|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasiMehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarishIqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.Mehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish
vositalari deb yuritiladi.
Bu esa mehnat jarayonining tabiatidan kelib chiqadi;
shuning uchun ham ishlab chiqarish vositalari barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar,
insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir.
Bu erda ishchi kuchi bilan mehnat o‘rtasidagi farqni anglab olish juda
muhimdir. CHunki,
mehnat insonning, to‘g‘rirog‘i ishchi kuchining ma‘lum
maqsadga qaratilgan faoliyati jarayoni bo‘lib, ishchi kuchi tushunchasidan
tamomila farqlanadi.
Ko‘pgina adabiyotlarda esa ularga sinonim (bir xil
tushuncha) sifatida qaralib, bunday holat ko‘plab chalkashliklarni keltirib
chiqaradi. Bizga ma‘lumki,
ishchi kuchi insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va
jismoniy qobiliyati, uning bilim, malaka darajasi bilan birgalikda ishlab
chiqarishda qatnashishiga tayyor turgan omillardan biri hisoblanadi. Mehnat
esa barcha omillarning, shu jumladan, ishchi kuchining ishlab chiqarish
vositalari bilan qo‘shilishi natijasida sodir bo‘ladigan va ma‘lum samara
olishga qaratilgan faoliyatdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida katta e‘tibor beriladigan omillardan biri
tadbirkorlik qobiliyatidir.
Tadbirkor deb iqtisodiy resurslar, ya‘ni ishlab
chiqarish vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy resurslarning bir-
biriga qo‘shilishini ta‘minlaydigan, tashkilotchi, yangilikka intiluvchi,
tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo‘rqmaydigan
kishilarga aytiladi; bu xislatlar majmui esa tadbirkorlik qobiliyati deb
yuritiladi
15
.
Hozirgi davrda ayrim adabiyotlarda axborot va uning vositalarini,
ekologiyani ham alohida omil deb ko‘rsatadilar. Bizning fikrimizcha, ular er va
kapitalda o‘z ifodasini topadi. SHuning uchun ularni alohida omil deb qarashga
hojat yo‘q.
Dostları ilə paylaş: |
|
|