Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


 Iste‘mol va jamg‘armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o‘zaro



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

 
1. Iste‘mol va jamg‘armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o‘zaro 
bog‘liqligi. 
 
Keng ma‘noda iste‘mol jamiyat a‘zolari iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish 
uchun ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanish jarayonini 
bildiradi.
Bunda unumli va shaxsiy iste‘mol farqlanadi.
Unumli iste‘mol bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoniga 
tegishli bo‘lib, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan ishlab chiqarish 
maqsadida foydalanish jarayonini anglatadi.
SHaxsiy iste‘mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro‘y berib, bunda 
kishilarning iste‘mol buyumlaridan va xizmatlardan bevosita o‘zlarining 
shaxsiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida foydalanishi tushuniladi.
Iste‘mol qilinadigan ne‘mat turiga bog‘liq ravishda moddiy hamda nomoddiy 
ne‘mat va xizmatlarni iste‘mol qilish farqlanadi. 
Moddiy iste‘mol – ehtiyojlarni qondirishda moddiy ko‘rinishdagi 
ne‘matlarning tegishli nafli xususiyatlaridan foydalanish. 
Bularga oziq-ovqat, 
kiyim-kechak, uy-joy va boshqalardan foydalanishni misol keltirish mumkin. 
Nomoddiy ne‘mat va xizmatlar iste‘moli – ehtiyojlarni qondirishda 
nomoddiy 
ko‘rinishdagi 
ne‘mat 
va 
xizmatlarning 
tegishli 
nafli 
xususiyatlaridan foydalanish. 
Bularga bilim olish, musiqa tinglash, sog‘liqni 
tiklash, advokat xizmatidan foydalanish va boshqalarni misol qilish mumkin. 
YAkka tartibdagi yoki jamoa bo‘lib iste‘mol qilish ham farqlanadi. 
Alohida 
shaxsning o‘z ixtiyorida bo‘lgan ne‘matlarni iste‘mol qilishi yakka tartibdagi 
iste‘molga, jamiyat a‘zolari turli guruhlarining ne‘matlardan birgalikda 
foydalanishi jamoa bo‘lib iste‘mol qilishga kiradi. 
Masalan, ovqatlanish, kiyinish, 
badiiy asarlar o‘qish yakka tartibdagi iste‘molni, jamoat transportidan foydalanish, 
o‘yingohlarda sport o‘yinlarini tomosha qilish, sihat maskanlarida sog‘liqni tiklash 
jamoa bo‘lib iste‘mol qilishni anglatadi.

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə