Mavzu: Boshlang’ich sinf matematika darslarida ko’rgazmali metodlardan foydalanish yordamida o’quvchilarning kreativ qobiliyatlarini shakllantirish. Kirish I bob



Yüklə 275,88 Kb.
səhifə8/9
tarix04.06.2023
ölçüsü275,88 Kb.
#115417
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ORTIQOVA SHOXISTA KURS ISHI

Ikkinchi bob bo’yicha xulosa
Boshlang’ich sinflar matematika darslarida arifmetik amallar tushunchasiga doir qiziqarli masalalar va ko’rgazmalilik, predmetlar vositasida, nazariy mantiqiy savollardan foydalanish na faqat o’quvchilarning arifmetik amallar chuqur o’rganishga, ularda mantiqiy tafakkur ko’nikmalarini rivojlantirishga hamda asosiy boshlang’ich matematik tushunchalarning nutqda o’zlashtirilishini ta‘minlaydi va ularni bosqichma-bosqich tafakkur usullari mohiyatini tushunishlariga xizmat qiladi. O’quvchilarda boshlang’ich sinflar matematika darslarida arifmetik amallar o’rgatish sistemali jarayon bo’lishi, bunda o’qituvchining turli imkoniyatlardan foydalana olishi. tayyorlovchi savol va topshiriqlardan o’rinli foydalana olishini talab etadi. Bu shu bilan asoslanadiki, tushunchalar natija va qoidalarning mantiqiy asoslanishida analitik va sintetik usullarni o’zaro muvofiq holda qo’llash ularni asoslash va tekshirish, taqidiy fikrlash usullarini qo’llash uchun muhim ahamiyatga ega.

UMUMIY X U L O S A
Boshlang’ich sinflar matematika darslarida arifmetik amallarni shakllantirish imkoniyatlaridan foydalanish uchun har bir tushunchaning mohiyati, mazmuni va uning o’quvchilar amaliy tajribasiga asoslanilishi hamda ko’rgazmalilikning keng yo’lga qo’yilishi, taqqoslash, xulosa chiqarish va konkretlashtirishga o’rgatish bo’lish usullarining o’rganilishi bilan birga umuman boshqa amallardagi o’xshash qonuniyatlarni taqqoslash asosida keltirib chiqarishga hamda mashq va misollarni echishni tahlil qilish asosida o’rgatilishi, xatolar ustida ishlash va bularning barchasidan samarali foydalanish asosini tashkil etadi.
Boshlang’ich sinflar matematika darslarida arifmetik amallar xossalari va usularini o’rganishda o’ziga xos bo’lgan qonuniyatlarini ko’paytirish amaliga teskari amal sifatida muvofiqlikda o’rganilishini talab etsa, ikkinchi tomondan maxsus hollarni taxlil etishda amallardagi xos xususiyatlar bilan taqqoslash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o’quvchilarni fikrlashlarini o’stirishiga ijobiy ta‘sir ko’rsatadi.
Boshlang’ich sinflar matematika darslarida arifmetik amallar tushunchasiga doir qiziqarli masalalar va ko’rgazmalilik, predmetlar vositasida, nazariy mantiqiy savollardan foydalanish na faqat o’quvchilarning arifmetik amallar chuqur o’rganishga, ularda mantiqiy tafakkur ko’nikmalarini rivojlantirishga hamda asosiy boshlang’ich matematik tushunchalarning nutqda o’zlashtirilishini ta‘minlaydi va ularni bosqichma-bosqich tafakkur usullari mohiyatini tushunishlariga xizmat qiladi.
Boshlang’ich sinflarda matematika darslarini kuzatish va ularni tahlil qilish shuni ko’rsatdiki, ba`zi o’qituvchilar o`quv materialini o`rgatishda, xususan, misol va masalalar yechish uchun zarur bo’lgan ko`nikma va malakalarni o`quvchilar tomonidan egallanishida ko`rgazmali qo`llanmalarning o`rni va ulardan foydalanishga etarlicha e`tibor bermaydilar. Buning sababi sifatida o`quv vaqtining etishmasligini ro`kach qilib ko`rsatadilar. O`quv vatini bu kabi tejashlik matematik materialni yuzaki egallanishiga olib kelmoqda. Nazariya va tajriba asosida o’tkazilgan tadqiqotlar 1 – 4 sinf matematika darslarida o’qitishning ko`rgazmali usullaridan foydalanish 56 metodikasini takomillashtirish bo’yicha quyidagi muhim xulosalarni qilish imkonini berdi: 1. Ta`lim jarayonida o’qitishning ko`rgazmali usullaridan foydalanish 1 – 4 sinflarda matematikani muvaffaqiyatli o’rganishga katta yordam beradi. Boshlang’ich sinflar matematika darslarida o’qitishning ko`rgazmali usullaridan foydalanishning muvaffaqiyatini quyidagi omillar ta`minlaydi: - o’qituvchining o’qitishning ko`rgazmali usullaridan foydalanish metodikasini chuqur egallashi; - o’quvchilarning ko`rgazmalilikning o`qitishning didaktik tamoyillaridan biri sifatidagi ahamiyatini to’la anglab etishlari; - o’quvchilarning o’qitishning ko`rgazmali usullaridan foydalanish ko’nikma va malakalarini mukammal egallashlari. . Boshlang’ich sinf o’quvchilarning o’qitishning ko`rgazmali usullaridan foydalanish jarayonida sodir bo’layotgan qiyinchiliklarini bartaraf etishning eng samarali vositasi yuqorida qayd etilgan maqsadga yo’naltirilgan mashqlar tizimidan foydalanishdir.



Yüklə 275,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə