Termiz davlat universiteti boshlang’ich ta’lim metodikasi


-Boshlang`ich sinf matematika darslarida uzunlik o`lchov birliklarini o`rganish



Yüklə 86,53 Kb.
səhifə5/11
tarix11.10.2023
ölçüsü86,53 Kb.
#126722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-sinfda uzunlik olchov birligini oqitish texnologiyasi

3-Boshlang`ich sinf matematika darslarida uzunlik o`lchov birliklarini o`rganish


Boshlang`ich sinflarning dasturida matematik material bilan uzviy bog`liqlikda turli uzunlik o`lchashni ham o`rganish nazarda tutilgan. Uzunlik o`lchashlarsiz tabiatni, borliq olamni o`rganish mumkin emas. Uzunlik o`lchashda turli ob`ektlarning, borliq dunyoning xossalari aks etgan. Uzunlik o`lchash bu narsa yoki hodisaning biror xossasi bo`lib, uni boshqa narsa yoki hodisaning shu xossasi bilan taqqoslash va ulardan qaysi biri shu xossaga ko`proq darajada ega ekanligini aniqlash mumkin. Uzunlikni o`lchash tushunchasi murakkab tshuncha bo`lib, o`quvchilarning maktabda butun o`qish davrida shakllantiriladi. Boshlang`ich maktabning vazifasi shundaki, u bolalarda miqdorlarni o`rganishning intuitiv tushunarli usulini hosil qilishdir, buning natijasida bolalarda uzunlikni o`lchash narsalar va hodisalarning o`lchash bilan bog`liq bo`lgan xossalari ekanligi haqida tasavvurlar hosil bo`lishi kerak. Boshlang`ich maktabda bolalarga uzunlik, sig`im, massa, yuz, vaqt haqida dastlabki tasavvurlar beriladi.
Har bir uzunlik o`lchashni o`rganish uslubiyotining o`ziga xos xususiyatlari mavjud bo`lsa-da, biroq narsaning yoki hodisaning xossalarini o`rganishga umumiy yondashish uzunliklarni o`lchashni o`rganishning umumiy uslubiyoti haqida gapirish imkonini beradi. Bu uslubiyot asosida amaliy usul yotadi. Narsalar bilan ishlash asosida, aniq-hissiy qabul qilish qobiliyatiga tayanib, kichik yoshdagi maktab o`quvchilarini uzunlikni o`lchash uchun umumiy bo`lgan xossalari bilan tanishtirish mumkin.
U z u n l i k l a r n i o ` l c h a s h n i o ` r g a n i s h b o ` y i c h a d a r s n i t a s h k i l e t i s h m е t o d i k a s i taxminan bunday:

  1. bosqich. Narsaning ko`plab xossalari orasidan o`rganilayotgan xossani aniqlash. Bu bosqichda o`rganilayotgan xossalarni taqqoslash usulidan foydalaniladi. Har bir narsa yakkalab qo`yilmasdan, balki boshqa narsalar bilan taqqoslagan holda beriladi. Dastlab taqqoslanayotgan xossalar

orasidagi farq keskin bo`lishi lozim. Bolalar belgilar orasidagi farqni tushunib olganlaridan so`ng, farq kamaytirilishi mumkin. Masalan, bunday taqqoslaymiz: kitoblar solingan portfel og`irroqmi yoki daftarmi, dars uzunroqmi yoki tanaffusmi, sinf xonasi ko`p joyni egallaganmi yoki sport zalimi?

  1. bosqich. Bir jinsli xossalarni taqqoslashni turli usullar bilan o`tkazish mumkin: ko`z bilan ko`rib, hissiy yo`l bilan, ustiga qo`yish bilan, turli o`lchovlar yordamida.

  2. bosqich. Atamani kiritish va uzunlikni o`lchash birligi bilan tanishtirish.

  3. bosqich. O`lchov asbobi bilan va unda foydalanish qoidalari bilan tanishtirish.

Bolalar uzunlik jismning davomiyligini, narsaning o`lchamlarini tavsiflaydigan xossasi ekanligi haqidgi tasavvurlarni maktabgacha bo`lgan davrlardayoq hosil qilganlar. Bolalar uzunroq-qisqaroq, keng-tor, baland-past, yo`g`on-ingichka munosabatlarini to`gri aniqlay oladilar. O`qitishning navbatdagi vazifasi – o`lchash ishining mohiyatini ochib berish, uzunlikning turli o`lchov birliklarining ahamiyatini ko`rsatish va o`lchov asboblaridan foydalanishga o`rgatishdan iborat. Tayyorgarlik bosqichining birinchi darslaridayoq o`qituvchi “uzunlikni o`lchash” tushunchasini rivojlantirish imkoniyatiga ega. “uzunlikni o`lchash” so`zining o`zi ko`pchilik bolalarga tushunarli emas, chunki ular bu so`zni juda kam eshitadilar. O`qituvchining vazifasi narsalarning xossasi taqqoslanayotganda bu taqqoslashni uzunlikni o`lchash jihatdan ifodalash mumkinligini, uzunlikni o`lchash haqida so`zlash mumkinligini har doim ko`rsatib borishdan iborat.
“Uzun. Qisqa” mavzusi bo`yicha dars parchasini keltiramiz.
D a r s n i n g m a q s a d i. Uzunlik tushunchasini jismning o`lchamlarini tavsiflaydigan xossasi sifatida shakllantirish. Ish narsalarning uzunliklarini ko`z bilan chamalab va ustigs qo`yish usuli bilan taqqoslashdan boshlanadi.
A m a l i y i s h . gorizontal tortilgan ipga eni bir xil, lekin rangi va uzunligi turlicha bo`lgan lentalar ilingan. Balalar qaysi lenta uzunroqligini, qisqaroqligini, bir xil uzunikda ekanligini ko`z bilan aniqlaydilar. Lentalarni ip ustiga siljitib, o`qituvchi ularni ustma-ust tushiradi. Bolalarning e`tiborini shunga qaratadi: lentalarning uchlari, ustma-ust tushgan bo`lsa, endi ularning oxirlariga qaraymiz va qaysi holda “uzunroq”, “qisqaroq”, “bir xil uzunlikda” deb aytishimizni aniqlab olamiz. Mustahkamlash uchun frontal amaliy ish o`tqaziladi.
Bolalarga uchtadan qog`oz tasmalar (poloskalar) tarqatiladi (ikkitasi bir xil, uchinchi tasma esa uzunligi bo`yicha bu ikkitasiga teng emas). Bu qog`oz tasmalarni uzunligi bo`yicha qanday taqqoslash mumkin?
Tasmalarni bir-birining ustiga shunday qo`yingki, qaysi tasmalar bir xil, qaysi tasma esa uzunroq ekani ko`rinib tursin. Keyin tasmalarni ustma – ust tushirish mumkin bo`lmagan holat yaratiladi. Buning uchun uzunligi turlicha bo`lgan ikkita tasma doskaning turli qismlarida turli balandliklarda o`rnatiladi.
Uchinchi tasmani o`qituvchi qo`lida ushlab turadi. Qaysi tasma uzunroq? Bolalar bilan birgalikda o`qituvchi bunday xulosaga keladi: uchinchi tasmani birinchi tasmaning ustiga qo`yish kerak, ular ustma – ust tushdi, demak, bu tasmalar teng. Keyin uchinchi tasmani ikkinchi tasmaning ustiga qo`yiladi, u uchinchi tasmadan uzunroq ekan. Qaysi tasma uzunroq, ikkinchi tasmami yoki birinchi tasmami?
Bunday xulosa chiqariladi: agar birinchi tasmaning uzunligi uchinchi tasmaning uzunligiga teng bo`lsa, ikkinchi tasmaning uzunligi esa uchinchi tasmaning uzunligidan katta bo`lsa, u holda birinchi tasmaning uzunligi ikkinchi tasmaning uzunligidan kichikdir. Shunga o`xshash ish va xulosani uzunligi bo`yicha bir xil, biroq rangi bo`yicha turlicha uchta cho`p ustida ham bajaramiz.
So`ngra frontal ish o`tkaziladi. Bolalarga bir nechta bir xil kanop kesmalari tarqatiladi (1 variant – 3 ta kesma, 2 variant – 4 ta kesma). Bolalar kesmalarning uzunliklari bir xil ekaniga ishonch hosil qiladilar. Keyin kesmalar tugun qilib bog`lanadi. Bolalar hosil bo`lgan kesmaning uzunligi bog`langan kesmalar uzunliklari yig`indisiga teng ekanligini, 2 variantdagi kesma esa uzunroq ekanini payqaydilar, chunki bunda kalta kesmalar ko`proq edi. 1 va 2 variantdagi kesmalarni ustma – ust qo`yib, bu xulosa tekshiriladi.
Bolalar darslikdagi vagonlar ulangan poyezd tasvirlangan mashq ustida ishlab shunga o`xshash xulosaga keldilar. O`qituvchi bolalarning e`tiborini vagonchalar bir xilligiga qaratdi. Shuning uchun vagonchalarni sanash va qaysi poezyd uzunroqligini aytish kifoya. Buni o`quvchilar sekin mustahkamlashishi sababli bunga o`xshash mashqlarni keyingi darslarga muntazam kiritib borish kerak. Masalan, keyingi darsda frontal amaliy ish o`tkaziladi. Bolalar ichiga turli uzunlikdagi 5 – 6 ta qog`oz tasma (cho`plar, lentalar) solingan konvertlar oladilar.
T o p s h i r i q : eng uzun tasmani, keyin qisqaroq tasmani va eng qisqa tasmani toping.
Navbatdagi darslarda “uzunlik” tushunchasi kengaytiriladi. Bo`yi, eni, qalinligi, balandligi so`zlari kiritiladi.
O ` q i t u v c h i : Sinfimizdagi doskaga qarang. Bu doskaning (uzunligi) bo`yi (qo`li bilan chapdan o`ngga tomon ko`rsatadi). Doskaning o`lchamini yana qanday ko`rsatish mumkin? (yuqoridan pastga). Demak, doskaning o`lchamlarini ikki yo`nalishda ko`rsatish mumkin. Ularni chalkashtirmaslik uchun doskaning eni (kengligi) deb gapiriladi.
O`z ish o`rningizga qarang. Qo`lingiz bilan partaning uzunligini (bo`yini), partaning enini ko`rsating. Darslikning yana qanday o`lchamini ko`rsatish mumkin? O`qituvchi darslikni ikkita barmog`i bilan ushlab ko`rsatadi (qalinligini). Daftar va darsligingizni solishtiring. Qaysi biri qalin? Qaysi biri yupqa?
Darslik bo`yicha ishlash bu tushunchalarni mustahkamlaydi. Atrofingizga qarang va xossalarini yangi so`zlar bilan taqqoslash mumkin bo`lgan narsalarni ayting.
Yakunlab, o`qituvchi bunday deydi: “Biz bugun yangi tushuncha – uzunliklarni o`lchash bilan tanishdik. Narsalarning xossasini taqqoslash mumkin bo`lgan holda uzunlikni o`lchash haqida gapiriladi. Narsalarning o`lchamlari haqida gapirilganda turli so`zlar bo`yi, eni, balandligi, qalinligi deb aytiladi. Agar narsanig bir yo`nalishdagi o`lchami haqida gapiriladigan bo`lsa, ko`pincha “bo`yi”, uzunligi so`zini aytadilar”.
Birinchi sinfning ikkinchi choragida “narsaning uzunligini shartli o`lchov yordamida o`lchash” darsida o`lchov tushunchasi kiritiladi. O`qituvchi doskaning turli qismlarida bir – biridan uzoqlikda uzunligi bo`yicha kam farq qiladigan ikkita kesma chizadi .


Qaysi kesma uzunligini qanday aniqlash mumkin? Kesmalarni biz bir – birining ustiga qo`ya olmaymiz. Hosil bo`lgan muammo ko`chirib yurish mumkin bo`lgan uchinchi kesmani kiritish bilan hal bo`ladi. O`lchovning zarurligi shunday kiritiladiki. O`lchov – bu o`lchov vositasi sifatida kiritiladigan kesmadir, o`ziga xos o`lchov qurolidir. Qog`oz tasmalarni o`lchovlar yordamida taqqoslashga doir mashqlar darslikda bor. Turli rangli qog`oz tasmalar bir xil to`g`ri to`rtburchaklarga bo`lingan. Qaysi tasma uzunroq?


O`lchovlarni sanash sonlarni beradi, biroq bu sonlar tasmalarning uzunliklarini taqqoslashga yordam beradi. O`lchovlar bilan yana bajariladigan amaliy ishlar ushbu xulosaga olib kelishi kerak.

  1. Kesmalarni turli o`lchovlar bilan o`lchash mumkin, bunda har bir hol uchun qaysi o`lchov qulay ekanligini aniqlab olish kerak.

  2. Ikkita kesmaning uzunliklarini taqqoslash uchun ularni bitta o`lchov bilan o`lchash lozim.

  3. Barcha uchun bir xil o`lchovga ega bo`lish zarur.

Bu masalalarni ochib berishga alohida darslar ajartilmaydi, shu sababli og`zaki sanoqqa qog`oz tasmalar va o`lchovlar bilan ishlashni muntazam ravishda kiritib borish kerak.

Yüklə 86,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə