Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati, uning



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati, uning 
48
McConnell, Campbell R. Economics : principles, problems, and policies 17th ed. 2008 page 8 


78 
o‘sishi yoki pasayishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat 
o‘z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Bu tizimga kiruvchi turli xil ko‘rsatkichlar, 
birinchidan,
 bizga ma‘lum vaqt oralig‘idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash 
va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita ta‘sir qiluvchi omillarni 
aniqlash imkonini beradi. 
Ikkinchidan,
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi, 
milliy mahsulot va uning tarkibiy qismlari harakatining barcha 
bosqichlarida, ya‘ni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste‘mol 
bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirish imkonini beradi. Nihoyat, 
uchinchidan, 
mazkur ko‘rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan 
samarali foydalanish darajasini, iqtisodiyotning turli sohalari, tarmoqlari 
o‘rtasidagi mutanosiblik va muvozanatlik holatini aks ettiradi. 
Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlar – yalpi ichki mahsulot (YAIM), sof milliy mahsulot (SMM), 
milliy daromad (MD), aholi daromadlari (AD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, 
inflyatsiya va boshqa shu kabilar hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlar moddiy 
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi barcha xo‘jaliklar iqtisodiy 
faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi
49

 
2. Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari 
Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam 
ravishda yangilanib va takrorlanib turishi ijtimoiy takror ishlab chiqarish 
deyiladi. 
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ikki ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin: 
oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə