Termiz davlat pedagogika instituti


Temuriylar davrida xattotlik



Yüklə 474,17 Kb.
səhifə22/41
tarix16.02.2023
ölçüsü474,17 Kb.
#100909
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41
Madaniyatshunoslik fanidan ma\'ruza matni

Temuriylar davrida xattotlik, tasviriy san'at va rausiqa madaniyati rivoj topdi. Bu sohada Mirali Tabriziy, Shayx Muhammad, Junaid Naqqosh, Temuriylar davri xattotligi va naqqoshligi maktabi atoqli vakillari: Sultonali Mashhadiy, Abdujamil Kotib, Darvesh Muhammad Toqiy, Mirali Qilqalam, Sulton Muhammad Nur va boshqalarning ijodi benazirdir. Masalan, nastaliq xatining mislsiz ustozi, «Qiblat ul-kuttab» (Kotiblar peshvosi) unvoni sohibi Sultonali Mashhadiy A.Navoiy va H.Boyqaroning ko'plab bebaho qo'lyozmalarini kitobot holiga keltirishda katta zahmat chekkan. Bundan tashqari Nizomiy, Farididdin Attor, Xo'ja Xofiz, Sa'diy Sheroziy, Husrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy singari mumtoz adabiyotimiz daholarining ko'plab asarlari ham uning betinim sa'y-harakatlari bilan ko'chirilib, avlodlarga armug'on etilgan.
Tasviriy san'atda. Shamsiddin Muhammad ibn Abdulhay, Shayx Turoniy, Abdulla Hiraviy, Ustoz Gung, Ustoz Jahongir nomlari alohida ko'zga tashlanib turadi. Ular chizgan yorqin tasvirlar, portretlar, tabiat manzaralari yohud jang tafsilotlari o'zining tabiiyligi, Einiqligi va origmalligi bilan kishini hayratga soladi.
Amir Temur nabirasi (Shohruh Mirzo o'g'li) Boysunqur Mirzo homiyligida bunyod topgan o'ziga xos badiiy akademiya rolini o'ynagan uning Nigoristonida ijod qilgan ko'plab mo'yqalam sohiblari tomonidan mukammal tarzda ishlangan son-sanoqsiz rangli tasvirlar, miniatura namunalari, kitob bezaklari, chunonchi, hind xalqi eposi «Kalila va Dimna», Sa'diyning «Guliston», Firdavsiyning «Shohnoma», Nizo-miyning «Xamsa» va boshqa asarlarga ishlangan tasviru bezaklar hanuzga qadar ham o'z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Musavvirlik san'atinmg tengi yo'q yulduzi Kamoliddin Behzod (1455-3537) ijodi ham Temuriylar davri san'atining yuqori cho'qqisi hisobfanadi. Uning mo'yqalamiga oid hadsiz-hisobsiz rangin tasvirlar, chunonchi, Yazdiyning «Zafarnoma», Jomiyning «Salomon va Ibsol», Sa'diyning «Bo'ston» va «Guliston», Nizomiyning «Xamsa» asarlariga ishlangan miniatura namunalari yohud Hirotdagi «Bog'i Behisht», «Ov qilayotgan Bahrom Go'r», «Tuyalar jangi» tasvirlari va shunga o'xshash rassomchilik asarlari bu tug'ma ijodkor iste'do-dining yuksak mahorati namunalaridir.

Yüklə 474,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə