Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

Tijorat banklari 
o‗zlarining xo‗jalik mavqeiga ko‗ra aksionerlik tipidagi 
muassasalar hisoblanadi. Huquqiy mavqeiga ko‗ra, faoliyatning biron bir turiga 
xizmat ko‗rsatuvchi, ixtisoslashgan yoki milliy bank bo‗lishi mumkin. 
Ixtisoslashgan tijorat banklar 
- iqtisodiyotning turli sohalarida tijorat 
tamoyillarida kredit-pul operatsiyalarining muayyan turlarini amalga oshiradi. 
Jumladan, respublikamizda Sanoat qurilish banki - sanoat, transport, aloqa va 
moddiy-texnika ta‘minoti sohalarida; Agrobank - agrosanoat majmui tarmoqlari va 
sohalarida; Tadbirkor banki kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, kooperativ va 


93 
yakka tartibdagi mehnat faoliyati sohasida kredit-pul operatsiyalarini amalga 
oshiradi. 
Xalq banki 
- mamlakatda omonat ishlarini tashkil etish, naqd pulsiz hisob-
kitob qilish va aholi uchun kassa vazifasini amalga oshirish, aholiga shaxsiy 
ehtiyojlarga kredit berish kabi operatsiyalami ta‘minlaydi. 
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki 
eksport-import operatsiyalarini 
bevosita amalga oshiruvchi korxona va muassasalarga kredit beradi, qo‗shma 
korxonalarga kredit berishda qatnashadi, yig'ma valyuta rejasining ijrosini, valyuta 
resurslaridan tejab foydalanishini nazorat qiladi, shuningdek, tashqi iqtisodiy 
operatsiyalarga oid hisob- kitoblami tashkil qiladi va amalga oshirishni 
ta‘minlaydi. 
Tijorat banklari tizimida tor ixtisoslashuvi bo‗yicha 
investitsion 
va 
ipoteka 
banklarini 
ajratib ko‗rsatish lozim. 
Investitsion banklar 
- maxsus kredit muassasalari bo‘lib, obligatsiya hamda 
qarz majburiyatlarining boshqa turlarini chiqarish yo‘li bilan uzoq muddatli ssuda 
kapitalini jalb qiladi va ularni mijozlar (asosan, davlat va tadbirkorlar) ga taqdim 
qiladi. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə