Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga
ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi 
saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi tufayli 
erishiladi. 
Iqtisodiy o‘sishning intensiv turi
sharoitida mahsulot chiqarish 
miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan 
takomillashtirish, yanada ilg‘or ishlab chiqarish vositalarini va yangi 
texnikani qo‘llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek, mavjud 
ishlab chiqarish potentsialidan yaxshiroq foydalanish yo‘li bilan erishiladi.
Iqtisodiy o‘sishning jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan boshqa 
ko‘rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi hisoblanadi. U tarmoqlar bo‘yicha 
hisoblab chiqilgan YAIM ko‘rsatkichi asosida tahlil qilinadi. Bunda 
iqtisodiyotning yirik sohalari, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari 
o‘rtasidagi nisbat ham o‘rganiladi. 
2. Iqtisodiy o‘sishning omillari 
Iqtisodiy o‘sishga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga 
ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar 
taklif omillari
deb ham atalib
iqtisodiyotning o‘sish layoqatini belgilab beradi
55
:
1) tabiiy resurslarning miqdori va sifati; 
2) ishchi kuchi resurslari miqdori va sifati; 
3) asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi; 
4) texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti. 
Bu omillar har birining yalpi mahsulot hajmiga ta‘sirini baholash orqali 
iqtisodiy o‘sishni tavsiflash mumkin.
Ma‘lumki, yalpi ichki mahsulot ishchi kuchi, kapital va tabiiy resurslar 
sarflarining funktsiyasi hisoblanadi, ya‘ni: 
55
McConnell, Campbell R. Economics : principles, problems, and policies 17th ed. 2008 page 412 


86 
)
,
,
(
N
K
L
f
Y

,
 
bu erda: 
Y – yalpi ichki mahsulot; 
L – ishchi kuchi sarflari; 
K – kapital sarflari; 
N – tabiiy resurslar sarflari. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə