Termiz davlat universiteti boshlang’ich ta’lim metodikasi


Miqdorlar va ularning o’lchov birliklarinining nazariy asoslari



Yüklə 86,53 Kb.
səhifə2/11
tarix11.10.2023
ölçüsü86,53 Kb.
#126722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-sinfda uzunlik olchov birligini oqitish texnologiyasi

Miqdorlar va ularning o’lchov birliklarinining nazariy asoslari


Matematikada o’rganiladigan asosiy tushunchalardan biri miqdor tushunchasidir. Boshlang’ich sinflarda uzunlik, jismning massasi va ha-jmi, vaqt, figuraning yuzi kabi miqdorlar o’rganiladi. Boshlang’ich sin-flarda bu miqdorlarni asosiy miqdorlar deyiladi. Bundan tashqari bosh-lang’ich sinf o’quvchilari ba'zi hosilaviy miqdorlar (tekis harakat tezligi va boshqalar) bilan ham tanishadilar. Hosilaviy miqdorlarni o’rganishda ularni o’lchash masalasi o’rganilmaydi.
Miqdorlar, xuddi raqamlar kabi boshlang’ich sinfiarda mate-matika mashg’ulotlarinig asosiy tushunchasi bo’lib, bolalarda miqdor haqida predmetlar va voqeylikka aloqador va o’lchov bilan bog’liq sifat tasavvur hosil qilish uchun foydalaniladi.
1-2-sinflarda o’quvchilar uzunlik, massa, (og’irlik) hajm, vaqt haqida va ularning o’lchov birliklari haqida tasavvurga ega boiadilar. Misollarni yechish jarayonida ular baho, qiymat, miqdor, narx, tezlik, masofa, unumdorlik tushunchalari bilan tanishadilar.
Mavzuni o’rganish jarayonida shunga erishish zarurki, o’quvchilar o’zaro bog’liq, ammo mutlaqo boshqa-boshqa, maz-munga ega boigan
«miqdor» va «raqam» tushunchalarini aniq farqiga bora olishlari kerak. Masalan, sim o’ramidan bir bo’lak kesib olib, o’lchash birligi detsimetrdan foydalanib, 1 dm, 2 dm, 3 dm, ..., ...20 dm kabi uzunliklarni belgilab boramiz. Ya'ni mazkur o’lcham birligini sim uzunligi bo’yicha ketma ket qo’yish bilan oichaymiz va tegishli nomi bilan - (20 dm) yozib qo’yamiz.
Agar boshqa oicham birligi, masalan, santimetrdan foydalangan bo’isa, miqdorning raqam belgisi o’zgacha boiganiga erishamiz. Bu raqamni ham tegishli nomi bilan (200 sm) yozib qo’yamiz. Metr o’lcham birligidan foydalansak mazkur miqdorning yana bir raqamli ko’rinishga ega boiamiz (2 m).
Raqam va o’lchamlar tushunchalarini o’zaro farqlash uchun bu bosqichda mazkur yordamlardan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan foy dalanish
kerak bo’ladi. 78,40,11,99 kabi misollarda belgilarni qo’llash bilan bogiiq mashqlami shakllantirishda, aynan raqamlam-ing (sonlaming) o’zini solishtirish zarurligi 23 sm, 2 dm, 5 dm.l m kabi mashqlami yechishda esa miqdorlar taqqoslashayotganligi qayta-qayta takidlanishi lozim.
Miqdor va son (raqam) iboralami qoilash bilan bog’liq boshqa mashqlar ham shu kabi aniq va tushunarli ifodalanishi kerak. Ma-salan; «385 va 481 sonlarini qo’shing», yoki «3 m 85 sm hamda 4 m 81 sm miqdorlami qo’shing» kabi.
U yoki bu miqdor haqida tasavvumi shakllantirish va ulami o’lchash usullari o’ziga xoslikka ega bo’lsa ham, har bir miqdomi o’rganishda umumiy bosqichlarni alohida ta'kidlash maqsadga mu-vofiq bo’lar edi. o’qituvchi har bir miqdorlami o’rganish jarayonida ana shularga tayanib, o’quvchilar faoliyatini quyidagicha tashkil et-ishi mumkin.
Miqdorlami o’rgatish bo’yicha metodik sxema:

    1. Bolalarda mavjud mazkur miqdorlar haqidagi tushunchalami aniqlash (bolalarning hayotiy tajribasiga murojaat etish).

    2. Bir xil nomli miqdorlami solishtirish (chamalab ko’rinish, solishtirish, taqqoslash, oichash va boshqa xil usullar bilan).

    3. Mazkur miqdorning oichov birligi va oichov asboblari bilan tanishtirish.

    4. o’quvchilarda o’lchash ko’nikmalari hosil qilish.

    5. Bir xil nomdagi miqdorlami qo’shish va ayirish (Masalalarni yechish jarayonida).

    6. Miqdorlaming yangi oichov birliklari bilan tanishtirish, bir nomdagi miqdorlami boshqa o’lchov birliklariga aylantirish. Ikki bir xil nomli oichov birliklarini bitta ikki nomli oichov birligiga aylan-tirish va aksincha.

    7. Ikki xil nomli miqdorni qo’shish va ayrish.

    8. Miqdorlami sonlarga ko’paytirish va boiish.

Turli miqdorlar haqida tasavvurlami shakllantirish maqsadida turli amaliy mashqlar va misollar bajariladi, namoyish etiluvchi va alohida ko’nikmali vositalardagi foydalaniladi. Bu ish barcha o’quvchilar ishtirokida, alohida-alohida har bir o’quvchi bilan va gu-ruh usulida amalga oshiriladi. o’quvchilar «Miqdor» tushun-chasining asosiy belgilarini turli xil amaliy mashg’ulotlar davomida va turli xil muammoli sharoitlar tufayli o’zlashtirib oladilar.
Miqdorlar va ularning o’lchov birliklari bilan tanishuv nafaqat amaliy ahamiyatga mashq, ayni vaqtda u o’quvchilarda hayotiy muammolarni ko’ra bilish imkoniyattini shakllantirish va shu bilan ularning bilishga qiziqish ishtiyoqini rivojlantirishga imkon beradi.

Yüklə 86,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə