3) norasmiy iqtisodiyot
– tovar va xizmatlarning ayriboshlash va taqsimlash bo‘yicha iqtisodiy sub‘ektlar o‘rtasidagi norasmiy o‘zaro aloqalar tizimi bo‘lib, u mazkur sub‘ektlar o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlar va bevosita aloqalarga asoslanadi; 4) yashirin ikkalamchi iqtisodiyot
– yakka tartibdagi va kooperativ faoliyatning nazoratdan yashiringan, ya‘ni qonun tomonidan taqiqlangan yoki belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan turi. 3. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari Yalpi ichki mahsulot (YAIM)ni hisoblashda milliy hisoblar tizimidan foydalaniladi. Milliy hisoblar tizimi (MHT)
– bu barcha asosiy iqtisodiy
jarayonlarni, takror ishlab chiqarish sharoitlari, jarayonlari va natijalarini
tavsiflovchi o‘zaro bog‘liq makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, tasniflar va guruhlar
tizimi
51 .
MHT BMT tomonidan e‘lon qilingan «Milliy hisoblar va yordamchi jadvallar tizimi» nomli hujjat asosida xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953 yildan boshlab qo‘llanila boshladi. SHu davrdan (1953 yildan) buyon to bugungi kungacha MHT to‘rt marta o‘zgartirilib, takomillashtirildi. Lekin u hali ham takomillashtirishga muhtoj. Hozirgi davrda dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida qo‘llanilmoqda. Milliy hisoblar tizimi asosida YAIM uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin: 51
McConnell, Campbell R. Economics : principles, problems, and policies 17th ed. 2008 page 134
81
Birinchi usul – bu YAIMni hisoblashga qo‘shilgan qiymatlar bo‘yicha yondashuv.
Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo‘yicha yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi hisoblab chiqiladi. Qo‘shilgan qiymatni