Mavzu: Boshlang’ich sinf matematika darslarida ko’rgazmali metodlardan foydalanish yordamida o’quvchilarning kreativ qobiliyatlarini shakllantirish. Kirish I bob



Yüklə 275,88 Kb.
səhifə1/9
tarix04.06.2023
ölçüsü275,88 Kb.
#115417
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
ORTIQOVA SHOXISTA KURS ISHI


Mavzu: Boshlang’ich sinf matematika darslarida ko’rgazmali metodlardan foydalanish yordamida o’quvchilarning kreativ qobiliyatlarini shakllantirish.
KIRISH
I BOB. Boshlang`ich sinflar matematika darslarida o’qitishning ko`rgazmali usullaridan foydalanishning nazariy asoslari.

    1. Boshlang`ich sinflarlarda matematika o’qitish usullari va ularning klassifikatsiyasi

1.2. Boshlang`ich matematik ta`limda ko`rgazmalilikning ahamiyati va uning turlari
II BOB. Boshlang`ich sinflar matematika darslarida o’qitishning ko`rgazmali usullaridan foydalanishning metodik asoslari
2.1. Boshlang`ich sinf matematika darslarida o’qitishning ko`rgazmalilikdan foydalanish imkoniyatlari asosida o’quvchilarda kreativ qobiliyatlarini shakllantirish .
2.2. Boshlang`ich sinflar o`quvchilari tomonidan ko`rgazmali qo`llanmalarni tayyorlash masalalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

K I R I S H
Mavzuning dolzarbligi. Umumiy o’rta ta’lim uchun yaratilgan “Davlat ta’lim standarti” ning asosiy qoidalarida ko’rsatilishicha, bu standart o’quvchilarning umumta’lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo’yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi. Shuningdek “Davlat ta’lim standarti” ta’limning mazmunini, shakllarini, metodlarini va vositalarini, ularning sifatini nazorat qilish va baholash tartibini belgilaydi. Bundan tashqari ushbu standart o’zlarinig tuzilishlari va mazmunlariga ko’ra davlat, hudud va maktab manfaatlari muvozanatini aks ettiradi, hamda eng muhimi - o’quvchi shaxsi, uning intilishlari, ijodiy qobiliyatlari va qiziqishlarining ustuvorligidan kelib chiqadi. Shu boisdan tanlab olingan mavzu boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasining eng dolzarb mavzularidan biri ekanligidan dalolat beradi.
Umumiy o’rta ta’lim uchun yaratilgan “Davlat ta’lim standarti”ning muhim jihatlaridan yana biri unda boshlang’ich sinflar (1 - 4 sinflar) hamda umumiy o’rta ta’lim (1 - 9 sinflar) nihoyasida o’quvchilar egallashlari lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning minimal darajasi belgilab berilganligidadir. Umumiy o’rta ta’lim uchun yaratilgan “Davlat ta’lim standarti” asosida har bir o’quv predmeti bo’yicha yangi o’quv dasturlari ishlab chiqilgan. Bu o’quv dasturlarida har qaysi predmet bo’yicha ta’limning maqsad va vazifalari, uning mazmuni, o’qitishda qo’llaniladigan asosiy metodlar, o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar belgilab qo’yilgan. Boshlang’ich sinflarda matematik ta’limni to’g’ri yo’lga qo’yish va amalga oshirish, o’quv dasturida ko’satilishicha, o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini, o’z fikrlarini mustaqil bayon qila olish malakalarini tarkib toptirishni, egallagan bilimlarini o’zlarining kundalik faoliyatlarida qo’llay olishlari, hamda ta’limning keyingi, o’qitishning yuqoriroq bosqichida o’qishni davom ettirishlari uchun ularning matematik tayyorgarligini ta’minlashdan iboratdir. Ishlab chiqilgan yangi o’quv dasturida ko’rsatilishicha matematika kursi tafakkurni, diqqatni rivojlantirishga, hotirani mustahkamlashga, ijodiy tasavvurni shakllantirishga va kuzatuvchanlikni mustahkamlashga katta imkoniyatlar beradi. Shuningdek matematika o’quv predmeti o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi, ularning o’z fikrlarini, aniq va tushunarli bayon etishlari uchun zamin tayyorlaydi. Hozirgi sharoitda boshlng’ich sinflar o’qituvchisining bosh vazifalaridan biri o’qitishda bu imkoniyatlardan to’la va samarali foydalana olishidan iboratdir.

Yüklə 275,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə