Termiz davlat pedagogika instituti


Temuriylar davri madaniy hayotida musiqa san'ati



Yüklə 474,17 Kb.
səhifə23/41
tarix16.02.2023
ölçüsü474,17 Kb.
#100909
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
Madaniyatshunoslik fanidan ma\'ruza matni

Temuriylar davri madaniy hayotida musiqa san'ati ham alohida o'rin tutgan. Alisher Navoiy «Mezonul-avzon» asarida xalq qo'shiq-chiligining sakkiz turi rivojlanganiigini qayd etadi. Bular - tuyuq, changchi, Uirkiy, orzuvoriy, muhabbatnoma, mustahzod va shu kabilar. Amir Temur davrida san'at va musiqa olamida mashhur bo'lgan siymolardan biri Abduqodir Go'yanda (1334-1435) bo'lib, uning hayotining katta qismi Samarqandda kechgan. Temuriylar davri musiqa san'atida Hirot ijodiy muhitining o'rni benihoya katta bo'lgan. Hirot musiqashunoslari o'z ijodlarida Navoiyning she'r va g'azallaridan keng ijodiy foydalanganlar.
Badiiy adabiyot. Amir Temur va temuriylar davri madaniy muhitining yorqin sahifasini turkiy (eski o'zbek) adabiyotining ravnaqisiz tasawur etib bo'lmaydi. Negaki, sarchashmalari ancha olis davrlardan boshlangan bu adabiyot bu vaqtga kelib yanada sayqal topib, uning badiiy imkoniyatlari yangi ufqlar kashf etib, yuksak rivojlanishga erishdi. Buning natijasida yangi-yangi nomdor shoiru adiblar ijod maydoniga kirib kelib, o'z betakror, umrboqiy asarlari bilan badiiy tafakkur xazinasiga salmoqli hissa qo'shdilar.
O'zbek mumtoz adabiyotining tamal toshini qo'ygan Mavlono Lutfiy (1366-1465) dan boshlab Haydar Xorazmiy (XIV asr oxiri, XV asr boshlari), uning zamondoshlari Durbek, Gadoiy, Atoiy,
Sakkokiy singari zabardast turkigo'y shoirlar ijodining ravnaqi tufayli mumtoz adabiyotimiz yangi marralarga ko'tarildi va uning xilma-xil janrlarida bir-biridan go'zal va nafis badiiy asarlar yaratildi.
Lutfiiyning turkiy devoni, Xorazmiyning «Mahzanul asror» (Sirlar xazinasi), Durbekning «Yusuf va Zulayxo» asarlari yohud Gadoiy va Atoiylarning ishq-muhabbat, hayot nash'u namosini, inson shaxsi va uning yuksak orzu-armonlari, intilishlarini kuylagan otashnafas she'r-g'azallari, qasidalari - bular mumtoz o'zbek adabi-yoti rivojining muhim yutug'idir. Mazkur asarlarda o'zbek tilining jarangdorligi, uning badiiy imkoniyatlarining benihoyaligi, qolaversa, uning halqchilligi, yuksak estetik qudrati va ta'sirchanligi to'la kuch bilan ifodalanganligi ko'zga tashlanib turadi.
O'zbek adabiyotning yanada yuksak darajaga ko'tarilib, keng e'tirof topishida ulug' o'zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy (1441-1501) ijodi alohida o'rin tutadi. Negaki she'riyat mulkining sultoni Navoiy o'ziga qadar bo'lgan turkigo'y shoirlar ijodi erishgan yutuqlarni o'zida mujassamlashtiribgina qolmay, balki ayni zamonda o'zining serqirra ijodi bilan bu adabiyotning yuksak kamol topishi va dovrug'ini ko'tarilishiga mislsiz ulush qo'shdi.
Navoiy «Xamsa»siga kirgan «Hayratul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sabbayi sayyor», «Saddi Iskandariy» doston-larining har biri o'zining bebaho ma'naviy qudrati, badiiy yuksakligi, til boyligining mukammalligi bilan ajrafib turadi. Eng muhimi, o'zbek tilida ilk bor «Xamsa» bitishdek g'oyatda mashaqqatli vazifani sharaf bilan ado etgan Navoiy dahosi har qancha tahsinga sazovordir.
Ulug' mutafakkir asarlarini mutolaa qilar ekanmiz, ularda aks etgan, ilgari surilgan chin insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnat-sevarlik, hayotga oshuftalik, keng ma'nodagi ishq-rnuhabbat g'oyalari vujudimizni qamrab oladi, o'ziga maftun etadi. Bit ham Navoiy ijo dining umrboqiyligidan, umumbashariy qadriyatlar ruhi bilan chuqur sug'orilganligidan yaqqol dalolatdir.
Shu bilan birga, bu davrda fors-tojik adabiyoti ham an'anaviy tarzda rivojlanishda davom etdi. Bu adabiyot dovrug'ini baland ko'targan, yuksak badiiy ijod namunalarini yaratgan Kamol Xo'jandiy, Xofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Binoiy, Hiloliy va Vosifiy singari daho so'z san'atkorlari nomini alohida tilga olib o'tish joizdir. Ularrimg yuksak badiiy tafakkur ila yaratilgan umrboqiy asarlari, mana, necha asrlardirki, tarix va davrlar sinovidan o'tib, qanchalab avlodlar ongi: shuurini yolqinlantirib kelmoqda,
Shunday qilib, Amir Temur va Temuriylar davri Vatanimiz xalqlarining hayotiy taqdirida, uiarning ijtimoiy taraqqiyotning yuksak marralariga ko'tarilib borishi davomida o'chmas iz qoldirgan alohida bir tarixiy bosqich bo'ldi. Eng muhimi, bu davr Amir Temurdek buyuk siymoni tarix maydoniga chiqardi. Bu zoti sharif va uning avlodlarining mislsiz sa'y-harakatlari, bunyodkorlik faoliyati tufayli Movarounnahr va Xuroson o'lkalari ulkan o'zgarishlarga yuz tutdi. Mo'g'ullarning bir yarirn asrlik bosqini va zulm-asoratidan butunlay xalos bo'lgan ona yurtimiz qudratli saltanat darajasiga ko'tarildi. Ayni chog'da, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'naviy jihatlardan yuksalib, jahonga dovrug' taratdi. Ulug' ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan moddiy va ma'naviy madaniyatning yuksak namunalari, dur-u javohirlari mana necha asrlardirki, jahon ahlini hayratga solib, minnatdor avlodlar ardog'ida e'zozlanib kelmoqda.



Yüklə 474,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə