Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

 
 
Bank tizimida asosiy e‘tibor 2016-yilda bank tizimini yanada isloh qilish va 
rivojlantirishda asosiy e‘tibor O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-
maydagi «Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va 
ulaming resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi PQ-2344-sonli, 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2015-yil 7-avgustdagi « 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2014-yildagi faoliyati to‗g‗risidagi 
hisoboti haqida»gi SQ-51-III-sonli hamda O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti va 
Vazirlar Mahkamasining bank tizimiga oid boshqa qarorlarida belgilab berilgan 
vazifalarning bajarilishini ta‘minlashga qaratiladi, jumladan:
- tijorat banklarining kapitallashuvi va depozit bazasini oshirishni 
ta‘minlashga qaratilgan aniq maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qo‗llab-quvvatlashda tijorat 
banklarining rolini yanada kengaytirish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‗llab-
quvvatlash bo‗yicha ishlarni yanada faollashtirish;
- investitsion iqlim va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash borasida bank 
tizimi zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta‘minlash; 
- ilg‗or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etgan holda 
naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish, ko‗rsatilayotgan bank 
xizmatlari sifatini oshirish va ko‗lamini yanada kengaytirish;
- bank nazoratini xalqaro andoza va me‘yorlar asosida yanada 
takomillashtirish;
- respublika tijorat banklarida korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirib 
borish;
- mikromoliyalash tizimi va nobank kredit tashkilotlari faoliyatini 
rivojlantirish
59

58
Manba: O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma‘lumotlari 


95 
2017-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda faoliyat ko‗rsatayotgan 
tijorat banklari soni 27 tani tashkil etib, ulaming 3 tasi davlat tijorat banki, 11 tasi 
aksiyadorlik tijorat banki, 8 tasi xususiy bank va 5 tasi chet el kapitali ishtirokidagi 
banklar hisoblanadi. 
Jumladan, hududlarda ko‗rsatilayotgan bank xizmatlari ko‗lamini oshirish 
hamda xususiy kapitalni bank tizimiga jalb etishni yanada kengaytirish maqsadida 
2016-yil 
oktyabr 
oyida 
O‗zbekiston 
Respublikasining 
«O‗zbekiston 
Respublikasining Markaziy banki to‗g‗risida»gi Qonunining 53-moddasiga 
muvofiq, Farg‗ona shahri- dagi «Madad Invest Bank» xususiy aksiyadorlik tijorat 
bankiga bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berildi. 
Shuningdek, mamlakatimizda xorijiy banklarning 6 ta vakolatxonasi o‗z 
faoliyatini yuritmoqda, ular bilan respublikamiz tijorat banklari tomonidan keng 
qamrovli va o‗zaro manfaatli hamkorlik aloqalari o‗rnatilgan. 
Respublikamizning barcha hududlarida tijorat banklarining tarmoqlari 
yanada kengayib, 2016-yil holatiga banklarning filiallari soni 855 taga etdi. 
Bank muassasalarini aholi zich joylashgan manzillar hamda ishlab chiqarish 
hududlariga yaqinlashtirish maqsadida tijorat banklarining 4299 ta mini-banki va 
maxsus kassalari tashkil etilgan bo‘lib, shularning 2221 tasi qishloq joylardagi 
aholi va fermer xo‗jaliklariga sifatli bank xizmatlarini ko‗rsatib kelmoqda

Banklarning kapitali va mijozlardan jalb qilingan depozitlar hajmining 
o‗sishi respublika iqtisodiyotining bazaviy tarmoqlarida ishlab chiqarishni tarkibiy 
o‗zgartirish, modernizatsiya qilish, istiqbolli va yuqori samarali investitsiya 
loyihalarini amalga oshirish, iste‘mol mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, 
xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni moliyaviy qo‗llab-quvvatlashda banklar 
ishtirokini yanada kengaytirish imkonini bermoqda. Banklar tomonidan uzoq 
muddatga ajratilgan investitsion kreditlardan olingan daromadlar bo‗yicha soliq 
imtiyozlarining berilganligi banklarning ushbu jarayonlardagi ishtirokini 
rag‗batlantirib kelmoqda. Natijada, tijorat banklari tomonidan ustuvor tarmoq 
korxonalarini modernizatsiya qilish hamda texnik qayta jihozlash uchun kreditlar 
ajratilishi yanada faollashdi. So‗nggi yillarda bo‗sh pul mablag‗larini bank 
aylanmasiga jalb etish hamda naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmini kengaytirish 
vositalaridan biri bo‗lgan plastik kartochkalardan foydalanish 
tizimi
jadal 
rivojlantirilmoqda. Hukumat qarorlariga asosan, plastik kartochkalar bo‗yicha 
to‗lovlarni amalga oshirishda foydalaniladigan plastik kartochkalar tizimiga oid 
jihozlarni import qilishda bojxona imtiyozlarining berilganligi banklarning bu 
boradagi faoliyatlarini yanada rag‗batlantirdi. 
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning zamonaviy va mijoz uchun qulay turlaridan 
biri bo‗lgan bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimining qo‗llash 
doirasi kengayib, tadbirkorlar o‗rtasida tobora ommalashib bormoqda.
59
2015-yilda Pul-kredit sohasidagi vaziyat va monetar siyosatning 2016-yilga moijallangan asosiy yo‗nalishlari // 
0‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki hisoboti. http://www.cbu.uz/uzc/node/47130. 


96 
2017-yil 1-yanvar holatiga ko‗ra, bank hisobvaraqlarini masofadan 
boshqarish tizimlaridan foydalanuvchilar soni 2042 mingtani, shundan «Internet-
banking» va «Ваnk-mijoz» dasturiy majmuasi xizmatlaridan foydalanuvchilar 
135,6 
mingtani, 
«Mobil-banking» 
va 
«SMS-banking» 
xizmatlaridan 
foydalanuvchilar 1906,5 mingtani tashkil etib, ularning soni 2015-yilga nisbatan 
qariyb 2-barobarga ko'paydi. 
Bank plastik kartalari muomalasini kengaytirish va takomillashtirish 
bo‗yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida so‗nggi 5 yil davomida 
muomalaga chiqarilgan bank plastik kartalari soni 2 barobardan ziyodga oshdi va 
2016-yil 1-yanvar holatiga ularning umumiy soni 16,3 mln. donadan ortiqni tashkil 
etdi.
60
Chakana savdo va xizmat ko‗rsatish sohasi obyektlarida о‗rnatilgan to‘lov 
terminallari soni 183 ming donadan oshdi. 
Shuningdek, joylarda to‗lovlarni uzluksiz qabul qilishni ta‘minlash 
maqsadida o‗rnatilgan infokiosk va bankomatlar soni 2345 taga yetdi.
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
2017-yil 
24-yanvardagi 
―O‗zagroeksportbank‖ aksiyadorlik tijorat bankini tashkil qilish to‗g‗risida‖gi PQ-
2740-sonli Qaroriga muvofiq yangi bank barpo etildi. Uning asosiy maqsadi 
Eksport qiluvchi tashkilotlarni moliyaviy qo‗llab-quvvatlash, meva-sabzavot 
mahsulotlarining eksport imkoniyatlarini samarali va barqaror rivojlantirishni 
ta‘minlash, agrosanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va aholi uchun yanada 
qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularga keng ko‗lamdagi bank-moliya xizmat 
turlarini ko‗rsatish bo‗lib hisoblanadi.
―Eksport qiluvchi tashkilotlarni moliyaviy qo‗llab-quvvatlash, meva-
sabzavot mahsulotlarining eksport imkoniyatlarini samarali va barqaror 
rivojlantirishni ta‘minlash, agrosanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va aholi 
uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularga keng ko‗lamdagi bank-
moliya xizmat turlarini ko‗rsatadi.
«O‗zagroeksportbank» ATBning boshlang‗ich ustav kapitali ekvivalenti 
10,0 million evrodan iborat. 
Ma‘lumot uchun qabul qilinsinki, O‗zbekiston Respublikasining rezidentlari 
va norezidentlari, shu jumladan xalqaro moliya institutlari belgilangan tartibda 
«O‗zagroeksportbank» ATB aksiyadorlari bo‗lishlari mumkin.
«O‗zagroeksportbank» ATBga 2020-yilning 1-yanvariga qadar muddatda 15 
foizdan kam bo‗lmagan ulush bilan strategik xorijiy investorni ustav kapitaliga jalb 
qiladi.
«O‗zagroeksportbank» ATBning aksiyadorlari sifatida jahonga mashhur 
soha kompaniyalari va banklarini, shuningdek xalqaro moliya institutlarini jalb 
etadi. 
60
0‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma‘lumotlari 


97 
Agrosanoat tarmog‗i investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga xalqaro 
moliya institutlari va chet el tijorat banklarining mablag‘larini jalb etishi mumkin.
«O‗zagroeksportbank» ATB va uning filiallari davlat ro‗yxatiga olingan 
sanadan boshlab 5 yil muddatga barcha turdagi soliqlar hamda davlat maqsadli 
jamg‗armalariga majburiy ajratmalar to‗lashdan ozod qilinsin, bo‗shayotgan 
mablag‗lar bankning resurs va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga 
maqsadli yo‗naltiriladi‖
61


Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə