3. O‘zbekistonning bank tizimini mustahkamlash va pul-kredit siyosatini
takomillashtirish yo‘nalishlari.
O‘zbekistonda mustaqillikka erishilganidan buyon xususiy mulkchilikni har
tomonlama kengaytirishga alohida ahamiyat berib kelinmokda. Kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan
biri sifatida qaralmoqda. CHunki kichik korxonalar bozor sharoitiga tez
moslashuvchan va kam xarajat talab qiladigan sektor hisoblanadi. Umuman,
bugungi kunda bozor iqtisodiyotining muhim talabi – kam mehnat sarflagan holda,
ko‘proq va sifatli mahsulot ishlab chiqarish, kishilarning talab va ehtiyojlarini to‘la
qondirish va shu asosida foyda olishdan iborat. Bunda ishlab chiqarishni
harakatlantiruvchi kuch xususiy tadbirkorlardir.
Mamlakatimiz birinchi prezidenti I.A.Karimov o‘z ma‘ruzalarida oldimizga
qo‘ygan yuksak maqsadlar haqida fikr bildirar ekan bizning bosh maqsadimiz
odamlarimizning munosib hayot darajasi va sifatini ta‘minlash va rivojlangan
demokratik davlatlar qatoridan o‘rin egallash ekanligi va bu yo‘lda o‘tgan 2015
yilda muhim islohatlar amalga oshirilganligi ta‘kidladilar.
―Bu borada gap, avvalo, har tomonlama puxta o‘ylangan, uzoqni ko‘zlaydigan
keng ko‘lamli Dasturni hayotga joriy etish haqida bormoqda. Ushbu Dastur
mohiyat e‘tibori bilan chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, kichik biznes
va xususiy tadbirkorlik manfaatlarini ishonchli himoya qilish, eng muhimi,
Konstitutsiyamizda ko‘zda tutilganidek, xususiy mulkning qonuniy, me‘yoriy-
huquqiy va amaliy jihatdan ustuvor rolini ta‘minlash, O‘zbekiston iqtisodiyotida
davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirishga qaratilgani sizlarga yaxshi
ma‘lum, albatta‖ .
SHuni alohida aytib o‘tish kerakki mamlakatimizda kichik biznesni
rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohatlar jarayonida 2016 yil 1
yanvardan boshlab mamlakatimizning barcha hududlarida tadbirkorlik subektlariga
«yagona darcha» tamoyili asosida Davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari
faoliyat boshladi. SHuningdek, tadbirkorlik subektlarining muhandislik-
kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha mutlaqo yangi mexanizm joriy
etildi.
―SHuni ham ta‘kidlashimiz zarurki, mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini
yaxshilash borasida olib borayotgan ishlarimiz xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning
reytinglarida o‘zining ijobiy ifodasini topmoqda. O‘tgan yilning oktabr oyida
61
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-yanvardagi ―O‗zagroeksportbank‖ aksiyadorlik tijorat
bankini tashkil qilish to‗g‗risida‖gi PQ-2740-sonli Qarori
98
Jahon banki «Biznes yuritish» reytingini e‘lon qildi. Ana shu reytingda
O‘zbekiston faqat bir yilning o‘zida 16 pog‘onaga ko‘tarilib, 87-o‘rinni egalladi.
SHuni alohida qayd etish kerakki, «yangi biznesni qo‘llab-quvvatlash» deb
ataladigan mezon bo‘yicha mamlakatimiz ayni paytda jahonda 42-o‘rinni, tuzilgan
shartnomalar ijrosini ta‘minlash bo‘yicha 32-o‘rinni, iqtisodiy nochor korxonalarga
nisbatan qo‘llanadigan bankrotlik tizimining samaradorligi bo‘yicha 75-o‘rinni
egallab turibdi. «Kichik biznes subektlariga kredit berish» deb nomlanadigan
ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston so‘nggi uch yilda 154-o‘rindan 42-o‘ringa
ko‘tarildi va o‘tgan yilning o‘zida reytingini 63 pozitsiyaga yaxshiladi.
Jahon bankining ma‘ruzasida O‘zbekiston keyingi yillarda tadbirkorlik
faoliyati uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash sohasida eng yaxshi natijalarga
erishgan dunyodagi o‘nta davlat qatoridan joy olgani qayd etilgan.
Ana shu yo‘nalishdagi islohotlar natijasida yalpi ichki mahsulotimizda kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 2000-yildagi 31 foizdan bugungi kunda
56,7 foizga yetgani yoki 1,8 barobar oshganini alohida ta‘kidlashni istardim.
Hozirgi paytda ushbu sohada jami sanoat mahsulotlarining uchdan bir qismi,
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 98 foizi ishlab chiqarilmoqda. Ish bilan band
jami aholimizning 77 foizdan ortig‘i – shunga e‘tibor bering – mazkur tarmoqda
mehnat qilayotgani, o‘z peshona teri bilan nafaqat o‘z oilasini boqayotgani, balki
mamlakatimiz boyligiga boylik qo‘shayotgani, avvalo, mustaqillik bizga ochib
bergan imkoniyatlarning yaqqol isboti, desam, ayni haqiqatni aytgan bo‘laman.‖
So‘nggi yillarda O‘zbekiston bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish
bo‘yicha Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va bir qator
boshqa me‘yoriy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, bozor iqtisodiyoti talablariga
javob beruvchi bank tizimini shakllantirish, banklarnig moliya bozoridagi
vositachilik rolini faollashtirish, ularning moliyaviy mustaqilligini ta‘minlash,
faoliyatini jahon bank amaliyotiga yakinlashtirish va pirovard natijada
rakobatbardoshligining yuqori darajasiga erishishdir .
Banklarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qanchalik rivojlanishida
o‘rni beqiyos ekanligi hozirdan ma‘lum. Davlat dasturlarida kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik sub‘yektlariga kreditlar berish mexanizmini yanada
takomillashtirish va ularning hajmini oshirish, birinchi navbatda, investitsiya
maqsadlariga, boshlang‘ich sarmoyani shakllantirishga kreditlar ajratish, ishlab
chiqarishni modernizatsiya qilish xamda texnologik yangilash uchun urta va uzok
muddatli kreditlar berish ustuvor yunalishlar belgilab berilgan. Zero O‘tgan yili
bank tizimini yanada mustahkamlash, banklarning kapitallashuv darajasini oshirish
va investitsiyaviy faolligini kengaytirish ta‘minlandi. Bank tizimining jami kapitali
2014-yilga nisbatan 23,3 foiz ko‘payib, 7 trillion 800 milliard so‘mga yetdi.
So‘nggi 5-yilda mazkur ko‘rsatkich 2,4 barobar o‘sdi. Bank tizimi kapitalining
yetarlilik darajasi qariyb 24 foizni tashkil qildi. Bu umumiy qabul qilingan xalqaro
standartlardan 3-marta, bank likvidligi esa eng yuqori ko‘rsatkichlardan 2-marta
ko‘pdir.
2015-yilda banklar tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkollikka keng
mikyosda xizmatlar kursatish, xususan kreditlash (Imtiyozli kreditlash maxsus
99
jamgarmasidan kreditlash ) yanada ortadi. 2015 yilda iqtisodiyotning real sektoriga
yunaltirilgan kreditlarning umumiy hajmi 42% ga ko‘paydi. 2015 yilning oxiridagi
xolat bo‘yicha ichki manbalar hisobidan berilgan kreditlarning tijorat banklari
umumiy kredit portfelidagi yalpi ulushi 85,1%ni tashkil etdi. Tashki karzlar asosan
uzok muddatga, fakat iqtisodiyotning strategik tarmoklani modernizatsiya qilish,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘yektlarini kullab-kuvvatlash bo‘yicha
investitsiya loyixalarini moliyalashtirish uchun jalb qilindi. Banklar kredit portfeli
tarkibida xam sifat uzgarishlari ruy bermoqda. Umumiy kredit portfelida uzok
muddatli, ya‘ni 3 yildan ortik muddatga beriladigan investitsiya kreditlarinig ulushi
2000 yilning oxiridagi 35 %dan 2015 yilning oxiri da 81 %ga usdi. Mamlakatimiz
birinchi Prezidenti I.A.Karimov «Banklar - iqtisodiyotimizning lokomotivlaridir»
degan edi. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishi borasida mulkiy
munosabatlari rivojlanib, davlat mulki yildan yilga kamayib, uning o‘rnini xususiy
soxa – kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘yektlari egallab bormokda. 2000
yilda yalpi ichki mahsulotning qariyb 31 foizi ushbu sektor ulushiga to‘g‘ri kelgan
bo‘lsa, 2015 yilga kelib, ayni shu ko‘rsatkich 56.7 foizni tashkil etdi va 1.8 barobar
oshganini alohida ta‘kidlash lozim.
Markaziy Bank tijorat banklari bilan birgalikda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sub‘yektlariga kreditlar ajratish, birinchi navbatda, investitsiya
maqsadalri uchun uzok muddatli kreditlar ajratish mexanizmini yanada
takomillashtirish va ularning hajmini oshirish, boshlang‘ich kapitalni
shakllantirish, mikrokreditlar berish kulamini kengaytirish borasidagi ishlarini
davom ettirishi 2016 yilda ushbu sektorga ajratiladigan kreditlar hajmini kamida
1,5 barobar ko‘paytirish vazifasi yuklatilgan. Uzbekiston banklar assotsiatsiyasi
tijorat banklari bilan xamkorlikda Investitsiya loyixalari bo‘yicha loyixa hujjatlari
tayyorlashni moliyalashtirish jamgarmasini tashkil qilish zarur. Bu esa kichik
biznes sub‘yektlarinig biznes rejalarini tayyorlash sarf-xarajatlarini kamaytirish,
ularning sifatini oshirish va kreditlar berish muddatlarini qisqartirish
imkoniyatlarini yaratadi. Bank krediti respublika iqtisodiyotida muxim o‘rin
tutishi o‘z - o‘zidan aniq. U jismoniy va yuridik shaxslar moddiy texnika bazasini
mustaxkamlashga ko‘maklashib, asosiy va oborot ishlab chiqarish fondlarini
tuzish, tiklash va ko‘paytirish manbai bo‘lib xizmat qiladi. Korxonalar va
tashkilotlarga o‘z mablaglari bilan cheklanib qolmaslik, yangi pul mablaglarini
xo‘jalik oborotiga kiritish imkonini beradi va shu bilan ishlab chiqarishning o‘sishi
va jadallashishi uchun zarur iqtisodiy zamin yaratadi.
Xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, ularning
kredit liniyalarini jalb qilish orqali banklarning investitsion jarayonlardagi
ishtirokini kengaytirish maqsadida respublika tijorat banklari tomonidan xalqaro
reyting kompaniyalarining kreditga layoqatlilik reytinglarini olish bo‘yicha tegishli
ishlar amalga oshirildi.
SHuni alohida qayd etish lozimki, O‘zbekiston bank tizimiga nufuzli xalqaro
reyting kompaniyalaridan biri - «Mudis» reyting agentligi tomonidan xalqaro
reyting bahosi berilganligi mamlakatimiz moliya tizimining barqarorligidan dalolat
beradi.
100
Xususan, «Mudis» agentligi bir yo‘la 3 ta yo‘nalish bo‘yicha respublika bank
tizimiga «barqaror» reyting bahosini berdi. «Mudis» xalqaro reyting agentligining
hisobotida ta‘kidlanishicha, agentlikning ijobiy bahosi mustahkam bank nazorati
tizimida, bank sektorining yuqori o‘sish potensialida, moliya tizimining tarkibiy
o‘zgarishi va milliy iqtisodiyotning yuqori darajada o‘sishida o‘z ifodasini topdi.
―Bundan tashqari, tijorat banklari tomonidan xalqaro reyting olish uchun
«Mudis», «Fitch Reytings», «Standart end Purs», «Tompson Faynenshl Bank
Votch», «Japan Kredit Reyting Ejensi», «Reyting Ejensi Malayziya» kabi nufuzli
xalqaro reyting kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlik ishlari davom ettirildi.‖
Respublikamizda faoliyat yuritayotgan tijorat banklarining 12 tasi xalqaro
«Mudis», «Fitch Reytings» va «Standart end Purs» reyting kompaniyalarining
«barqaror» reyting bahosini olishga erishdilar (12.3.1-jadval).
SHuningdek, xalqaro amaliyot negizida banklar tomonidan chiqarilgan
qimmatli qog‘ozlarning milliy individual reyting tizimini joriy etish maqsadida,
O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi tomonidan Markaziy bank hamda qimmatli
qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bilan
kelishilgan holda tegishli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. SHunga
muvofiq, «Axbor-Reyting» milliy reyting agentligi tomonidan 21 ta tijorat
bankiga turli darajadagi reyting baholari berildi.
Dostları ilə paylaş: |