Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

Bank tizimi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasini ta‘minlashda banklar muhim 
rol o‗ynaydi. 
Banklar pul mablag‘larini to‗plash, joylashtirish va ularning 
harakatini tartibga solish bilan shug‗ullanuvchi iqtisodiy muassasadir. 
Banklar faoliyatining asosiy tomonlaridan biri kredit munosabatlariga xizmat qilish 
bo‘lib, ular kredit muassasalarining asosini tashkil qiladi. 
Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo‘lib, o‗z ichiga 
markaziy (emission) 
bank 
va 
tijorat (depozitli) banklarning 
tarmoq otgan shaxobchalarini oladi. 
Davlat banki 
mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda 
boshqaradi va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi. 
Davlat banki 
Markaziy bank 
hisoblanadi. Buning mazmuni shundan 
iboratki, birinchidan, ko‗pchilik mamlakatlarda davlat banki yagona markaziy 
bankdan iborat bo‘lib, u o'tkazadigan siyosat tartiblari yuqori davlat organlari 
tomonidan o‗rnatiladi. Ikkinchidan, Markaziy bank tijorat banklari va jamg‗arma 
muassasalaridan mablag‘larni qabul qilib, ularga kredit beradi. Xususan, shu 
sababga ko‗ra markaziy bank «banklar banki» deyiladi. Uchinchidan, Markaziy 
bank faqat foyda olishga intilib faoliyat ko‗rsatmaydi, davlatning butun iqtisodiyot 
57
Фзбекистон Республикасининг “Фзбекистон Республикаси Марказий Банки тўғрисида”ги Қонуни, 3-
модда,1995йил. 21 декабрь / Фзбекистон банк тизимини ислоҳ қилиш ва эркинлаштириш бўйича 
қонунчилик ҳужжатлари тўплами.Т.: Фзбекистон, 2003., 8-.б. 


92 
holatini yaxshilash siyosatini amalga oshiradi va ijtimoiy siyosatini amalga 
oshirishga ko‗maklashadi. 
Markaziy bank quyidagi 
vazifalarni 
bajaradi:
1) boshqa bank muassasalarining majburiy zaxiralarini saqlaydi. Bu 
zaxiralar pul taklifini boshqarish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega boiadi. 
Markaziy bank mamlakatning rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini saqlash vazifasini 
ham bajaradi;
2) cheklarni qayd (inkassatsiya) qilish mexanizmini ta‘minlaydi va 
banklararo hisob-kitoblami amalga oshiradi, ularga kreditlar beradi;
3) davlatning monetar siyosatini amalga oshiradi;
4) barcha banklar faoliyatini uyg‗unlashtiradi va ular ustidan nazoratni 
amalga oshiradi;
5) xalqaro valyuta bozorlarida milliy valyutalami ayirboshlaydi;
6) pul taklifi ustidan nazorat qilish mas‘uliyatini oladi, milliy valyutani 
muomalaga chiqaradi. Iqtisodiyotning ehtiyojlariga mos ravishda pul muomalasini 
tartibga soladi. 
Monetar siyosatning asosiy maqsadi inflyatsiyani past darajada ushlab turish 
va so‗mning barqaror ayirboshlash kursini ta‘minlashdan iborat. Mazkur vazifalar 
makroiqtisodiy 
barqarorlikni 
mustahkamlash 
va 
iqtisodiy 
o‗sishni 
rag‗batlantirishga yo'naltirilgan umumiqtisodiy siyosat bilan uzviy bog‗langandir.
O‗zbekiston Markaziy banki o‗zining asosiy vazifalarini bajarish bilan bir 
qatorda, bank xizmatlarini erkinlashtirishga qaratilgan siyosatni ham olib boradi. 
Bank tomonidan pul-kredit siyosatining vositalari sifatida ochiq bozorda qimmatli 
qog‗ozlar operatsiyasi, ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar, qayta 
moliyalashtirish stavkasi va tijorat banklariga majburiy zaxira talablari vositalari 
ham ishga solinadi. 
Bozor iqtisodiyotiga o‗tish sharoitida banklar va korxonalar teng huquqli 
sheriklar 
sifatida 
chiqadi. 
Kredit 
berishda 
fan-texnika 
taraqqiyotini 
jadallashtirishni, ishlab chiqarishni rivojlantirishning yangi sifat darajasiga 
erishishni ta‘minlaydigan tadbirlarga ustunlik beriladi. 
Banklar o‗z tasarrufidagi resurslardan foydalanish samaradorligi uchun 
moddiy jihatdan mas‘ul hisoblanadi va shu sababli kredit-pul operatsiyalari 
ko‗proq ularning iqtisodiy foydaliligiga va samaradorligiga qarab beriladi. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə