Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.




80 
 
Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan milliy daromad farqlanadi. 
Ishlab chiqarilgan milliy daromad
 
– bu yangidan yaratilgan mahsulotning butun 
hajmi. Foydalanilgan milliy daromad
 
– bu ishlab chiqarilgan milliy daromaddan 
har xil yo‘qotishlar (tabiiy ofatlar, mahsulotlarni zaxirada saqlashdagi yo‘qotishlar 
va h.k.) va tashqi savdo qoldig‘i chiqarib tashlangan miqdorga teng. 
 
Milliy mahsulot hajmining aniq baholanishiga hufyona iqtisodiyot ta‘sir 
ko‘rsatadi. 
Xufyona iqtisodiyot – bu tovar-moddiy boyliklar va xizmatlarning 
jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan harakati, ya‘ni davlat boshqaruv 
organlaridan yashirin holda alohida fuqarolar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasida amalga 
oshiriluvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir. 
Bu munosabatlar o‘z ichiga 
iqtisodiy faoliyatning barcha hisobga olinmagan, tartibga solinmagan 
turlarini oladi. Xufyona iqtisodiyot tarkibiga qo‘yidagilar kiradi: 
1) 
jinoyatga aloqador iqtisodiyot
– rasmiy iqtisodiyot tarkibiga iqtisodiy 
jinoyatning kiritilishi (boyliklarning talon-taroj qilinishi; nazoratning har 
qanday shaklidan yashiringan holdagi xufyona iqtisodiy faoliyat – 
narkobiznes, qimor o‘yinlari, fohishabozlik; daromadlarni noiqtisodiy qayta 
taqsimlash shakli sifatidagi fuqarolarning shaxsiy mulkiga qarshi umumjinoiy 
harakatlar – bosqinchilik, shaxsiy mulkni zo‘rlik bilan tortib olish, o‘g‘irlash, 
reket); 
2) 
soxta iqtisodiyot
 – hisobga olish va hisobotlarning amaldagi tizimiga soxta 
natijalarni haqiqiy natija sifatida kirituvchi rasmiy iqtisodiyot (qo‘shib 
yozishlar); 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə