|
Termiz davlat universiteti boshlang’ich ta’lim metodikasiSantimetr (sm) Detsimetr (dm) 1 dm = 10 sm
|
səhifə | 9/11 | tarix | 11.10.2023 | ölçüsü | 86,53 Kb. | | #126722 |
| 2-sinfda uzunlik olchov birligini oqitish texnologiyasi Santimetr (sm) Detsimetr (dm) 1 dm = 10 sm
1 dm > 1 sm
4.Boshlang`ich sinflarda matematika darslarida uzunlik o`lchov birliklarini o`rganishga doir tavfsiyalar.
Ikkita kesma chizing. Birinchi kesmaning uzunligi 9 sm, ikkinchisiniki esa undan 6 sm qissqa bo`lsin.
Daftarning bo`yidan 8 sm qisqa bo`lgan kesma chizing.
Ikkita kesma berilgan. Qaysi kesma uzunligini ko`zingiz bilan chamalab aniqlang. O`lchab tekshiring. Chizg`ich bo`lmasa, kesmalarni qanday o`lchash mumkin?
7 sm uzunlikdagi kesmani chamalab chizing. Chizg`ich bilan tekhiring, qanchaga yanglishibsiz.
Santimetr bilan barmog`ingiz yo`g`onligini, tirnog`ingiz uzunligini taqqoslang.
Har bir barmog`ingiz uzunligini, kaftingizni enini, gugurt qutisining bo`yini, enini, balandligini, likopchaning kengligini o`lchang.
Detsimetrda o`lchov bilan kanopning, lentaning, qog`oz tasmaning uzunligini o`lchang.
Sinfdagi qaysi narsalarning bo`yi, eni, balandligi 1 metr ekanini chamalab aniqlang.
Metrli chizg`ich yordamida 4 m kanop o`lchab oling.
O`z bo`yingizni metr bilan taqqoslang. Metrni yon tomonga uzatilgan chap qo`lingizning barmoqlari uchiga qo`ying. Chizg`ich gorizontal joylashsin. Chizg`ichning ikkinchi uchi qayerda joylashganligini eslab qoling. Katta odamda metr chap qo`l barmoq uchlaridan o`ng yelkagacha joylashadi.
O`z bo`yingni metr bilan solishtir.
O`z qadamingni uzunligini o`lcha. Buning uchun uzunligi 5 m bo`lgan yo`lka o`lchang. Uni bosib o`t va qadamlaring sonini sana. Metrlarni santimetrlarga aylantir. Santimetrlar sonini qadamlar soniga bo`l.
Qadamingning uzunligini bilgan holda maktabdan uyinggacha masofani aniqla.
Masala. Umarning bo`yi Temurning bo`yidan baland emas, Temir esa Tohirdan baland emas. Tohirning bo`yi qancha bo`lishi mumkin?
Kesmalarni uzunligini aniqlang, qaysi kesma qisqa?
sm sm
Berilgan ni 4 sm ga uzaytiring.
Har bir shaklda nechtadan kesma bor.
Sinfdagi birinchi partadan doskagacha bo`lgan masofani qadamda o`lchang.
Uzunligi 6 sm va 3 sm bo`lgan kesmalarni chizing va taqqoslang.
Karim 6 sm uzunlikdagi kesma chizdi. Akrom esa uni 1 sm ga uzaytirdi, qanday uzunlikdagi kesma hosil bo`ldi?
? sm.
Stolning balandligi 8 dm, stulning balandligi esa 5 dm. Stol stuldan necha dm baland?
Ko`chani kengligi 8 metr undagi yo`lka va ariq kengligi 4m bo`lsa, mashina yuradigan yo`lning kengligi qancha?
Dostları ilə paylaş: |
|
|