Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi tufayli erishiladi. Iqtisodiy o‘sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilg‘or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‘llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish potentsialidan yaxshiroq foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Iqtisodiy o‘sishning jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan boshqa
ko‘rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi hisoblanadi. U tarmoqlar bo‘yicha
hisoblab chiqilgan YAIM ko‘rsatkichi asosida tahlil qilinadi. Bunda
iqtisodiyotning yirik sohalari, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari
o‘rtasidagi nisbat ham o‘rganiladi.
2. Iqtisodiy o‘sishning omillari Iqtisodiy o‘sishga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga
ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar
taklif omillari deb ham atalib,
iqtisodiyotning o‘sish layoqatini belgilab beradi
55
:
1) tabiiy resurslarning miqdori va sifati;
2) ishchi kuchi resurslari miqdori va sifati;
3) asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi;
4) texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti.
Bu omillar har birining yalpi mahsulot hajmiga ta‘sirini baholash orqali
iqtisodiy o‘sishni tavsiflash mumkin.
Ma‘lumki, yalpi ichki mahsulot ishchi kuchi, kapital va tabiiy resurslar
sarflarining funktsiyasi hisoblanadi, ya‘ni:
55
McConnell, Campbell R. Economics : principles, problems, and policies 17th ed. 2008 page 412
86
)
,
,
(
N K L f Y
,
bu erda:
Y – yalpi ichki mahsulot;
L – ishchi kuchi sarflari;
K – kapital sarflari;
N – tabiiy resurslar sarflari.