Termiz-2023 Mavzu: Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash fanining maqsadi va vazifasi. Reja: Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash fanining maqsad va vazifalari. Ijodkorlik tushunchasining mohiyati. Bozor munosabatlari sharoitida ijodiy faoliyatning



Yüklə 5,02 Mb.
tarix29.09.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#124822
Ochiq dars taqdimot


Termiz-2023
Mavzu: Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash fanining maqsadi va vazifasi.
Reja:
1. Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash fanining maqsad va vazifalari.
2. Ijodkorlik tushunchasining mohiyati.
3. Bozor munosabatlari sharoitida ijodiy faoliyatning ahamiyati.
4. O‘quvchilar texnik ijodkorligining pedagogik va psixologik xususiyatlari.
Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash fanining maqsad va vazifalari.
Talabalarning texnik tafakkurini va mehnatga ijodiy munosabatini rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida fan texnika taraqqiyotini jahon talablari darajasiga ko‘tarish, mahsulot sifatini tubdan yaxshilashni, ishlab chiqarishning yuqori
samaradorligini ta’minlay oladigan yosh avlodni tarbiyalash eng muhim vazifa hisoblanadi.
Bu fanning asosiy maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, akademik litsey va professional ta’lim muassasalarida, maktabdan tashqari ta’lim muassalarida o‘quvchilar ijodiy faoliyatini tashkil qilishning ilmiy metodik asoslarini o‘rgatishdan iboratdir.
Ushbu maqsadga erishishda quyidagi vazifalarning hal etilishi ko‘zda tutilgan
1.O‘quvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish jarayonida texnik ijodkorlik va dizayn asoslariga oid bilimlar tizimiga ega bo‘lish;
2. Texnik ijodkorlikning tashkiliy va iqtisodiy asoslari bilan tanishish;
3.Kashfiyot, ixtirochilik, ratsionalizatorlik va patentlash asoslari bo‘yicha tushunchalarga ega bo‘lish;
4.Texnik masalalarni еchish metod va usullaridan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish;
5.Texnik ijodkorlik ob’ektlari uchun texnik hujjatlarni tuzish;
6.Mustaqil ravishda texnik ob’ektlarni va ularning modellarini loyihalay olish; va boshqalar
Ijodkorlik tushunchasining mohiyati.
Odatdagi tushunchaga ko‘ra ijod ozchilik kishilarning, buyuk san’at asarlarini, yangi mashinalarni, dastgohlar va hokazolarni yaratadigan iste’dodli odamlarning qismatidir. Lekin ijod buyuk asarlar yaratishdan iboratgina emas, balki kishining fikr yuritishi, biror tadbirni o‘ylab topishi, ozgina bo‘lsa-da, qandaydir yangilik yaratishi ham ijoddir. Ijod jarayoniga tasodif sifatida emas, balki muayyan qonuniyatlar asosida amalga oshuvchi jarayon sifatida qarash lozim.
Tadqiqotning ob’yekti
Bozor munosabatlari sharoitida ijodiy faoliyatning ahamiyati.
Oliy pedagogik ta’lim muassasalarida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchisi texnik ijodkorligini shakllantirish masalasi ko‘p qirrali bo‘lib, u talabalarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning samarali yo‘llarini aniqlash va mazmunini muvofiq tanlash birgalikda, o‘quv jarayonida texnik ijodkorlikni bo‘lajak mutaxassislarning ijtimoiy va kasbiy tayyorgarligini umumlashtirishning aniq usul va vositalarini ishlab chiqishdek muhim pedagogik vazifani o‘z ichiga oladi. Shuningdek, ushbu jarayon vatanimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni aks ettirishi va zamonaviy ilmiy talablarga to‘la javob berishi kerak.

O‘quvchilar texnik ijodkorligining pedagogik va psixologik xususiyatlari.

Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida ijodiy mehnat bashariyatni olg‘a xarakatlantiruvchi asosiy omil bo‘lib kelgan. Shunday ekan, yosh avlodni ijodiy mehnatga o‘rgatish, uni o‘z zamonasining eng ilg‘or bilimlari bilan qurollantirish barcha davrlarda hamma xalqlar uchun eng dolzarb vazifa hisoblangan. Texnik ijodkorlikni tashkil qilishda, ikki o‘zaro bog‘liq vazifani e’tiborga olish lozim. Ularning birinchisi, talabalarning ijodkorlik faoliyatida mustaqil fikrlashini rivojlantirish, bilimlarni egallashdagi intiluvchanligi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirilishi bilan, ikkinchisi, o‘zlashtirilgan bilimlarni ta’limda va amaliy faoliyatda mustaqil qo‘llay olishga o‘rgatish bilan belgilanadi.


Ijodkorlikka bo‘lgan ehtiyoj psixofiziologik jihatdan qaralganda, bir nechta bosqichlarda amalga oshadi. Bulardan birinchisi havas - ehtiyojning - eng sodda shakli bo‘lib, inson tomonidan ongli boshqariladi. Ikkinchisi, nisbatan yuqoriroq rivojlanish bosqichi bo‘lgan xohish ham inson tomonidan ongli boshqarilib, u shaxsning ma’lum buyum yoki hodisaga nisbatan munosabatlari majmuasini ifodalaydi. Uchinchisi, eng murakkab bosqich bo‘lgan qiziqish, xohish va u bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalar asosida yuzaga keladi. Qiziqish hayotdagi tashqi ta’sirlar, shaxs faoliyati hamda ta’lim-tarbiya jarayoni ta’sirida shakllanib boradi.
Bu holatlar psixologik omillar - diqqat, idrok, tushuncha, xotira, fikrlash, sezgi va iroda xislatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, shaxsning shakllanishida alohida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Intellekt hamda intellektual mulk tushunchalarini tavsiflab bering.
2.Ijodkorlik nima? O‘quvchining darslardagi faoliyatida ijodkorlik misollarini keltiring.
3.Har bir mavzuni o‘rganish borasida o‘quvchilarni ijodkorlik va tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish uchun nima qilish zarur?
4.Deylik, siz ijodkorlik qobiliyatlarini o‘rganuvchi tadqiqotchisiz, o‘zingizning ish rejangizni tuzing. Siz qanday kuzatishlar va sinovlar o‘tkazishingiz lozim?
5.Ijodiy fikrlash nima?
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə