Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

 3. Iqtisodiy o‘sish modellari 
Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o‘sish sur‘atlarini, omillarini o‘rganish hamda 
uning kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida 
turli iqtisodiy o‘sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu modellar o‘z 
mazmuniga ko‘ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita nazariya – 
makroiqtisodiy muvozanatning keynscha (keyinchalik neokeynscha) nazariyasi 
hamda ishlab chiqarishning klassik (keyinchalik neoklassik) nazariyasi yotadi
56
.
Iqtisodiy o‘sishni tahlil qilishda neoklassik nazariya namoyondalari 
bizningcha bir tomonlama bo‘lgan quyidagi noto‘g‘ri nazariy shartlarga 
asoslanadilar: 
1)
mahsulotning qiymati barcha ishlab chiqarish omillari tomonidan 
yaratiladi; 
2)
ishlab chiqarish omillarining har biri o‘zining keyingi qo‘shilgan 
mahsulotiga tegishli ravishda mahsulot qiymatini yaratishga hissasini qo‘shadi. 
SHunga ko‘ra, bunga javoban barcha keyingi qo‘shilgan mahsulotga teng keluvchi 
daromad ham oladi; 
3)
mahsulot ishlab chiqarish va buning uchun zarur bo‘lgan resurslar 
o‘rtasida miqdoriy bog‘liqlik mavjud; 
4)
ishlab chiqarish omillarining erkin tarzda amal qilishi hamda ular 
o‘rtasida o‘zaro bir-birining o‘rnini bosish imkoniyati mavjud. 
Biz oldingi boblarda aytganimizdek, neoklassik va boshqa ayrim 
yo‘nalishdagi nazariyotchilar bu erda ham ikkita uslubiy xatoga yo‘l qo‘yadilar: 
1)
ular ishlab chiqarish omillarining barchasi bir xil qiymat yaratadi, ular 
qiymatni yaratishda baravar ishtirok etadi, deb hisoblaydilar. Xolbuki, barcha 
ishlab chiqarish vositalari hech qanday yangi qiymat yaratmaydilar, balki 
o‘zlarining qiymatlariga teng miqdordagi qiymatni jonli mehnat yordamida yangi 
yaratilgan mahsulotga o‘tkazadilar. Lekin barcha omillar yaratilgan va o‘sgan 
(ko‘paygan) mahsulotning nafliligini yaratishda qatnashadilar; 
2)
ular doimo barcha omillar ichida jonli mehnatning faol rolь o‘ynashini, 
qolganlari esa passiv rolь o‘ynashini unutadilar. CHunki hech bir tabiiy resurs, 
kapital resurlari jonli mehnat tomonidan harakatga keltirilmasa, o‘zicha harakatga 
kela olmasligi, irib-chirib o‘z joyida ham jismonan, ham qiymati yo‘q bo‘lib 
ketishi, ularning qiymati faqat jonli mehnat tomonidan saqlab qolinishi million 
56
McConnell, Campbell R. Economics : principles, problems, and policies 17th ed. 2008 page 425-431 


87 
yillardan beri milliard martalab tasdiqlanib kelmoqda. Lekin negadir ularning 
bunga e‘tibor bergisi kelmaydi.
Neoklassik modelь ko‘p omilli hisoblanib, amerikalik iqtisodchi P.Duglas va 
matematik CH.Kobb yaratgan ishlab chiqarish funktsiyasi asos qilib olingan. 
Kobb-Duglas modelida ishlab chiqarish hajmining o‘sishida ishlab chiqarish turli 
omillarining ulushini aniqlashga harakat qilinib, u quyidagicha ifodalanadi: 


L
AK
Y


bu erda: 
Y – ishlab chiqarish hajmi;
K – kapital sarflari; 
L – ishchi kuchi sarflari; 
A – mutanosiblik koeffitsienti;

va 

- ishlab chiqarish hajmining ishchi kuchi va kapital sarflari bo‘yicha 
elastiklik koeffitsienti. 
Elastiklik koeffitsienti bir ko‘rsatkich miqdorining o‘zgarishi natijasida 
boshqa bir ko‘rsatkich miqdorining o‘zgarishi darajasini ifodalaydi. SHunga ko‘ra, 

koeffitsienti kapital sarflarining 1%ga o‘sishi ishlab chiqarish hajmining necha 
foizga o‘sishini, 

koeffitsienti esa ishchi kuchi sarflarining 1%ga o‘sishi ishlab 
chiqarish hajmining necha foizga o‘sishini ko‘rsatadi. 

va 

ning yig‘indisi ishchi 
kuchi va kapital sarflarining bir vaqtning o‘zida 1%ga o‘sishi ishlab chiqarish 
hajmining necha foizga o‘sishini ko‘rsatadi. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə