Termiz davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti maktabgacha ta’lim yo’nalishi


II BOB Pedagogik texnologiyalarning rivojlanish bosqichlari va o’ziga xos hususiyatlari



Yüklə 13,97 Kb.
səhifə3/4
tarix23.12.2023
ölçüsü13,97 Kb.
#154815
1   2   3   4
G\'AFFOROVA MUSHTARIY. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA O\'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

II BOB Pedagogik texnologiyalarning rivojlanish bosqichlari va o’ziga xos hususiyatlari..
  • 2.1. Ta’lim texnologiyasining rivojlanish bosqichlari
  • Pedagogik texnologiya”ning rivojlanish bosqichlari. Yangi o’zbek davlatchiligining tamal toshi qo’yilyapti: ijtimoiy, iqtisodiy, ma‟naviy, mafkuraviy sohalarda tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Ta‟limtarbiya sohasining isloh qilinishi pedagogika fanini fivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratib berdi. Endilikda kishilik jamiyati tomonidan uzoq yillar davomida yaratilgan tarbiya tajribalarini o’rganish vat adqiq qilish ishlari keng yo’lga qo’yildi. Sho’rolar tuzumi davrida barcha ijtimoiy fanlar kabi pedagogika ham kommunistik mafkura qobig’i bilan o’ralgan, uning rivojlanish me‟yori cheklangan, ilg’or chet mamlakat g’oyalari esa burjua g’oyalari, deb tanqid qilinar va rad etilar edi. Holbuki, har qanday g’oya ham o’zida ma‟lum ijobiy jihatlarni mujassamlashtirishi mumkin, ularni amaliyotga joriy etish foydadan xoli emas edi. Jumladan, pedagogik texnologiya (PT) ham burjua didaktikasiga tegishli yo’nalish sifatida qarab kelindi va bu muammoni tadqiqot ob‟ektiga aylantirishning iloji yo’q edi. Bugun malakatimiz istiqloli sharofati tufayli barcha fan sohalarini rivojlangan davlatlarda to’plangan tajribalar asosida tahlil qilish va yanada takomillashtirish imkoniyatlari mavjud. Umuminsoniy qadriyatlarni ijodiy o’rganish va hayotimizga tatbiq etish davri keldi. Milliy dasturda ta‟kidlanganidek, yaqin kelajakda «kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikning xalqaro huquqiy bazasi yaratiladi, xalqaro hamkorlikning ustivor yo’nalishlari ro’yobga chiqariladi, xalqaro ta’limtizimlari rivojlantiriladi» . Bu faslda biz pedagogik texnologiya nazariyasining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixiga nazar tashlaymiz.
    • 2.2. Pedagogik texnologiyada qo‘llaniladigan usul va vositalarning xususiyatlari.
    • Jamiyat hayotining jadal tarzda rivojlanishi, taraqqiyot ehtiyojlari va imkoniyatlarining kengayishi, turli-tuman axborotlar oqimining tezlashishini hisobga olib, zamonaviy pedagogik texnologiya fani pedagogik prognostikaning yangi shakl, vosita va usullaridan foydalanish mexanizmini yaratishni o‘z zammasiga olmog‘i talab etiladi. Bugungi kunda turli tipdagi ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ta’limning o‘rni va darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan tadqiqotlarda pedagogik prognostikaning imkoniyatlaridan keng foydalanishni taqozo qiladi. Shundagina ta’lim jarayonining natijalari fan, ishlab chiqarish, madaniyat, iqtisod hamda jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga xizmat qila oladi. Pedagogik prognostikaga tayangan holda yaratilgan nazariyalargina uzluksiz ta’lim jarayonini uning bosqichlari va komponentlarining mazmuni, shakli va vositalarini, ta’lim natijalarining jamiyat hayotiga ko‘rsatadigan ta’sir darajasini oldindan loyihalashtirishga asos bo‘la oladi. Demak, shundagina o‘quv-tarbiya jarayonini yangi prinsiplar va yangi mafkuraviy negizda qayta qurish, ta’lim sohasida islohotlarni amalga oshirish mumkin.
    • Texnologik yondashuv ishlab chiqarish jarayonining umumiy tavsifini yoritishga xizmat qiladi. Muayyan mahsulotni ishlab chiqarish maqsadida xom-ashyoni tanlash (dastlabki bosqich)dan mahsulotni istehmolchiga yetkazib berishga bo’lgan (so’nggi bosqich) davrni o’z ichiga olgan jarayon texnologik jarayon sifatida ehtirof etiladi.
    • XULOSA
    • Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo’g’ini hisoblanib, u har tomonlama sog„lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishlari darajasiga ko’tarildi. Biroq, o’tkazilgan tahlillar maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi etarli darajada emasligini ko’rsatmoqda.
    • Maktabgasha ta’lim muassasalarida pedagogik texnologiyalardah foydalanish va loyihalashtirish ta'lim maqsad, mazmun, tarbiyachining shaxsi, o’quvchilardagi dastlabki bilimlarning xarakteri, o'qitishning moddiy-texnik bazasi va boshqa omillar bilan belgilanadi. Bunda tarbiyachi o’quvchilar ishining borishini kuzatish va ular erishgan natijalarni baholash asosida o'zining ko'rsatmalari, yo'naltiruvchi savollari, tegishli tushuntirish-lari va hokazolar bilan ularning o'quv faoliyati jarayoniga tuzatishlar kiritadi
    • Uzluksiz ta’limtizimining muhim bo’g’ini bo’lgan maktabgacha ta’limtizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, MTMlari davlat va nodavlat tarmog’ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, MTMlariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta‟lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash ko’zda tutilgan.
    1   2   3   4




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə