Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


 O‘zbekistonning bank tizimini mustahkamlash va pul-kredit siyosatini



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

3. O‘zbekistonning bank tizimini mustahkamlash va pul-kredit siyosatini 
takomillashtirish yo‘nalishlari. 
O‘zbekistonda mustaqillikka erishilganidan buyon xususiy mulkchilikni har 
tomonlama kengaytirishga alohida ahamiyat berib kelinmokda. Kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan 
biri sifatida qaralmoqda. CHunki kichik korxonalar bozor sharoitiga tez 
moslashuvchan va kam xarajat talab qiladigan sektor hisoblanadi. Umuman, 
bugungi kunda bozor iqtisodiyotining muhim talabi – kam mehnat sarflagan holda, 
ko‘proq va sifatli mahsulot ishlab chiqarish, kishilarning talab va ehtiyojlarini to‘la 
qondirish va shu asosida foyda olishdan iborat. Bunda ishlab chiqarishni 
harakatlantiruvchi kuch xususiy tadbirkorlardir. 
Mamlakatimiz birinchi prezidenti I.A.Karimov o‘z ma‘ruzalarida oldimizga 
qo‘ygan yuksak maqsadlar haqida fikr bildirar ekan bizning bosh maqsadimiz 
odamlarimizning munosib hayot darajasi va sifatini ta‘minlash va rivojlangan 
demokratik davlatlar qatoridan o‘rin egallash ekanligi va bu yo‘lda o‘tgan 2015 
yilda muhim islohatlar amalga oshirilganligi ta‘kidladilar. 
―Bu borada gap, avvalo, har tomonlama puxta o‘ylangan, uzoqni ko‘zlaydigan 
keng ko‘lamli Dasturni hayotga joriy etish haqida bormoqda. Ushbu Dastur 
mohiyat e‘tibori bilan chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, kichik biznes 
va xususiy tadbirkorlik manfaatlarini ishonchli himoya qilish, eng muhimi, 
Konstitutsiyamizda ko‘zda tutilganidek, xususiy mulkning qonuniy, me‘yoriy-
huquqiy va amaliy jihatdan ustuvor rolini ta‘minlash, O‘zbekiston iqtisodiyotida 
davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirishga qaratilgani sizlarga yaxshi 
ma‘lum, albatta‖ .
SHuni alohida aytib o‘tish kerakki mamlakatimizda kichik biznesni 
rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohatlar jarayonida 2016 yil 1 
yanvardan boshlab mamlakatimizning barcha hududlarida tadbirkorlik subektlariga 
«yagona darcha» tamoyili asosida Davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari 
faoliyat boshladi. SHuningdek, tadbirkorlik subektlarining muhandislik-
kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha mutlaqo yangi mexanizm joriy 
etildi. 
―SHuni ham ta‘kidlashimiz zarurki, mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini 
yaxshilash borasida olib borayotgan ishlarimiz xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning 
reytinglarida o‘zining ijobiy ifodasini topmoqda. O‘tgan yilning oktabr oyida 
61
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-yanvardagi ―O‗zagroeksportbank‖ aksiyadorlik tijorat 
bankini tashkil qilish to‗g‗risida‖gi PQ-2740-sonli Qarori 


98 
Jahon banki «Biznes yuritish» reytingini e‘lon qildi. Ana shu reytingda 
O‘zbekiston faqat bir yilning o‘zida 16 pog‘onaga ko‘tarilib, 87-o‘rinni egalladi.
SHuni alohida qayd etish kerakki, «yangi biznesni qo‘llab-quvvatlash» deb 
ataladigan mezon bo‘yicha mamlakatimiz ayni paytda jahonda 42-o‘rinni, tuzilgan 
shartnomalar ijrosini ta‘minlash bo‘yicha 32-o‘rinni, iqtisodiy nochor korxonalarga 
nisbatan qo‘llanadigan bankrotlik tizimining samaradorligi bo‘yicha 75-o‘rinni 
egallab turibdi. «Kichik biznes subektlariga kredit berish» deb nomlanadigan 
ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston so‘nggi uch yilda 154-o‘rindan 42-o‘ringa 
ko‘tarildi va o‘tgan yilning o‘zida reytingini 63 pozitsiyaga yaxshiladi.
Jahon bankining ma‘ruzasida O‘zbekiston keyingi yillarda tadbirkorlik 
faoliyati uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash sohasida eng yaxshi natijalarga 
erishgan dunyodagi o‘nta davlat qatoridan joy olgani qayd etilgan.
Ana shu yo‘nalishdagi islohotlar natijasida yalpi ichki mahsulotimizda kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 2000-yildagi 31 foizdan bugungi kunda 
56,7 foizga yetgani yoki 1,8 barobar oshganini alohida ta‘kidlashni istardim. 
Hozirgi paytda ushbu sohada jami sanoat mahsulotlarining uchdan bir qismi, 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 98 foizi ishlab chiqarilmoqda. Ish bilan band 
jami aholimizning 77 foizdan ortig‘i – shunga e‘tibor bering – mazkur tarmoqda 
mehnat qilayotgani, o‘z peshona teri bilan nafaqat o‘z oilasini boqayotgani, balki 
mamlakatimiz boyligiga boylik qo‘shayotgani, avvalo, mustaqillik bizga ochib 
bergan imkoniyatlarning yaqqol isboti, desam, ayni haqiqatni aytgan bo‘laman.‖
So‘nggi yillarda O‘zbekiston bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish 
bo‘yicha Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va bir qator 
boshqa me‘yoriy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, bozor iqtisodiyoti talablariga 
javob beruvchi bank tizimini shakllantirish, banklarnig moliya bozoridagi 
vositachilik rolini faollashtirish, ularning moliyaviy mustaqilligini ta‘minlash, 
faoliyatini jahon bank amaliyotiga yakinlashtirish va pirovard natijada 
rakobatbardoshligining yuqori darajasiga erishishdir .
Banklarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qanchalik rivojlanishida 
o‘rni beqiyos ekanligi hozirdan ma‘lum. Davlat dasturlarida kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlik sub‘yektlariga kreditlar berish mexanizmini yanada 
takomillashtirish va ularning hajmini oshirish, birinchi navbatda, investitsiya 
maqsadlariga, boshlang‘ich sarmoyani shakllantirishga kreditlar ajratish, ishlab 
chiqarishni modernizatsiya qilish xamda texnologik yangilash uchun urta va uzok 
muddatli kreditlar berish ustuvor yunalishlar belgilab berilgan. Zero O‘tgan yili 
bank tizimini yanada mustahkamlash, banklarning kapitallashuv darajasini oshirish 
va investitsiyaviy faolligini kengaytirish ta‘minlandi. Bank tizimining jami kapitali 
2014-yilga nisbatan 23,3 foiz ko‘payib, 7 trillion 800 milliard so‘mga yetdi. 
So‘nggi 5-yilda mazkur ko‘rsatkich 2,4 barobar o‘sdi. Bank tizimi kapitalining 
yetarlilik darajasi qariyb 24 foizni tashkil qildi. Bu umumiy qabul qilingan xalqaro 
standartlardan 3-marta, bank likvidligi esa eng yuqori ko‘rsatkichlardan 2-marta 
ko‘pdir. 
2015-yilda banklar tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkollikka keng 
mikyosda xizmatlar kursatish, xususan kreditlash (Imtiyozli kreditlash maxsus 


99 
jamgarmasidan kreditlash ) yanada ortadi. 2015 yilda iqtisodiyotning real sektoriga 
yunaltirilgan kreditlarning umumiy hajmi 42% ga ko‘paydi. 2015 yilning oxiridagi 
xolat bo‘yicha ichki manbalar hisobidan berilgan kreditlarning tijorat banklari 
umumiy kredit portfelidagi yalpi ulushi 85,1%ni tashkil etdi. Tashki karzlar asosan 
uzok muddatga, fakat iqtisodiyotning strategik tarmoklani modernizatsiya qilish, 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘yektlarini kullab-kuvvatlash bo‘yicha 
investitsiya loyixalarini moliyalashtirish uchun jalb qilindi. Banklar kredit portfeli 
tarkibida xam sifat uzgarishlari ruy bermoqda. Umumiy kredit portfelida uzok 
muddatli, ya‘ni 3 yildan ortik muddatga beriladigan investitsiya kreditlarinig ulushi 
2000 yilning oxiridagi 35 %dan 2015 yilning oxiri da 81 %ga usdi. Mamlakatimiz 
birinchi Prezidenti I.A.Karimov «Banklar - iqtisodiyotimizning lokomotivlaridir»
degan edi. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishi borasida mulkiy 
munosabatlari rivojlanib, davlat mulki yildan yilga kamayib, uning o‘rnini xususiy 
soxa – kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘yektlari egallab bormokda. 2000 
yilda yalpi ichki mahsulotning qariyb 31 foizi ushbu sektor ulushiga to‘g‘ri kelgan 
bo‘lsa, 2015 yilga kelib, ayni shu ko‘rsatkich 56.7 foizni tashkil etdi va 1.8 barobar 
oshganini alohida ta‘kidlash lozim. 
Markaziy Bank tijorat banklari bilan birgalikda kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik sub‘yektlariga kreditlar ajratish, birinchi navbatda, investitsiya 
maqsadalri uchun uzok muddatli kreditlar ajratish mexanizmini yanada 
takomillashtirish va ularning hajmini oshirish, boshlang‘ich kapitalni 
shakllantirish, mikrokreditlar berish kulamini kengaytirish borasidagi ishlarini 
davom ettirishi 2016 yilda ushbu sektorga ajratiladigan kreditlar hajmini kamida 
1,5 barobar ko‘paytirish vazifasi yuklatilgan. Uzbekiston banklar assotsiatsiyasi 
tijorat banklari bilan xamkorlikda Investitsiya loyixalari bo‘yicha loyixa hujjatlari 
tayyorlashni moliyalashtirish jamgarmasini tashkil qilish zarur. Bu esa kichik 
biznes sub‘yektlarinig biznes rejalarini tayyorlash sarf-xarajatlarini kamaytirish, 
ularning sifatini oshirish va kreditlar berish muddatlarini qisqartirish 
imkoniyatlarini yaratadi. Bank krediti respublika iqtisodiyotida muxim o‘rin 
tutishi o‘z - o‘zidan aniq. U jismoniy va yuridik shaxslar moddiy texnika bazasini 
mustaxkamlashga ko‘maklashib, asosiy va oborot ishlab chiqarish fondlarini 
tuzish, tiklash va ko‘paytirish manbai bo‘lib xizmat qiladi. Korxonalar va 
tashkilotlarga o‘z mablaglari bilan cheklanib qolmaslik, yangi pul mablaglarini 
xo‘jalik oborotiga kiritish imkonini beradi va shu bilan ishlab chiqarishning o‘sishi 
va jadallashishi uchun zarur iqtisodiy zamin yaratadi. 
Xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, ularning 
kredit liniyalarini jalb qilish orqali banklarning investitsion jarayonlardagi 
ishtirokini kengaytirish maqsadida respublika tijorat banklari tomonidan xalqaro 
reyting kompaniyalarining kreditga layoqatlilik reytinglarini olish bo‘yicha tegishli 
ishlar amalga oshirildi. 
SHuni alohida qayd etish lozimki, O‘zbekiston bank tizimiga nufuzli xalqaro 
reyting kompaniyalaridan biri - «Mudis» reyting agentligi tomonidan xalqaro 
reyting bahosi berilganligi mamlakatimiz moliya tizimining barqarorligidan dalolat 
beradi. 


100 
Xususan, «Mudis» agentligi bir yo‘la 3 ta yo‘nalish bo‘yicha respublika bank 
tizimiga «barqaror» reyting bahosini berdi. «Mudis» xalqaro reyting agentligining 
hisobotida ta‘kidlanishicha, agentlikning ijobiy bahosi mustahkam bank nazorati 
tizimida, bank sektorining yuqori o‘sish potensialida, moliya tizimining tarkibiy 
o‘zgarishi va milliy iqtisodiyotning yuqori darajada o‘sishida o‘z ifodasini topdi. 
―Bundan tashqari, tijorat banklari tomonidan xalqaro reyting olish uchun 
«Mudis», «Fitch Reytings», «Standart end Purs», «Tompson Faynenshl Bank 
Votch», «Japan Kredit Reyting Ejensi», «Reyting Ejensi Malayziya» kabi nufuzli 
xalqaro reyting kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlik ishlari davom ettirildi.‖ 
Respublikamizda faoliyat yuritayotgan tijorat banklarining 12 tasi xalqaro 
«Mudis», «Fitch Reytings» va «Standart end Purs» reyting kompaniyalarining 
«barqaror» reyting bahosini olishga erishdilar (12.3.1-jadval).
SHuningdek, xalqaro amaliyot negizida banklar tomonidan chiqarilgan 
qimmatli qog‘ozlarning milliy individual reyting tizimini joriy etish maqsadida, 
O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi tomonidan Markaziy bank hamda qimmatli 
qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bilan 
kelishilgan holda tegishli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. SHunga 
muvofiq, «Axbor-Reyting» milliy reyting agentligi tomonidan 21 ta tijorat 
bankiga turli darajadagi reyting baholari berildi. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə