Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


Milliy daromadning jamiyat a‘zolaring moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarini



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

Milliy daromadning jamiyat a‘zolaring moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarini 
qondirishga sarflanuvchi qismi iste‘mol fondi deb ataladi.
Iste‘mol fondi butun 
aholining shaxsiy iste‘molini, aholiga ijtimoiy xizmat qiladigan muassasalardagi, 
shuningdek, ilmiy muassasalar va boshqarishdagi barcha sarflarni o‘z ichiga oladi. 
Iste‘mol fondining shaxsiy daromad shaklida aholi qo‘liga kelib tushadigan 
qismi iste‘mol sarflari maqsadida ishlatiladi. 
Iste‘mol sarflari – bu aholi joriy 
daromadlarining tirikchilik ne‘matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi.
Kelgusida iste‘mol hajmini oshirish imkoniyati joriy davrdagi jamg‘armaga 
ham bog‘liq bo‘ladi. 
Jamg‘arma
– bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy 
daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va daromad olish 
maqsadlarida to‘planib borishi.
Uning hajmi barcha xo‘jaliklar daromadidan 
iste‘mol sarflarini ayirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Daromad tarkibida 


121 
iste‘mol sarflari ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, jamg‘arma hajmi shunchalik kam 
bo‘ladi. Jamg‘armaning o‘sishi esa iqtisodiy ma‘noda mablag‘larning iste‘mol 
buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlar xarid qilishga yo‘naltirilishini 
bildiradi. SHunga ko‘ra, jamg‘arma – bu muddat jihatidan kechiktirilgan iste‘molni 
anglatadi. SHu bilan birga joriy davrda amalga oshirilgan jamg‘arma joriy 
iste‘molning chegirilgan qismidir, chunki jamg‘arma aholi va korxonalar 
ixtiyoridagi daromadning iste‘molga sarflanmagan qismi hisoblanadi: 
S
C
Y



bu erda: 
Y – barcha xo‘jaliklar ixtiyoridagi daromad;
C – iste‘mol miqdori; 
S – jamg‘arma miqdori.
 
Iste‘mol va jamg‘arma hajmi hamda unga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə