Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
13-MAVZU: PUL, INFLYATSIYA. PUL-KREDIT SIYOSATI 
Reja: 
1.
Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari. 
2.
Inflyatsiya, uning mohiyati va turlari. 
3.
Pul-kredit siyosatining maqsadlari, vositalari va ko‘rinishlari. Depozitlarni 
majburiy zahiralash normasi. 
1. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari 
Kishilik jamiyatining rivojlanishida ijtimoiy xo‘jalikni tashkil etishning ikkita 
umumiy iqtisodiy shakli ajralib turadi. Umumiy iqtisodiy shakllarning tarixan 


112 
birinchisi natural ishlab chiqarish hisoblanadi. Ijtimoiy xo‘jalikning bu shaklida 
yaratilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun
xo‘jalik ichki ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan. Demak, 
o‘z ehtiyojlarini qondirish 
uchun ishlab chiqarish – natural ishlab chiqarish, bunday ishlab chiqarishga 
asoslangan xo‘jalik esa – natural xo‘jalik deb ataladi.
Mahsulot va xizmatlarni o‘z ehtiyojini qondirish uchun emas, balki 
bozorda ayirboshlash uchun ishlab chiqarish – tovar ishlab chiqarish,bunday 
ishlab chiqarishga asoslangan xo‘jalik esa – tovar xo‘jaligi deyiladi.
Tovar ikki xususiyatga ega: bir tomondan, u kishilarning qandaydir 
ehtiyojini qondira oladigan, ikkinchi tomondan esa, boshqa buyumlarga 
ayirboshlana oladigan buyumdir. Boshqacha aytganda, tovar naflilikka 
(iste‘mol qiymatiga) va qiymatga egadir.
Buyumning iste‘mol qiymati uning kishilar uchun nafli ekanligi, muayyan naf 
keltirishi orqali namoyon bo‘ladi. U shaxsiy iste‘mol buyumi yoki ishlab chiqarish 
vositalari sifatida kishilarning biron-bir narsaga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi.

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə