sezilib turishi lozim. Uning topshiriqlari asoslangan, mantiqan ravon va to`g`ri ta`riflangan bo`lishi kerak. Chunki qo`pol va asossiz topshiriqlar doimo salbiy oqibatlarga olib keladi.
Voqea joyida ko`rsatuvni tekshirish harakati qanday vaziyatda o`tkazilmasin, jinoyat qanchalik xavfli va murakkab bo`lmasin, barcha hollarda ham ko`rsatuvi tekshirilayotgan shaxsning psixologik holatini, uning o`zini tutishi va harakatlarini kuzatib borishi lozimdir. Bu uslub so`roq qilinayotgan shaxs haqiqatda jinoiy hodisaning ishtirokchisi, guvohi bo`lmay, balki bu to`g`risida boshqalardan eshitib, mazkur joydagi holatning barcha detallarini bilmasligi va to`g`ri tushunchaga ega emasligi aniqlashishiga yordam beradi.
Agar ko`rsatuvi tekshirilayotgan shaxs voqea joyidagi vaziyat ta`siri ostida o`zining ilgarigi ko`rsatuvini rad etib, uni noto`g`ri deb e`lon qilsa, u holda ko`rsatuvni tekshirishni darhol to`xtatish va takroran so`roq o`tkazishga to`g`ri keladi. Bunday holda hodisa joyida ko`rsatuvni tekshirish harakatining bayonnomasida “so`roq qilingan shaxs tekshirilayotgan voqeaning joyini va holatini ko`rsata olmadi va ilgari bergan ko`rsatuvini o`zgartirdi”, deb bayonnomada qayd etiladi.
Tergov amaliyotida shunday holatlar uchraydiki, so`roq qilingan shaxsning ko`rsatuvini hodisa joyida tekshirishda mazkur shaxs ilgari so`roq paytida aytmagan yangi holatlar to`g`risida, ya`ni jinoyatning ayrim moddiy izlari to`g`risida, jinoyat quroli, o`g`irlangan buyum yoki yashirib qo`yilgan ashyoviy dalillar joyini ko`rsatishi mumkin. Bunday holda ko`rsatuvni tekshirish natijasida yangi holatlar ochilishi, yangi ma`lumotlar olinishi mumkin. Bu holatlar bayonnomada aniq va ravshan aks ettirilishi lozim. Shuningdek, mazkur holatlar fotosurat yoki videotasvir yordami bilan mustahkamlansa maqsadga muvofiq bo`ladi.
Hodisa joyida ko`rsatuvi tekshirilayotgan shaxs o`zi so`zlab va harakatlarni namoyish qilib bo`lgach, unga savollar berilishi mumkin. Tergov harakatini o`tkazishda qatnashayotgan shaxslar tergovchi va sudning e`tiborini, ularning fikricha ish holatlarini aniqlashtirishga yordam beradigan barcha narsalarga qaratishga, ba`zi harakatlarni takrorlanishini talab qilishga haqlidir.
Ba`zida shunday holatlar ham kelib chiqadiki, tergovchi jinoiy oqibati mavjud bo`lgan yoki izlarni, dalillarni berkitilgan joylarini ko`rmagan va bilmagan bo`ladi. Bu holat ko`rsatuvni joyida tekshirish jarayonida ma`lum bo`ladi. Bunday hollarda tergovchi ko`rsatuv tekshirish chog`ida shu joyni to`la tekshirib, so`ngra uni protsessual rasmiylashtirib, keyin alohida takroriy so`roq o`tkazishi lozim.
Hodisa joyida so`roq qilingan shaxsning ko`rsatuvini tekshirish esa, o`z nomi bilan belgilanib turganidek, ko`rsatuvdagi ayrim holatlarni, faktlarni, tekshirishdan iborat bo`lib, undagi ma`lumotlar to`ldirilishi, aniqlanishi, tasdiqlanishi mumkin.
Ko`rsatuvni hodisa joyida tekshirish jarayonida ko`rsatuvi tekshirilayotgan shaxsning tushuntirishi bayoni ko`rsatuvdagi holatlarga to`g`ri kelmasa, tergovchi bunday vaziyatning sababini aniqlab savollar beradi. Hodisa joyida berilayotgan ma`lumot, ko`rsatilayotgan joy, izlar va ashyoviy dalillar (qurollar)ni topilgan joyi so`roqda olingan ko`rsatuvning mazmunidagi ma`lumotlarga to`g`ri kelmasligi, ziddiyatli vaziyatlarning bartaraf etilishi, savol-javob bilan qaysi manbadan olingan ma`lumot to`g`ri bo`lib, qaysilari noto`g`ri ekanligini aniqlash lozim bo`ladi. Hodisa joyidagi ma`lumotlar to`g`ri bo`lib, haqiqiy real ekanligi aniqlansa, so`roqda olingan ma`lumotlar noto`g`ri ekanligi, uning sababi, qasddan yolg`on ko`rsatuv berganmi yoki yodidan ko`tarilib boshqa sabablarga ko`ra англашмовчиликлар келиб чиққанми, мана шу ҳоллар бартараф қилинмоғи лозим.
Yüklə 109,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə